06:12 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
233921

1945 yilda Yaltada boʻlib oʻtgan tinchlik shartnomasi imzolash marosimida 3ta yetakchi davlatlar rahbarlari uchrashuvida Stalin “Biz tirik ekanmiz urush boʻlmaydi...”, - degan edi.

75 yil oldin, 1945 yil 4 dan 11 fevralgacha Yaltada Katta Uchlik anjumani boʻlib oʻtgan edi. Oʻshanda Stalin, Cherchil va Ruzvelt uchrashib, bundan keyingi yillardan dunyoda qanday tartib hukm surishi haqida kelishib olishgan edi. 

Uzbekskiy rejisser Zulfikar Musakov
© Foto : Iz lichnogo arxiva Zulfikara Musakova

Ikkinchi jahon urushidan soʻng, yangi dunyo tartibini belgilab olish uchun jami uchta uchrashuv boʻlib oʻtgan edi - Yaltadan oldin Tehron (1943 yil 28-noyabr - 1-dekabr), keyin Potsdam (1945 yil 17-iyul - 2-avgust), ammo faqat Yalta uchrashuvi dunyo tarixining butun bir davriga nom berdi.

Urushdan keyingi Yalta dunyo tartibi deb atalgan  xalqaro munosabatlar tizimi 44 yil davomida - 1945 yildan 1989 yilgacha amal qildi. Yalta dunyosining tugashi uchun shartli sana 1989 yil 3 dekabr deb hisoblanishi mumkin. Soʻngra, Malta orolidagi kreyserda M.S. Gorbachyov shunday dedi: "Dunyo bir davrni tark etib, yangisiga qadam bosmoqda. Biz uzoq safarning boshidamiz. Bu doimiy tinchlik yoʻlidir. Zoʻravonlik xurujlari, ishonchsizlik, psixologik va mafkuraviy kurash - bularning barchasi endi mangulikda qolishi kerak. Men Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentini (Jorj V. Bush - tahr.) hech qachon Qoʻshma Shtatlarga qarshi urush boshlamasligimga ishontirdim".

Sovuq Urushning tugashi haqidagi gʻayratli xabar Sharqiy Yevropa blokining tezda qulashi bilan teng keldi. Va 1989 yil noyabr-dekabr oylarida ushbu parchalanish Yevropa xaritasini toʻliq oʻzgartirdi: yangi 1990 yilga kelib, Sovet taʼsir doirasi endi yoʻq edi. Ehtimol, Gorbachev yomon oʻyin sharoitida yaxshi mina qoʻygandir, ehtimol u endi haqiqatdan, xalqlar nizolarni unutib, buyuk oilaga birlashishiga chin dildan ishongan. Qanday boʻlmasin, Sovuq urushning 44 yillik davri va shu bilan barqaror dunyo haqiqatdan ham tugadi. Bir-biriga tirkagich sifatida oʻrnatilgan ajratuvchi chegaralar endi yoʻq.

Yalta qirq yildan ortiq dunyo tartibiga har hil baholar berilgan baholanib kelmoqda. Salbiy obrazlardan - "Yalta qurbonlari", "Yevropaning yarmini gʻajib yuborishdi", "Temir parda tushdi", Bulgakovning Pontiy Pilati ruhida juda ijobiy - "Imperator Tiberiyning kuchi kabi odamlar uchun buyukrok va yaxshiroq kuch bu dunyoda boʻlmagan, yoʻq va bundan buyon boʻlmaydi!"

Qarama-qarshi bloklarning oʻzaro tiralishi davrini buyuk va chiroyli deb atash – ehtimol, safsatadir, ammo Yalta insoniyatni uchinchi jahon urushi lazzatlaridan qutqardi deb hisoblash mumkin. "Uchlik" ning barcha aʼzolari amal qilgan diplomatik ikkiyuzlamachiligi uchun barcha mumkin boʻlgan tuzatishlar hisobga olgan holda, Stalinning 1945 yil 6 fevraldagi hamkorlarga qilgan murojaatini eslash joiz:

- Toki biz tirik ekanmiz, albatta, qoʻrqadigan hech narsa yoʻq. Biz oramizdagi xavfli tafovutlar vujudga kelishiga yoʻl qoʻymaymiz. Hech qaysi davlatga qarshi yangi tajovuzning paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaymiz, lekin oʻn yoki undan ham ozroq yillar oʻtgach biz yoʻq boʻlib ketarmiz ham. Biz oʻz boshimizdan kechirganlarni hech qaysinisini kechirmagan va koʻpchilik muammolarga bizdan farqli oʻlaroq boshqacha fikrda boʻlgan yangi avlod paydo boʻladi. Unda nima boʻladi? Biz xuddi keyingi 50 yil davomida dunyoni taʼminlash maqsadini oldin surmoqdamiz, - degan edi dohiy. 

