05:42 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
2000 0 0

Myunxenda boʻlib oʻtadigan xavfsizlik boʻyicha anjuman uchun hisobot eʼlon qilindi. Tadbir Bavariya poytaxtida 14 fevral kuni boshlanishi rejalashtirilgan

Viktor Maraxovskiy

Bavariya poytaxti Myunxen shahrida 14 fevral kuni xavfsizlik boʻyicha anjuman boʻlib oʻtadi va unga doir hisobot ham eʼlon qilindi. Hisobotda alohida bob Rossiyaga bagʻishlanganligi sababli, shu narsa ayonki, mamlakatimizda aynan shu bobni katta eʼtibor bilan oʻqishlari aniq. Biroq, hisobotning asosiy mavzusi Gʻarbdir. Toʻgʻrirogʻi, uning yoʻq boʻlib ketishi - va bunga kim aybdorligi.

Ushbu savolga javob berishdan oldin, muammoning mohiyati haqida qisqacha toʻxtalsak.

Hisobot "Gʻarbsizlik" (Westlessness) deb nomlangan va birinchi marta juda aniqlik bilan Yevropa-Amerika mutaxassislari tomonidan istamay qabul qilingan haqiqatga bagʻishlangan. Aniqrogʻi - dunyo tobora Gʻarbni oʻzidan uzoqlashtirmoqda va surbetlarcha usiz yashayapti. Eng yomoni, Gʻarbning oʻzi ham "tobora gʻarbsizlashmoqda". Bularning barchasi juda yomon, chunki bularning barchasi beqarorlik, kutilmaganlik, demokratik qadriyatlardan chekinish va shu singari son-sanoqsiz falokatlarni keltirib chiqaradi.

Doklad mualliflar Gʻarbning foydali bombardimonlarisiz qolgan dunyoga motam tutmoqdalar: "Suriyada Asad rejimi va Rossiya kuchlari kasalxonalar va maktablarni ataydan bombardimon qilmoqdalar, harbiy jinoyatlar esa kundalik ishga aylanib boʻldi... Yaqinda Xitoy, Eron va Rossiya Hind okeani va Oman koʻrfazida ilk marotaba qoʻshma dengiz harbiy mashqlarini oʻtkazishdi... Liviyada Turkiya va Rossiya yanada qatʼiyat bilan harakat qilishmoqda va Oʻrta dengizning qarama-qarshi tomonidagi beqarorlik Yevropaga tobora koʻproq taʼsir qilmoqda..." Va hokazo.

Bularning barchasiga murakkab aforizmlar va beoʻxshov hazillar bilan bezak berilgan. AQSH haqidagi bob esa: "Birlashmasak dosh bera olamizmi?", deb nomlangan boʻlib, Amerikada mashhur boʻlgan "Birdamlikda dosh bera olamiz, birlashmasak - qulaymiz " degan shiorga ishora qiladi. Xitoy haqidagi bob: "Oʻjar davlat", bizning davlatimiz haqidagi boʻlim "Putemkin davlati" (ogohlantirganimizdek, hazillar darajasi past), Yevropa haqidagisi - "Yevrovideniye tanlovi", Oʻrta yer dengizi mintaqasi haqidagisi esa - "Oʻrta yer dahshati" va hokazo deya nomlangan.

Rossiyaga keladigan boʻlsak, hisobot soʻnggi besh yilda Gʻarb ekspertlar hamjamiyati jamoasi miyasida tugʻilgan kontseptsiyadan kelib chiqqan. Qatʼiy aytganda, bu kontseptsiya umidsizlikdan tugʻilgan. Chunki, bir tomondan, ekspertlarning hammasi Rossiyaning kuchsiz va ojizligini, uning yangi sanktsiyalar tufayli parchalanib ketganligini va u deyarli qulash arafasida turganligini yaxshi bilishgan. Boshqa tomondan esa barcha parchalangan Rossiyaning oʻjarlik bilan nafas olayotganini va hatto rivojlanayotganini, parchalanib ketmayotganini va unda tartibsizliklar boshlanmaganini, u hatto, yoʻq qilinishi belgilangan davlatlarni himoya qilish uchun tirishayotganini - va u bularni xammasini uddalay olayotganini koʻrdi.

