10:53 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Analitika
Havola olish
771 0 0

Dunyo gaz bozoridagi vaziyat, mubolagʻasiz, misli koʻrilmagan darajada. Osiyoda suyultirilgan tabiiy gazning (STG) spot narxi hech qachon boʻlmagan.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Aleksandr Sobko. Dunyo gaz bozoridagi vaziyat, mubolagʻasiz, misli koʻrilmagan darajada. Osiyoda suyultirilgan tabiiy gazning (STG) spot narxi hech qachon boʻlmagan: kotirovkalar psixologik jihatdan muhim har bir million BTE uchun uch dollarga teng (BTE - Britaniya termal birliklari), ming kubometr uchun taxminan 105 dollarga toʻgʻri keladi. Oʻz navbatida, Yevropada birja narxi yanada past - 95 dollar darajasida.

Koronavirus fonida, Xitoyning STG importchisi CNOOC fors-major holatlarini eʼlon qilishga urindi va buning natijasida oʻziga tegishli yonilgʻi olib kirilishi kerak boʻlgan qismini rad etdi, ammo yetkazib beruvchilar (Total va Shell) vaziyatni fors-major sifatida tan olishmaydi.

Ha, yuzaga xolatda ideal deb atalmish boʻron aybdordir, barcha omillar gazga qarshi birlashdi: bu Shimoliy yarim sharning deyarli barcha mintaqalarida juda iliq qish va yangi ishlab chiqarish obʼyektlarining ishga tushirilishi tufayli oldindan rejalashtirilgan va Ukraina tranzit inqiroziga tayyorgarlik tufayli Yevropa gaz omborlarida STGning haddan tashqari koʻpayishi. Va, albatta, koronavirus, buning natijasida XXRda iqtisodiy faollik keskin pasayib ketdi, bu nafaqat gaz, balki umuman hom-ashyolar bozoridagi vaziyatga taʼsir koʻrsatmoqda.

Shunga qaramay, narxlar manzarasi bozor ishtirokchilarini tashvishga solishi turgan gap. Biz bir necha bor suyultirilgan tabiiy gaz narxining pastligi allaqachon koʻpgina kompaniyalar suyultirilgan gazni ishlab chiqarish xarajatlarini toʻliq qoplay olmaydigan (barcha kapital qoʻyilmalarni hisobga olgan holda) vaziyatga olib kelganligini muhokama qildik.

Ammo hozirgi narxlar koʻplab ishlab chiqaruvchilarning hatto operatsion xarajatlarini ham qoplamaydigan nuqtaga yaqinlashdi. Nazariy jihatdan xozirda sotish bahosi operatsion xarajatlardan past boʻlgan vaziyat eksportning ushbu qismida toʻxtashga olib kelishi vaziyati. Toʻgʻri, hozircha bu sodir boʻlmayapti.

Bu vaziyatda narxning barcha tarkibiy qismlari shaffof boʻlgan okean orti suyultirilgan gazi eksportini kuzatish yaxshidir. Amerika STGsining eksporti toʻxtamayapti (garchi bunga yaqin boʻlsa ham), chunki Amerika bozorida (ham u asosan izolyatsiya qilingan, shuning uchun u yerda narxlarning pasayishi - bu global tarix bilan juda past darajada bogʻliq boʻlgan ichki tarix) endilikdanarxlar past. Amerikaning Henry Hub birjasida narxlari slanets gazining asosiy ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy natijalarini halokatli ravishda buzadigan 1 million BTE uchun 1,8 dollarga tushdi. Ammo Amerika ichidagi shunday narxlarida ham - hozirgi global narxlarda - AQSH eksporti, operatsion xarajatlari boʻyicha rentabellik yoqasida.

Amerikalik ishlab chiqaruvchilar gazni tuzukroq daromad keltiradigan adolatli narx 1 million BTE uchun uch dollarni tashkil etadi deyish kifoya. Takrorlab oʻtamiz: Osiyoda ham hozirda suyultirilgan gaz taxminan shu narxda, Yevropada esa arzonroq ham. AQShdan tabiiy gazni esa yana suyultirish va tashib keltirish kerak. Bundan tashqari, savdogarlarning joriy xarajatlari va foydalari ham bor.

