Amerikaning eng zo‘r odamlari "Putin uchun qanday ishlashgan"

© Foto predostavleno Ivanom DanilovimIvan Danilov
Ivan Danilov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda bo‘lib o‘tayotgan saylov kampaniyasi davomida Demokratlar ham Respublikachilar ham bir-birini Krmelga yoki Putinga yordam berishda ayblab, bunga turli dalillarini qidirmoqda.

AQSh Demokratik partiyasi kuzda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Donald Trampga raqibni aniqlaydigan ovoz berishning birinchi bosqichining natijasi shu qadar yomon va tartibsiz ravishda o‘tdiki, Amerika ommaviy axborot vositalari Demokratik partiyani Qo‘shma Shtatlar saylov tizimiga bo‘lgan ishonchni pasaytirganlikda ayblamoqda va (istehzo bilan) katta lavozimdagi demokratlarning Kremlga ishlashda ayblashdi.

Tank M1 Abrams - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya bilan "urushda" AQSh qanday to‘siqlarga duch kelishi mumkin - OAV tahlili

"Agar Amerika demokratiyasiga bo‘lgan ishonchni yo‘qotish Vladimir Putinning ishini qilishlikni anglatsa, Demokratik partiya Kremlga kattagina xisobot yuborishi kerak", - deb yozadi The New York Post o‘z tahlilida. Voqealarning alternativ versiyasi shundan iboratki, Donald Tramp sodir bo‘lgan voqeadan haqiqiy foyda oluvchiga aylandi, bu ham voqealarning rasmiy versiyasiga to‘g‘ri kelmaydi, ammo hech bo‘lmaganda mantiqiy ko‘rinadi.

Ammo, agar asosiy foyda oluvchi haqida bahslashish mumkin bo‘lsa, unda asosiy qurbon oddiy amerikaliklarning saylov tizimiga bo‘lgan ishonchi bo‘lgan degan tezis bilan bahslashish mumkin emas.

Muammoning mohiyati: Demokratik yoki Respublikachilar partiyasidan prezidentlik saylovlarida qatnashish uchun nomzodni tanlash sxemasi shundan iboratki, har bir shtatda ushbu partiya tarafdorlarining alohida ovoz berishlari bo‘lib, uning davomida partiyalar milliy partiya qurultoyiga delegatlar saylanadi. Ushbu kongressda delegatlar o‘z shtatlarida o‘z ovozlarini berib g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan nomzodga ovoz berishadi. Nazariy jihatdan, bunday sxema prezidentlik saylovida boshqa partiyadan raqibga qarshi kurashishga eng tayyor, zukko va taniqli siyosatchi bo‘lgan nomzodni ta’minlashi kerak.

Kapitoliy (United States Capitol) na Kapitoliyskom xolme v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Markaziy Osiyo bo‘yicha yangi strategiyasini e’lon qildi

Amaliyot nazariyadan tubdan farq qiladi. Ba’zi hollarda vakillar "o‘z" nomzodiga xiyonat qilishadi. Ba’zan ichki partiyaviy ovoz berish qonunbuzarliklar bilan o‘tkaziladi. Ko‘pincha turli xil firibgarliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri milliy partiya qurultoyida ro‘y beradi. Deyarli har doim, partiyalar ichidagi saylovoldi tashviqoti shu qadar o‘zaro adovat va qizg‘in qoralovchi dalillarni oshkor etish bilan o‘tkaziladiki, dastlabki partiyalar saylovlari g‘olibi milliy saylovlarga juda "uqalangan" imidj bilan yetib boradi.