Kontseptsiyani qandaydir tarzda haqiqatga mos keltirish uchun zudlik bilan murosaga kelish kerak edi. Natijada Rossiyaga yangi qarash vujudga keldi.

2018 yillardan boshlab Rossiya, shubhasiz, juda dahshatli, har biri uni gʻajishi va qulatishi mumkin boʻlgan muammolarga ega zaif mamlakat edi. Biroq, bu juda zaif Rossiya rahbarligida oʻta omadli taktik Putin turardi (u hamisha taktik boʻlgan, strateg boʻlmagan hech qachon) – Putin Rossiyasida "qisqa muddatli muvaffaqiyatlarga" erishgani va "vaqtinchalik yaxshi natijalarga ega boʻlishi" haqidagi iboralar yildan yilga u hisobotdan bunisiga oʻtib kelmoqda). Umumiy aytganda, ayyor taktik Putin vaqti-vaqti bilan aslida mavjud boʻlmagan gʻalabalar fasadini yaratishning uddasidan chiqmoqda.

2019 yilda ham mana "kuchsiz kartalarni yaxshilab ishga solgan Rossiya bir nechta diplomatik gʻalabalarni qoʻlga kiritdi". Kreml tashqi siyosatida oʻzgarishlar yoʻqligiga qaramay, Rossiyani yana PASEga qabul qilishdi, NATOning aʼzosi (yaʼni, Turkiya - tahr.) Rossiyaning S-400larini sotib oldi, Moskva esa oʻzini Yaqin Sharqda nufuzli kuch sifatida namoyon qildi... Ammo eng muhimi, Frantsiya prezidenti Makron Rossiyaga xushomadgoʻylik qilib, Yevropaliklarni "Rossiya bilan munosabatlar asoslarini" qayta koʻrib chiqishga chaqirdi.

(Darvoqe, eng kulgilisi, maʼruza mualliflari Frantsiya prezidenti nutqlarini Rossiyaning eng muhim yutuqlari sifatida koʻrsatishgan. Bunda "dunyo nega Gʻarbni siqib chiqarayotganini tushunish mumkin: Gʻarb oʻzini tomosha qilayotgan koʻzgudan hech uzoqlasha olgani yoʻq, bu paytda esa dunyo xira fonda oʻtib bormoqda)

Ammo koʻzga tashlanayotgan gʻalabalarimiz ortida, albatta, zaif tomonlarimiz yashiringan. Biz roʻyxatlaymiz:

1) 2019 yilda Moskva sakkiz yil ichida Putinga qarshi eng katta norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi, sentyabr oyida Moskva shahar Dumasiga oʻtkazilgan saylovlarda esa kremlparast nomzodlar jiddiy zarba oldi.

2) Soʻrovlarga koʻra, ketish imkoniyatini koʻrib chiqayotgan yoshlar soni koʻpaygan.

3) Soʻrovlarga koʻra, prezidentga ishonadigan yoshlar soni kamaydi - hozir bu atigi 55 foizni tashkil etadi.

4) Rossiyaning Xitoy bilan hamkorligi "Uzoq Sharqda taʼsiri kuchayib borayotgan Xitoy"ni  hisobga olgan holda" aytilsa, teng huquqli emas .

Hammasi shu. Putin rejimining bu dahshatli muammolari Myunxen hisobotiga Rossiya haqida Gʻarb ommaviy axborot vositalarida bir xil zerikarli sxema asosida yoziladigan maqolalar toʻdasi bilan koʻchib oʻtgan. Bunda "Rus hayoti" kun tartibi va talqinini "VSHE – Moskva Karnegi markazi – navalnыy yigʻinlari" uchburchagidagi stipendiatlar belgilaydi. Ular bir vaqtning oʻzida ham axborot tarqatuvchilari, ham ekspertlardir, bosh qaxramonlar rolida ham asosan shular.