Iqtisodiy nazariyada taʼkidlanishicha: bunday sharoitda ishlab chiqaruvchilar yangi investitsiyalardan voz kechishlari kerak va natijada bozor muvozanatlashadi. Oʻtgan yili biz suyultirilgan gaz ishlab chiqarish boʻyicha yangi zavodlar uchun investitsiyaviy qarorlarining misli koʻrilmagan hajmini - yiliga qariyb 90 milliard kubometrni suyultirish quvvatiga ega boʻlganligini (uch yil davom etgan ishga tushirilgan loyixalar past miqdoridan soʻng) kuzatdik. Ammo bu yil rekord darajada past narxlarga qaramay keng miqyosli investitsiyaviy qarorlari boʻladimi? Yoki kompaniyalar yana tanaffus oladimi?

Ilgari tez-tez muhokama qilinadigan gazning juda past narxlarida biz gazni koʻmir bilan almashtirish natijasida qoʻshimcha talabni, shuningdek sanoatning ayrim tarmoqlarida qoʻshimcha talabni koʻrishimiz mumkin edi. Nega bunday boʻlmayapti - bu alohida muhokama uchun mavzu, lekin aslida shuni aniqlashtirish mumkinki, kichik vaqt oraligʻida, bir necha oy ichida, talab tomonidan bir million BTE uchun toʻrt dollar koʻrinishidagi qoʻshimcha yordam mavjud emas.

Bularning barchasini aytib boʻlgandan keyin juda muhim tuzatishni berish lozim. Yuqorida aytilganlarning barchasi STG uchun spot (soddalashtirilib aytilganda - birja) narxlariga taalluqlidir. STGning narxi neftga narxiga bogʻlov bilan tuzilgan shartnomalar boʻyicha sezilarli yuqoriroq.

Masalan, yanvarda, Osiyoda STGning oʻrtacha spot narxi hali ham 4,7 dollarni tashkil etgan paytda, neftga bogʻlangan narh bir million BTE uchun toʻqqiz dollarni tashkil etgan. Bunday narx koʻplab ishlab chiqaruvchilar uchun barcha xarajatlarini qoplaydi.

Toʻgʻri, bu oʻrtacha narxni, shu jumladan neftga yuqori darajada bogʻliklik koyeffitsiyentiga ega boʻlgan eski shartnomalar uchun taallukligini ham tushunishimiz kerak. Yangi shartnomalar uchun bu koeffitsiyent pastroq. Hatto bir barrel uchun neft 60 dollarga teng boʻlsa ham, Osiyoda suyultirilgan gazning narxi har bir million BTE uchun 7 dollar turishini baholashimiz mumkin. Ushbu narx koʻplab ishlab chiqaruvchilar uchun maqbuldir va hozirgi spot narxlaridan ikki baravar yuqori.

Shuning uchun, agar Xitoy kompaniyasi rad etishga harakat qilgan suyultirilgan gaz spot narxlaridagi emas, aksincha qimmatbaho "neftga bogʻlangan" STG boʻlsa, ajablantirmaydi.

Har holda, soʻnggi bir necha yil ichida biz neft va gaz bozoridagi vaziyatni bir biriga taqqoslanishi koʻryapmiz.Neft bozorida OPEK + koalitsiyasi shakllandi, u kerakli narx darajasini (qachon muvaffaqiyatli boʻladi, va qachon aksincha) himoya qiladi. Ammo hozirgi sharoitda "gaz OPEK"ini yaratish juda qiyin koʻrinadi (aksincha, bu narxlar urushi va bozorda oʻz ulushini himoya qilish masalasi haqida gap ketmoqda), shuning uchun gaz moʻlligi sharoitida narhlar qulamoqda. Qoʻshimcha muammo shundaki, gaz, ayniqsa STG, moʻlchilik boʻlgan taqdirda neftga nisbatan zaxiralarni saqlash va yaratish ancha qiyinlashadi.