An’anaga ko‘ra, delegatlar saylanadigan (kokus deb ataladigan) birinchi ovoz beruvchi shtat Ayova shtatidir va hech bo‘lmaganda Demokratik partiya misolida, bu shtatda g‘olibning prezident saylovlarida partiyaga nomzod bo‘lish imkoniyati juda katta (tahminan 66 foiz), shuning uchun ommaviy axborot vositalari va jamiyatning ushbu ovoz berishga bo‘lgan e’tiborining kuchayishiga olib keladi. Bu yil e’tibor "Demokratik partiyaning joni uchun urush" deb nomlangan jarayon tufayli eng yuqori darajagacha qaratildi: nafaqat turli xil siyosatchilar Tramp bilan kurashish imkoniyatlari uchun raqobatlashmoqdalar, balki Tramp bilan qarama-qarshiliklarga qaraganda deyarli o‘zaro ko‘proq qarama-qarshiliklarga ega bo‘lgan juda turli xil mafkuraviy oqimlarning vakillari kurashni olib bormoqdalar. G‘oliblik uchun (ya’ni delegatlarning maksimal soni uchun) to‘rt nomzod kurash olib bordi. Rasmiy ravishda, aslida nomzodlar ko‘p, ammo qolganlarning deyarli hammasi yaxshi natijaga erishish uchun katta imkoniyatga ega emas edi, saylovga juda kech kirishgan va boshqa shtatlarga e’tiborini qaratishga qaror qilgan milliarder Maykl Blumberg bundan mustasno. Shunday qilib, Ayova shtatidagi "Demokratik partiyaning joni uchun" kurashganlar: AQShning sobiq vitse-prezidenti Bayden, senator Berni Sanders, senator Elizabet Uorren va Saut-Bend shaharchasining sobiq xokimi Pit Buttidjich.

Prezident Ameriki Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Impichment bekor qilinadi: AQSh Senati Trampni oqladi

Ayova shtatidagi ofat ko‘lamini tushunish uchun avvalo ushbu siyosiy dramadagi aktorlarni tasvirlab berish kerak.

Agar biz har bir nomzodning siyosiy e’tiqodi va imidjini bitta soddalashtirilgan tasvirga keltirsak, Jo Baydenni "Meynstrim katta bobosi" deb ayta olamiz. Shu ma’noda-ki, sobiq vitse-prezident Obamaning zamoniga qaytishni istagan va "2015 yilni va Trampsiz yaxshi Amerikani" qaytarish uchun qalblari bilan ovoz bermoqchilarga yokadi. Baydenning asosiy muammosi - Ukrainadagi korrupsiya mojarosi, yoshiga qarab xotiraning asta-sekin yo‘qolishi va elektoratning katta qismi Obamasiz Obama davriga qaytishni istamasligidir.

Milliy darajadagi mashhurlik yetakchilari - bu senator Berni Sanders, uni kimdir yoqtiradi va boshqalar nafratlanadi, chunki u haqiqiy (hech bo‘lmaganda Amerika o‘lchovlari bo‘yicha) sotsialistdir. U 1988-yilda o‘zining asal oyini SSSRda o‘tkazdi va milliarderlarni quloqlanishini, sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimlarining milliylashtirilishini, shuningdek, kredit qarzlarining ommaviy ravishda kechilishini ochiq targ‘ib qilmoqda. Demokratik partiyaning rahbariyati ham Sandersni yoqtirmaydi, uning raqiblari o‘ni multimilioner ekanligini va 2016-yilda o‘z ovozlari va Hillari Klinton tarafdorlarini "sotganini" eslatish imkoniyatini qo‘ldan boy bermaydilar. Biroq, bularning barchasi uning yoshlar orasida juda mashhurligiga to‘sqinlik qilmaydi.

Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Vakillar palatasi spikeri Tramp nutqi matnini namoyishkorona yirtib tashladi

Senator Elizabet Uorren – tahminan huddi Sandersning o‘zi, lekin aqlliroq versiyada, SSSR bilan aloqalari va rasmiy ravishda ajdodlarining kamida 150 tadan bittasi Amerika xindularga tegishli degan afsonaga ega emas. Ikkinchisi unga Amerika siyosiy xushfe’llik nuqtayi nazaridan qo‘shimcha ochkolarni beradi.

