21:16 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
159510

AQSH Energetika vazirligining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, Rossiya bu mamlakatda eng yirik neft import qiluvchilari roʻyxatida ikkinchi oʻrinni egalladi.

TOSHKENT, 11 fev - Sputnik, Natalya Dembinskaya. AQSH Energetika vazirligining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, Rossiya bu mamlakatda eng yirik neft import qiluvchilari roʻyxatida Kanadadan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Oʻz sanktsiyalari tufayli Venesueladagi ogʻir neftdan ayrilgan amerikaliklar muqobil yetkazib beruvchilarni qidirishgandi. Ular buni okean ortidan topishdi, chunki faqat rus xom ashyosi kerakli xususiyatlarga ega. Natijada Moskva milliardlab dollar ishlab oldi.

Muvaffaqiyat narxi

Kuzda AQSH 70 yil ichida birinchi marta qora oltinni netto-eksport qiluvchisiga aylandilar. AQSH Energetika vazirligining Energetika axborot boshqarmasi (EIA) hisob-kitoblariga koʻra, sentyabr oyida mamlakat kuniga import qilinganidan 89 ming barrel koʻproq xom neft va neft mahsulotlarini joʻnatdi.

“Neft sanoati kutilmagan hodisalarga olib kelishga qodir – bunda gap neft narxini, ishlab chiqarish va savdo oqimlarini tubdan oʻzgartirgan slanets inqilobi haqida”, - deya Bloomberg nashriga ushbu xabarni izohlagan prezident kichik Jorj Bushning energiya boʻyicha sobiq maslahatchisi va Rapidan Energy konsalting kompaniyasi rahbari Bob Maknelli.

Biroq, u slanets sanoati kelgusi yilning boshida keskin pasayishi bashorat qilinayotganini eslatishni unutdi: rekordlar quduqlarning zaxiralari pasayishi, infratuzilmaga katta xarajatlar va investitsiyalarning yetishmasligi. Sarmoyadorlar slanets kompaniyalarining ortib borayotgan ishtahasini qoplashga tayyor emaslar: oʻn yil davomida bozorning ushbu segmentini pul bilan toʻldirgandan soʻng, bu juda foydasiz ekanligi ayon boʻldi - aksariyat loyihalar uzoq kutilgan foyda keltirmadilar.

Evercore ISI konsalting kompaniyasining maʼlumotlariga koʻra, energetik kompaniyalari oʻn yil ichida ishlab topganidan 280 milliard dollar koʻproq mablagʻ sarflashgan. Amerika slanets ishlab chiqaruvchilarining fond indekslari 2007 yildan beri 31 foizni yoʻqotdi.

EIA prognoziga koʻra, 2020 yilda AQShda neft qazib olish hajmi kuniga atigi 400 ming barrelga oshadi. Bu 2017 yildan beri eng past natijadir. Energetika vazirligi 2021 yilda slanets nefti ishlab chiqarishning oʻsishi 50% dan koʻproqqa pasayishidan qoʻrqmoqda.

Bu birinchi navbatda, eng katta havza boʻlmish Permian taʼsir qiladi. Yaqinlashib kelayotgan pasayish haqida Pioneer Natural Resources va Centennial Resource Development yirik slanets kompaniyalari ogohlantirmoqda.

Koʻp, lekin aynan u emas

Sof neft eksport qiluvchisi maqomiga oʻtishda kutish kerak boʻlgan bunday vaziyatda yana bir muammo bor: bir qator neftni qayta ishlash zavodlarining texnologiyasi faqat Permian havzasi va Gʻarbiy Texasdan keladigan yengil neftdan foydalanishga imkon bermaydi.

Buni qayta ishlaydigan zavodlar Venesuelada sotib olgan ogʻir neft bilan aralashtirish kerak. Ammo Tramp Venesueladagi davlatga tegishli PVSDA kompaniyasiga qarshi sanktsiyalarni qoʻllaganidan soʻng, Amerika neftni qayta ishlash zavodlari xom ashyo bilan jiddiy muammolarga duch keldi. Ushbu yetkazib berishni almashtirish uchun hech narsa yoʻqligi maʼlum boʻldi.

Meksika koʻrfazi va Sharqiy sohilda ogʻir neftni qayta ishlashga moʻljallangan neftni qayta ishlash zavodlari eng ogʻir vaziyatda. Ular orasida - Citgo Petroleum, Valero Energy, Chevron.

Saudiya Arabistonining kimyoviy tarkibi oʻxshash neft alternativa boʻlishi mumkin edi. Ammo saudiyaliklar Boilvarian Respublikasiga qarshi sanksiyalar tufayli ishlab chiqarishni koʻpaytirish niyatida emas. Yagona variant - rus Uralsini sotib olish.

Oʻtgan yilning aprel oyiga kelib, Xalqaro Energiya agentligining (MEA) hisob-kitoblariga koʻra, Urals ni AQShga etkazib berish kuniga 150 ming barrelga etdi, bu 2011-2012 yillarda slanets inqilobidan beri kuzatilmagan.

Avgust oyida esa eksport olti yillik eng yuqori darajaga koʻtarildi. Federal Bojhona Xizmati maʼlumotlariga koʻra, yilning birinchi yarmida amerikaliklar Rossiya neftini qariyb uch milliard dollarga sotib olishgan (2018 yilning shu davrida - 1,6 milliard).

Aniq gʻolib

11 oy ichida AQShga eksport 3,1 baravar oʻsdi - 4,28 million tonnagacha. Mahalliy kompaniyalar neftdan 1,95 milliard ishlab oldi, yana 3,8 milliard neft mahsulotlarini sotishdan tushdi.

AQSH Energetika vazirligining taʼkidlashicha, oktyabr oyida Rossiya neft importchilari orasida ikkinchi oʻringa koʻtarildi, 20,9 million barrelni yetkazib berib, Meksika va Saudiya Arabistonini ortda qoldirdi. Faqat Kanada yaxshiroq natijalarga erishdi. Caracas Sapital tahlilchilari taʼkidlashicha, Moskva uchun bu 2012 yildan beri rekord koʻrsatkich.

Taqqoslash uchun - 2017 yilda Rossiya ushbu roʻyxatda atigi oltinchi edi. AQShning qora oltin importining qariyb 40 foizi Kanadadan, 9,4 foizi Saudiya Arabistonidan, 6,8 foizi Meksika, 6,7 foizi Venesuela, 6,7 foizi Iroqdan kelgan.

Venesuelaga qarshi neft embargosi ​​joriy qilinganidan bir yil oʻtgach, Amerika sarmoyadorlari yutqazganlari aniq, Rossiya esa aniq gʻolibdir, deb yozadi The Washington Post.

“Bundan tashqari, Moskva va Karakas oʻrtasida neft qazib olish, boshqa bozorlarga tashish va sotish boʻyicha kelishuvlar Rossiya uchun nihoyatda foydali biznesga aylandi”,-  deb taʼkidlaydi gazeta.

AQSH rasmiylarining hisob-kitoblariga asoslangan nashrning taʼkidlashicha, Rosneft zaxiralarida kuniga 400 ming barrel Venesuela nefti bor - baʼzi maʼlumotlarga koʻra, bu ishlab chiqarishning yarmidan koʻpi, va bu oyiga deyarli 120 million dollar daromad keltiradi.

Manba: RIA Novosti.

Asosiy mavzular