Pompeoning Markaziy Osiyoga safari nimalarni namoyish qildi?

© Sputnik / Aleksey TixomirovEkspert Igor Nikolaychuk
Ekspert Igor Nikolaychuk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pompeoning O‘zbekistonga tashrifi va Trampning Markaziy Osiyodagi yangi siyosati haqida rossiyalik ekspert nima dedi.

TOShKENT, 4 fev - Sputnik. Maxsus mediametrik tadqiqotlari markazi eksperti Igor Nikolaychuk AQSh Davlat kotibining MDHning yetakchi mamlakatlariga tashrifini Donald Trampning xalqaro siyosatidagi yangi yo‘nalishning namoyishi sifatida qabul qilinishi mumkinligini ta’kidladi.

AQSh Davlat kotibi MDH davlatlariga safari yakuniga yetdi. Mayk Pompeo Kiyev, Minsk va Nur-Sultonga tashrif buyurganidan keyin Toshkentga keldi, u yerda "C5+1" sammitida ishtirok etdi va o‘zbek hamkasbi Abdulaziz Komilov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Rossiyalik ekspert Igor Nikolaychukning so‘zlariga ko‘ra, bunday keng ko‘lamli tashrif Vashingtonning tashqi siyosatdagi yangi yo‘nalishini tasdiqlaydi.

"Bu juda namunali tashrif bo‘ldi. Bu tashrif Donald Tramp ikkinchi muddatga saylanishi va xalqaro jarayonlarda, shu jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida yanada faol ishtirok etish niyatida ekanligidan dalolat beradi. Bu mintaqaning yetakchi davlatlari - Qozog‘iston va Xitoy tanlangani bejiz emas. Bu tashrif, shuningdek, ushbu davlatlardagi kayfiyatlarga ta’sir qilish vositalaridan biri va kundan-kunga o‘sib borayotgan Xitoyga qarshi turish usulidir. Ayniqsa, AQSh Xitoyning savdo-iqtisodiy ekspansiyasini alternativa sifatida o‘zini xizmatlarini taklif qilgan holda ushlab qolish tarafdoridir," – deya izoh beradi Nikolaychuk.

Shuningdek, u Qo‘shma Shtatlar ichidagi globalizm siyosati millatchilik bilan almashganini qo‘shimcha qildi. Shunday qilib, amerikaliklar uchun o‘z mamlakatining barqarorligi va iqtisodiy kelajagi Markaziy Osiyoda yoki dunyoning boshqa qismlarida sodir bo‘layotgan jarayonlardan ko‘ra muhimroqdir. Shu bilan birga, xavfsizlik va moliyaviy farovonlik muammolari, albatta, kuchlar muvozanatiga, shu jumladan Xitoyga nisbatan ham bog‘liqdir. Aynan shu nuqtayi nazardan, Xitoyning asosiy sheriklari bilan munosabatlar Vashington uchun o‘ta muhim bo‘lib ko‘rinadi.

Pompeo Yevrosiyo safari maqsadi va vazifalari haqida batafsil ekspert izohini olish uchun Sputnik O‘zbekiston podkastini tinglang.

Nikolaychuk rasskazal ob istinnix selyax vizita Pompeo v Uzbekistan i strani SNG
Yangiliklar lentasi
0