Yangi siyosiy tafakkurni va dunyoning yangi rahbarlari va M. S. Gorbachevni eslab, oʻrtoq Stalin koʻngli sezganini va Yaltada tuzilgan tizimning amal qilish muddatlarida ham xato qilmaganligini tan olish kerak.

Suriyadagi ahvol. Arxiv surat
© Sputnik / Mixail Voskresenskiy

Bu "dono, aziz va suyukli" Stalin haqida ajoyib qoʻshiq emas, gunohi ham, xizmati  ham uchchalasiga tegishli - Ruzvelt va Cherchillga ham "aziz va sevikliligi" haqida qoʻshiqlar atash mumkin.

Ehtimol, 1945 yil boshiga kelib yulduzlar shu tarzda joylashishdi. Qizil Armiya oʻsha paytda buzilmas inertsiyani qoʻlga kiritdi, gʻarb tomon siljishni toʻxtatishning iloji yoʻq edi va siyosatchilarning vazifasi qandaydir tarzda demarkatsiya chiziqlarini belgilab, SSSR uchun gʻoliblik vokelikni chegaralash liniyalarini belgilar orqali shakllantirish edi. Yaʼni, "bu bizniki, va bu sizniki" formulasini topish.

U topildi. Fukuyamaga koʻra tarix oxirigacha - 1989 yilgacha va bu tamoyil saqlanib qolgan. Tashqi taʼsir doirasidagi hududlarga toʻgʻridan-toʻgʻri aralashuv boʻlmagan. Stalin inglizlar tomonidan olib borilgan Yunon kontrrevolyutsiyani "yutib yubordi", Gʻarb esa Vengriya inqilobini bostirilishini "yutdi" (u ham aksil-inqilobiy qoʻzgʻolon). SSSR Italiya ishlariga, "erkin dunyo" esa Chexoslovakiyaga aralashmadi. Brejnev doktrinasi haqiqatdan ham tan olingan.

Albatta, dinamik oʻzaro tiranishlar aslo yorqin uygʻunlikni anglatmaydi va bilvosita harakatlar va toʻgʻridan-toʻgʻri iflos nayranglarni rad etmaydi. Markaziy razvedka boshqarmasi ham, KGB ham nonni bekorga yemaganlar, va Yevropaning tashqarisida toʻqnashuvlar oʻta shiddatli boʻlgan. Shunga qaramay, 1945 yil fevral oyida qurilgan qaltis dunyoga alternativa faqat yomon kelishuvlarni qayta tiklash uchun yangi urinish boʻlishi mumkinligi Yalta davri mobaynida tan olindi. Yaʼni, uchinchi dunyo yoki shunga oʻxshash hodisa. Va buni, umuman olganda, hech kim hohlamagan - hamma tomonga murosani uzaytirish maʼqul koʻrindi.

Kompromisning sifati toʻgʻrisida nuqtai nazar har hil boʻlgan. Sharqiy Yevropaning sotsialistik mamlakatlari (shu jumladan limitrof davlatlar ham: Estoniya, Latviya, Litva va Finlyandiya – tahr.) Yalta dunyosini juda nozik deb hisoblashgan, ammo hech kim ulardan buni soʻramagan ham. Ehtimol, Yalta tizimi uzoqroq mavjud boʻlgan boʻlar edi, lekin Sovet elitasi yoqimli yangi siyosiy tafakkurni kashf etdi va Sovuq Urushni, yaʼni yarim asrlik oʻzaro tiranishlarni toʻxtatishga qaror qildi.

Buning oqibatlari bugun ravshan.

Asosiy mavzular