Sirli shahs, ammo shu bilan birga shahar ziyolilarining, tashqi siyosat va isteblishment mutaxassislarining sevimli nomzodi Pit Buttidjich bo‘lib, u yosh amerikalik siyosatchi idealini o‘zida mujassam etgan: ochiqcha gey, lekin o‘zini amalda xristian deb biladi va teologik mavzularda bahslashishni yaxshi ko‘radi, Garvard bitiruvchisi, Indiana shtatidagi kichik shaharning sobiq hokimi, taniqli "Makkinzi" konsalting kompaniyasining sobiq xodimi va AQSh harbiy-dengiz kuchlarining harbiy razvedkasi leytenanti. Buttidjichning dasturi va imidji, asosan, Baydenning dasturi va imidji bo‘lib, va nafaqat uning kamchiliklari bilan, balki mashhurligisiz hamdir. Ammo nimagadir, o‘rtamiyona saylovchi bunday yaxshi ishlab chiqilgan siyosiy texnologiya loyihasiga unchalik ham xayrixoh emas. Pitning raqiblari uni "SRU-Pit" deb atashadi va uni Donald Tramp juda faol kurashayotgan "chuqur davlat" vakilligiga asosli shubha qilishmoqda.

Rossiyalik xakerlarning Ayova shtatidagi ovoz berishga aralashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Demokratik partiya elektron ovoz berish va ovozlarni sanashning maxsus tizimini buyurdi, ammo keyin kutilmagan holatlar boshlandi. Ovoz berish jarayonida avval elektron tizim osilib qoldi, keyin ovoz berish qisman telefon orqali o‘tkazishga to‘g‘ri keldi, shundan so‘ng Demokratik partiya ovoz berish ma’lumotlarini ikki kun davomida qayta ishlay olmadi. Dushanba kuni kechqurun, ovoz berish tugagandan so‘ng, Pit Buttidjich o‘z tarafdorlariga u g‘alaba qozonganini e’lon qildi, garchi rasmiy natijalar hali yo‘q va so‘rovlarga ko‘ra, sotsialist Berni Sanders g‘alaba qozonishi kerak. Natijalar juda uzoq vaqt davomida e’lon qilinmadi va Demokratik amaldorlar nima bo‘lganini aniq tushuntirib bera olishmadi.

Atomnaya podvodnaya lodka (APL) Yuriy Dolgorukiy - Sputnik O‘zbekiston
Sharqiy qirg‘oq Amerika floti uchun xavfsiz boshpana bo‘lmay qoldi - AQSh vitse-admirali

Shu bilan birga, Donald Tramp allaqachon o‘z saylovlarini o‘tkaza olmaydigan partiya Amerikani samarali boshqarishga qodirligini isbotlashga urinayotganini ko‘rsatib, Tvitterda istehzo bilan gapira boshladi. Amerikalik ayyor jurnalistlar elektron ovoz berish tizimini ta’minlagan kompaniyaning rahbariyat va asoschilaridan biri Buttijichning tarafdorlari va hatto uning saylov shtab-kvartirasidan pul olishganini tezda fosh qilishdi.

Ovoz berishning so‘nggi natijalari quyidagicha: (Reyterdan iqtibos).

"Pit Buttidjich Ayova shtatidagi Demokratik faollarining yig‘ilishi natijalari bo‘yicha Berni Sandersdan biroz oldinda. Sobiq vitse-prezident Jo Bayden 71 foiz saylov uchastkalaridagi ovoz natijalari bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda. Senator Elizabet Uorren uchinchi o‘rinda."

Natijada Sandersning tarafdorlari va boshqa ko‘plab saylovchilar ulardan saylovlarni tortib olmoqli bo‘lganlarini his qilishmoqda. Zotan, ularning ba’zilari (2016 yilda bo‘lgani kabi) Donald Tramp uchun ovoz berish orqali qasos olishmoqchi. Ijtimoiy tarmoqlarda ta’sir o‘tkazuvchilar allaqachon Rossiyani Amerika ijtimoiy tarmoqlarida firibgarlik g‘oyasini aynan rus targ‘ibotchilari targ‘ib qilayotganida ayblamoqda.

Ammo, agar demokratlar partiyasi va uning tarafdorlari Amerika ommaviy axborot vositalarida shunday qilishda davom etsalar, yaqin orada saylovchilar hatto quloqchin va balalayka bilan ayiqqa ham ovoz berishga tayyor bo‘ladilar - siyosiy isteblishmentga ularning ishonchini doim masxara qilish mumkin emasligini ko‘rsatish uchun.

Yangiliklar lentasi
0