08:03 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
1577 0 0

AQSH Yaqin Sharqda oʻz geosiyosiy rolini yoʻqotib borayotgan bir vaqtda, ushbu hudduda Rossiyaning obroʻyi kuchaymoqda.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning Moskvaga qisqa ish safari maqsadi Rossiya prezidenti bilan asr bitimi deb atalmish kelishuvni muhokama qilish boʻlgan. Biroq, ikki rahbar oʻrtasidagi suhbat tafsilotlari oshkor qilinmadi va Kreml taʼkidlashicha, AQShning Falastin-Isroil kelishuvi rejasini tahlil qilish hanuz davom etmoqda.

Toʻgʻri, aksariyat ekspertlar va kuzatuvchilar taʼkidlashicha, aslida Isroil rahbarining safardan asosiy maqsadi Naama Issaxarni shaxsan oʻzi vataniga qaytarishi boʻlgan, chunki bu unga jiddiy ichki siyosiy bonuslar olib kelishini kafolatlaydi, bu ayniqsa 2 mart saylovlari zamirida muhimdim.

Bir necha oy davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatlarni sovuqlashtirgan Issaxar ishi boʻyicha Rossiya-Isroil nizolarining muvaffaqiyatli hal etilishidan faqat xursand boʻlish mumkin. Shunga qaramay, vaziyatning oʻzi, bu mavzu Amerika-Isroil-Falastin muammosini yakuniy hal etish tashabbusidan koʻra ustuvorroq koʻrinishga ega boʻlganda, yuz berayotgan voqealarning mohiyati va ushbu "asr bitimi" kelajagi haqida koʻp narsa aytadi.

Eslatib oʻtamiz, seshanba kuni Oq uyning veb-saytida siyosiy va iqtisodiy qismlarni oʻz ichiga olgan tegishli 180 sahifalik hujjat eʼlon qilindi. Shunda Donald Tramp tayyorlangan takliflar taqdimoti ham oʻtkazildi.

AQSH tashabbusiga keyingi reaktsiya, kamdan-kam hollar bundan mustasno, juda shubhali edi. Amerika prezidentining yaqqol notoʻgʻri gʻoyalarini tushunish uchun Yaqin Sharq boʻyicha mutaxassis boʻlish va Falastin muammosining mohiyatini tushunish shart emas.

Donald Tramp Vashingtonda Benyamin Netanyaxu ishtirokida "asr bitimi" ni taqdimoti marosimida Falastin vakillarini boʻlmaganini eslash kifoya.

Bundan tashqari, Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti tvitterda (jumladan, ivrit tilida) Isroilni qattiq qoʻllab-quvvatlayotganini bildirdi.

Ilgari surilgan takliflarga kelsak, ularning koʻra, yangi tashkil etilgan Falastin davlati Iyerusalim haqidagi daʼvolaridan butunlay voz kechishi, shuningdek, qurolsizlantirilishi,oʻz chegaralarini, hududiy suvlari va havo maydonini nazorat qila olmasligi kerak. Bundan tashqari, amerikaliklar falastinliklar uchun muhim boʻlgan qochqinlar masalasini inkor qildilar.

Yaʼni, hujjat bilan hattoki yuzaki tanishishda, bu Falastin tomoni uchun mutlaqo nomaqbul ekanligi ayon boʻladi. Va undagi chidab boʻlmas va kamsitadigan narsalarning soni va koʻlami mualliflar buni ataylab qilishgan degan shubxaga olib keladi.

Umidlar tasdiqlandi. Falastin Prezidenti Mahmud Abbos takliflarni qatʼiyan rad etib, ularni ishlamaydigan fitna deb atadi va BMT Xavfsizlik Kengashiga rezolyutsiyani kiritmoqchi. Turkiya bu hujjatni "oʻlik tugʻilgan", Eron esa "mintaqa va dunyo uchun dahshat" deb atadi.

