21:14 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
308 0 0

QBF kompaniyasining yetakchi tahlilchisi Oleg Bogdanov Markaziy Osiyoda moliyaviy piramidalarga qarshi kurashishda nima qilish kerakligi borasida oʻz mulohazalarini bildirdi.

QBF kompaniyasining yetakchi tahlilchisi Oleg Bogdanovning fikriga koʻra, moliyaviy piramida faoliyatining oʻsishiga Markaziy Osiyo aholisining moliyaviy savodxonligi pastligi sabab boʻlmoqda.

“Moliya bilan shugʻullanuvchi har qanday qora niyatli kishilar turli yoʻllarni taklif qilishlari mumkin, oddiy kishilar esa buni tushunishmaydi”, - dedi tahlilchi Sputnik nashriga bergan intervyusida.

Bogdanov koʻpincha shunga oʻxshash firmalar moliya, valyuta bozorlari, obligatsiya bozorlarini niqob qilib olishlarini taʼkidladi. Odamlar esa barchasini haqiqiy deb oʻylab, pullarini tikishadi.

Tahlilchi eski mijozlarga pullar yangilari hisobidan berilishi, bu moliya piramidaning asosiy belgisi ekanini qayd etdi. Shuningdek, firibgarlarni mamlakatda moliyaviy operatsiyalarni nazorat qiluvchi idoradan litsenziyasi mavjud emasligi ajratib turadi.

“Firmaning hisoboti va boshqa jihatlarini tekshirish lozim. Bozorda operatsiyalar bilan shugʻullanish uchun har holda qandaydir moliyaviy savodxonlik boʻlishi darkor”, - dedi mutaxassis.

“Kafolatlangan daromad keltirishni faqat bank yoki yuqori reytingga ega obligatsiyalar taqdim etishi mumkin. Agar biror kishi sizga aktsiya bozoridagi operatsiyalar boʻyicha kafolat bersa, siz ushbu tashkilotdan yuz oʻgirib ketishingiz kerak. Chunki aniq sizni aldashmoqda”,  - deya xulosa qildi Bogdanov.

Asosiy mavzular