Asosiy savol qolmoqda: STG sotilishining "spot" va "neftga bogʻlangan" narxlari nisbati qanday? Toʻgʻridan-toʻgʻri taxminlar yoʻq. Bundan tashqari, STG bozoridagi manzara juda rang-barang: bu erda bir vaqtning oʻzida gaz sotib oladigan va sotadigan savdogarlarning koʻpligi va narxlarning Amerika ichidagi narxlarga bogʻlangan uchinchi turi. Shunga qaramay, turli xil hisob-kitoblarga koʻra, "spot" savdolarning choragidan koʻproq, ehtimol bozorning uchdan bir qismini tashkil etadi, ammo neftga bogʻliqligi, ayniqsa Osiyo sektori uchun, ustun boʻlib qolmoqda.

Bu yerda yangi loyihalar bilan bogʻliq vaziyat nima boʻlishi muhimdir. Yaqindagina koʻrinib turganidek, "spot" yetkazib berish narxini belgilashda tobora muhim rol oʻynashi kerak edi. Endi taxmin qilish mumkinki, yaqinda yuz bergan voqealar neftga bogʻlangan  narxlarni (bir necha yil avvalgi koʻrsatkichdan pastroq koyeffitsiyent bilan) yana ham ahamiyatli qiladi, bu ishlab chiqaruvchilarning yangi loyihalardagi sarmoyalarini ishonchliroq himoya qiladi.

"Novatek"ning Rossiya loyihasi boʻlgan "Arktika STG 2" loyihasi bunga yaqqol misol boʻla oladi. Investitsion qaror oʻtgan yili qabul qilingan. 2019 yil fevral yangiliklari: Novatek 50 foizini shu joyning oʻzida "spote"narxlarida sotishni rejalashtirmoqda, qolganini shartnomalar boʻyicha. Va 2019 yil oktyabr oyining butunlay boshqacha yangiliklari (hatto koronavirus tufayli yuzaga kelgan narxlar qulashiga qadar, lekin STG-ning haddan tashqari ishlab chiqarilishi yaqinlashishni boshlaganida): "spot" ulushi boʻyicha aniq qarorlar mavjud emas, ammo bunday sotish umumiy ishlab chiqarish hajmida boʻladi.

Xulosa qilamiz.

Birinchidan, va asosan. Albatta, "spot" narxlarga eʼtibor berish kerak. Toʻgʻri, shu bilan birga esda tutish kerakki, neftga bogʻlangan narx bilan tuzilgan shartnomalar ulushi ham juda katta. Afsuski, koʻplab ishlab chiqaruvchilar oʻzlarining portfellaridagi muayyan shartnomalar ulushini aniq ochib bermaydilar (bu STG va tarmoq gazini sotuvchilarga ham tegishli; birinchi navbatda bu Gazpromning misolidir), bu STG va gazning oʻrtacha ulgurji narxini hisoblashni qiyinlashtiradi.

Ikkinchidan, suyultirilgan gaz narxini neftga bogʻlab belgilash tizimining barcha maʼlum kamchiliklari mavjudligida (gaz anchadan beri mustaqil tovar boʻlib qoldi va energiya isteʼmoli tarkibidagi neft ulushi pasaymoqda), ushbu tuzilma OPEK + bitimlarining mavjudligi va neftning tuzikroq barqaror narxi tufayli bozorni barqarorlashtiradi. Uzoq muddatli istiqbolda bozorning barcha ishtirokchilari bundan foyda topishadi, chunki hech kimga ortiqcha ishlab chiqarish va oʻzgaruvchan defitsit tufayli yuzaga kelgan narxlarning oʻzgarishi kerak emas.

Shu asosda, rejalashtirilgan STG loyihalari boʻyicha shartnomalarni tahlil qilish qiziqarli mavzu boʻlib qolmoqda. Sotuvchilar yangi shartnomalardagi "spot" ulushini koʻpaytirishga rozi boʻladimi yoki xaridorlarning neftga bogʻliqlikni saqlanib qolishiga rozi boʻladimi-yoʻqmi, buni faqat kuzatish qolyapti.

Manba: RIA Novosti.

Asosiy mavzular