Rossiya sharhlar oʻzini bosiqligi bilan farqlanadi. Uning vakillari hozirgacha ushbu rejadagi nomutanosibliklarni sinchkovlik bilan qayd etishmoqda: xususan, BMTdagi doimiy vakil Vasiliy Nebenzya Golan tepaliklari amerikaliklar tomonidan nashr etilgan xaritalarda Isroil hududiga berilganligini taʼkidladi, BMT esa Isroilni Golan ustidan suverenitetini tan olmaydi.

Moskvaning bunday reaktsiyasi mantiqan toʻgʻri, chunki aynan Rossiyani, strategik deb atay olishimiz mumkin boʻlgan sodir boʻlayotgan holatda foyda oluvchi deb atash mumkin.

"Asr bitimi"ning amalga oshirib boʻlmaydiganligi vaziyatni kuzatayotgan barcha mamlakatlar va kuchlarga, shu jumladan nazariy jihatdan Vashington gʻoyalariga (Isroilga) oʻxshaganlar uchun ayon boʻlganligi sababli, Tramp asosan bularning barchasini aynan nima uchun boshlagani borasida savol tugʻilishi tabiiydir.

Eng mashhur versiya shundayki, Amerika prezidenti shu yoʻl bilan uning oldida turgan tezkor vazifalarni hal qilmoqda. Foreign Policy jurnaliga koʻra, Oq uy egasi taklif qilingan rejani "oʻz saylovoldi kampaniyasining elementi, shuningdek, Isroil Bosh vazirining saylovoldi kampaniyasining elementi" ga aylantirdi. Va The Nyu-York Times ikkala rahbarning qoʻshimcha muammolarini esga soldi: Trampga qarshi impichment jarayoni va Netanyaxuga qarshi poraxoʻrlik va firibgarlik ayblovlari.

Shunday qilib, Oq uy zudlik bilan hal qilinadigan muammolarni hal qilish uchun strategik manba - AQShning mamlakat vazni va uning Yaqin Sharq mintaqasidagi eng taʼsirli kuch maqomi bilan tovon toʻlamoqda. Amerikaliklar qasddan amalga oshirib boʻlmaydigan (va bu maʼnoda ahmoqona) va olbatta barbod boʻladigan takliflarni ilgari surdilar - va bu Vashingtonning strategik muhim yoʻnalishdagi navbatdagi magʻlubiyati. Bundan tashqari, hozirgi vaziyatda, Oq uy bu toʻqnashuv davomida mustaqil vositachi va hakamlik rolidan ochiqchasiga voz kechdi, garchi bu koʻp oʻn yilliklar davomida asosan bezak boʻlsa ham, chunki umuman AQShning Isroil tomon pozitsiyasi hech qachon sir boʻlmagan. Shunga qaramay, mintaqada ishlash uchun oʻziga hos manba boʻlishi uchun rasmiy odob qoidalariga rioya qilingan.

Natijada, "asr bitimi" atrofidagi barcha voqealar manfaatdor tomonlar tomonidan AQShning geosiyosiy zaiflashuvining keyingi bosqichi, uning oldingi davrda oʻziga olgan vazifalarni bajara olmasligi sifatida koʻrib chiqiladi.

Xullas, yogʻli joy egasiz qolmaydi. Buning ustiga, bir kuch oʻzini maʼsuliyatliligini, jiddiy mashaqqatli ishlarga tayyorligini va hatto Yaqin Sharq kabi oʻziga xos mintaqadagi eng qiyin sheriklar bilan ham muzokara olib borish qobiliyatini isbotlab, oʻzini allaqachon namoyon qildi.

Yuz berayotgan barcha narsa dunyo koʻz oʻngida Moska muqaddam AQShning yelkasida boʻlgan geosiyosiy funktsiyalarni bajarishga qodir yagona ekanligini tasdiqlaydi.

Albatta, Donald Tramp uchun bu Kremlga ishlayotganligida yangi ayblovlarning muqarrarligini anglatadi. Ammo bu endi Rossiyaning muammosi emas.

Asosiy mavzular