08:22 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
84300

Rossiya davlat qarzi investorlar uchun bunchalik qiziq boʻlishiga bir necha sabablar bor: toʻgʻri pul-kredit siyosati, inflyatsiya miqdori pastligi, Rossiya banki tomonidan qayta moliyalash stavkasining tushirilishi.

TOSHKENT, 4 fev - Sputnik, Natalya Dembinskaya. Soʻnggi kunlarda Rossiya Federal zaym obligatsiyalariga boʻlgan talab yangi rekordni oʻrnatdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Soʻnggi ikki kim oshdi savdosida 244,5 milliard rubllik takliflar qabul qilindi, bu oʻtgan yilning may oyida qayd qilingan maksimal darajadan 18,6 milliardga koʻp. 

Kechiktirilgan talab va yaxshi daromadlilik

23 yanvar kuni boʻlib oʻtgan kim oshdi savdosi misli koʻrilmagan natija bilan yakunlandi. Moliya vazirligi muddati besh yil boʻlgan, yillik oʻrtacha daromadliligi 5,97 %ni tashkil qiladigan Federal zaym obligatsiyalarni 58,4 milliard rublga sotdi. Bundan tashqari, deyarli 58 milliardning hammasi  bitta investorga sotildi.

"Yirik xaridor, bozor operatorlarining maʼlumotlariga koʻra, yanvar oyidagi joylashishlardan birida OFZlarning butun hajmini sotib olgan. Uning rossiyalik yoki xorijiy ekanligi nomaʼlum", - deydi "Fridom Financ" IKning Rossiya fond bozorida savdo operatsiyalari boʻlimi tahlilchisi Aleksandr Osin.

29 yanvar kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi kim oshdi savdosida Moliya vazirligi 2024 yil aprelda soʻndiriladigan 36,144 milliard rubllik muddatli qimmatli qogʻozlarni taklif qildi. Talab taklifdan qariyb besh baravar oshdi va 171,603 milliardga yetdi.

Xuddi shu kuni oʻtkazilgan ikkinchi kim oshdi savdosi investorlarning ishtahasini qondira olmadi: yetti yillik 26226 raqamli OFZga boʻlgan talab 26,5 milliard taklif bilan 72,3 milliardni tashkil etdi.

Rosbankning maʼlumotlariga koʻra, sarmoyadorlar 57 ta taklif berishdi, ammo OFZ ning uchdan bir qismi olti va sakkiz milliardga "ulkan buyurtmalarni" taqdim etgan ikkita yirik xaridorga ketdi.

Tahlilchilar bunday shov-shuvni tabiiy deb bilishadi va kechiktirilgan talabning taʼsiri bilan tushuntirishmoqda. Gap shundaki, oʻtgan yilning oxirida Moliya vazirligi qarzli qimmatli qogʻozlarni joylashtirishni keskin cheklab qoʻydi.

"Sarmoyadorlarni Yevropa va Amerika davlat obligatsiyalari taʼminlay berolmaganidan farqli oʻlaroq OFZ-larning yuqori daromadliligi qiziqtiradi", dedi "Ivolga Kapital" IKning qarz bozori boʻyicha tahlilchisi Ilya Grigoryev.

Masalan, AQShning oʻn yillik obligatsiyalari boʻyicha daromadlilik atigi ikki foizni tashkil etadi, Germaniyada stavkalar umuman salbiy, OFZlar esa yiliga 6,5-7 foizni beradi. "

Narxlarni pasayishini kutishmoqda

Rossiya aktivlariga ortgan qiziqish ketma-ket beshinchi bor - Rossiya Banki tomonidan asosiy stavkasini pasaytirgandan soʻng paydo boʻldi. Shundan soʻng, depozit stavkalari pasayib, omonatchilar yanada foydali moliyaviy vositalardan foydalanish uchun banklardan pullarini qaytarib olishni boshladilar.

Inflyatsiyaning kuchli pasayishi (yanvar oyining oxiriga kelib, yiliga atigi 2,5%) tufayli, investorlar Markaziy bank yana stavkalarni pasaytirishini kutmoqdalar va kupon toʻlovlari kamaytirilgunga qadar OFZlarni sotib olishga shoshilishmoqda.

"Natijada talab yanada oʻsdi. OFZni asosan mahalliy sarmoyadorlar sotib olishmoqda - savdoning uchdan ikki qismi rezidentlar tomonidan amalga oshirilmoqda, ammo chet elliklar ham Rossiya qimmatli qogʻozlariga katta qiziqish bildirmoqdalar", deydi Narek Avakyan, "BKS Broker" investitsion gʻoyalar boʻlimi rahbari.

Ilya Grigoryevning soʻzlariga koʻra, 2020 yilda pul-kredit siyosatining yengillashtirilishi sababli, OFZ-larga talab barqaror boʻladi: investorlar oʻz omonatlarini saqlab qolishga harakat qilishadi. Moliya vazirligi bundan foydalanishni rejalashtirmoqda va yilning dastlabki uch oyida 600 milliard rubl miqdoridagi federal obligatsiyalarni kim oshdi savdosiga qoʻymoqchi.

"Dekabr va yanvar oylarida inflyatsiyaning sezilarli darajada pasayishiga qaramay, investitsiya xavfi ortib borayotgan bir paytda, Rossiya Banki stavkalarni hozirgi 6.25% darajasida ushlab turishi va dekabr oyining ikkinchi yarmidagi kabi OFZ daromadlilik darajasi 5.6% dan past boʻlmasligi mumkin", deya qoʻshimcha qiladi, Aleksandr Osin "Fridom Finans" IK xodimi.

Biroq, tahlilchilar ogohlantirganidek, hozirgi hukumat qarz stavkalari spekulyativ jozibadorligini boshqa tarafi ham bor. Xozirda OFZ bozorida chet el investorlari soni katta - 31,5%.

"Bunday spekulyativ kapitalning xavfi shundan iboratki, vaziyat biroz oʻzgarishi bilan investorlar rubl aktivlaridan keskin chiqib ketishlari mumkin, bu esa bozordagi rubl massasining haddan tashqari koʻpayishiga olib keladi va milliy valyuta kursiga salbiy taʼsir qiladi", - deydi "Univer Kapital" IKning bosh strategi Dmitriy Aleksandrov.

Asosiy mavzular