Yakun - 2020 yil bahori yaqinlashmoqda, Rossiyada hukumat oʻzgarishi roʻy berdi, milliy loyihalar amalga oshirilmoqda, Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritilmoqda - va yuqoridagi uchburchak namoyondalari xanuz oʻtgan yilning avgustida roʻy bergan Moskvadagi norozilik namoyishlaridagi selfilari haqida tashvishlanmoqda. Va sezilarli charchoq bilan "Xitoy Sibirni bosib olmoqda" degan memni qayta-qayta chop etishmoqda.

...Shunday qilib, Myunxen hisobotidagi eng qiziqarli narsa biz haqimizda emas.

Eng qizigʻi, matn mualliflari shikoyat qilayotgan "gʻarbiysizlik" sabablari.

Xullas, Gʻarb borligi haqidagi tushuncha ikkiga boʻlingan. Baʼzi "oʻng qanot nasroniy populistlari" uchun Gʻarb - diniy, madaniy va milliy urf-odatlar uygʻunligidir. Boshqalar, yaʼni "liberallar" uchun Gʻarb - liberal demokratiya tamoyillariga sodiq boʻlgan barcha narsadir.

Oʻng qanotli populistlarning fikriga koʻra Gʻarb, goʻyo, chet elliklar, gʻayridinlar va tubdan farq qiladigan chet el madaniy matritsalarni tashuvchilar tomonidan yoʻq qilinmoqda - va "odamlarni dempingida" boyiyotgan liberal elita ularni olib kirmoqda.

Oʻz navbatida, liberallar Gʻarb borligʻicha, aynan vayronagar, noliberal, ksenofob va diniy jaholatparast tashqi dunyoga aylantirmoqchi boʻlgan oʻng qanot populistlari tomonidan yoʻq qilinishiga ishonadilar.

Albatta, Putin Rossiyasi ham qoʻlidan kelganicha harakat qilmoqda, ammo u Gʻarbdagi yordamchilarisiz hech narsaga erisha olmas edi.

Nimani taʼkidlash joiz: ikkala tomon ham, albatta, haq.

Gʻarb tsivilizatsiya va siyosiy mohiyat sifatida, shubhasiz, asrlar davomida muammolarni hal qilish va dunyoni oʻzgartirishning oʻziga xos usullarini rivojlantirgan nasroniy milliy madaniyatlarining bir yigʻindisi.

Biroq Gʻarb, shubhasiz, u yerda yaratilgan liberal mafkura, aksariyat elita tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan va bu elitalarga oʻnlab yillar davomida ishonchli vosita sifatida xizmat qilgan.

Ha, endi Gʻarbning bu ikki mos tarkibiy qismi ziddiyatga duch keldi. Chunki shaxsni birinchi oʻringa qoʻyadigan liberalizm dinni, urf-odatlarni va hatto koʻpchilik xohishi bilan shaxsni bostiradigan oddiy demokratiyani boʻgʻib qoʻyishga doim shay. Anʼanalar va demokratiya esa ozchilikka siyosiy imtiyozlar beradigan liberalizmni boʻgʻib qoʻyishga harakat qilmasdan qolmaydi.

Ammo bu yerda ajablantiradigan narsa shundaki, qarama-qarshi tomonlar oʻzlarining raqiblariga eʼtibor berishni va: "Ha, bu ham biz, bu ham Gʻarb " deb tan olishni xohlamaydilar. Aksincha – tafovut qanchalik uzoqlashsa, shunchalik gʻazab bilan ular bir-birlarini Britaniya bayrogʻi kabi yirtishga harakat qilishmoqda. Garchi bu ularni faqat zaiflashtirishi aniq boʻlsa-da.

Shunday qilib, ikkala tomonga ham faqat muvaffaqiyat tilash qolyapti. Gʻalati tuyilsa ham, "Gʻarbsiz dunyo" endilikda Gʻarb hozir boʻlgan va faol boʻlayotgan joydan koʻra qonsizroq va xavfsizroq joy.

Asosiy mavzular