03:15 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
195211

Rossiya nimababdan "Kant"dagi KXSHT aviabazasini dronlar va havodan mudofaa tizimlari bilan mustahkamlayotganini harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko tushuntirib berdi.

Yaqin kelajakda Rossiyaning birlashgan «Kant» harbiy bazasi tarkibiga uchuvchisiz uchish apparatlari (BPLA) kiritiladi. Keyingi qadam havo hujumidan mudofaa tizimlarini joylashtirish boʻladi. Bu haqda Mudofaa vazirining oʻrinbosari Nikolay Pankov Davlat Dumasida Qirgʻizistonda joylashgan Rossiya qoʻshma harbiy bazasining holati va shartlari toʻgʻrisidagi protokolga izoh berarkan.

Izlanish va zarba berish dronlardan jangovar foydalanish uchun texnologiyalar, strategiyalar va taktikalarning jadal rivojlanishi butun dunyo boʻylab tendentsiya boʻlib, havo mudofaasini kuchaytirish zarurligini taqozo etadi (hatto potentsial dushman juda katta masofada boʻlsa ham). «Kant» aviabazasi maydonining 60 gektarga koʻpayishi, shuningdek, jangovar qobiliyatlarning kengayishi va xavfsizlik tizimini rivojlanishi bilan bogʻliq. Avvalroq, "Forpost", "Orlan" va "Taxion" rusumli dronlar Rossiya Federatsiyasi va Qirgʻiziston Respublikasi qoʻshma guruhining antiterror mashqlarida ishlatilgan edi.

Strategik ahamiyatga ega

Muammoli Afgʻoniston chegarasidan 600 kilometr masofada joylashgan «Kant» aviabazasi Moskva va Bishkek oʻrtasidagi mudofaa sohasidagi uzoq muddatli hamkorlikning asosi hisoblanadi (ijara muddati - 2058 yilgacha), Rossiya, Qirgʻiziston va Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa davlatlarining iqtisodiy va harbiy xavfsizligini taʼminlaydi. Ahamiyati boʻyicha taqqoslasa boʻladigan xavo hujumiga qarshi mudofaa obʼyekt tizimlari mavjud boʻlgan  Rossiyaning bazalari faqatgina Armaniston va Tojikistonda oldinroq keltirilgani uchun mavjud.

Yaqin Sharqdagi jangovar tajriba, terroristik guruhlar qoʻlbola ravishda ishlab chiqarilgan kamikadze dronlaridan qanchalik faol foydalanayotganini koʻrsatadi. Qurol ostidagi granata bilan jihozlangan, kichik tezlikda ishlaydigan dronlar havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari uchun eng qiyin nishondir. Biroq, Rossiya statistikasi Suriyadagi Xmeymim aviabazasiga "Pantsir-S1" zenit-raketa va raketa-pushkali tizimlari (ZRPK) yordamida dronlarni zarbasini muvaffaqiyatli qaytarilishi dalolatdir: muammoni hal qilsa boʻladi,  100 dan ortiq xavfli internet-magazinlardan olingan va  oʻzgartirilgan "qoʻlbola buyumlar" yzq qilindi.

Bugungi kunda "Islomiy davlat"* jangarilari Suriyadan Afgʻonistonning shimoliy viloyatlariga ommaviy ravishda oʻtishmoqda. Ertaga nima boʻlishini bashorat qilish qiyin boʻladi, ammo Markaziy Osiyo mamlakatlarida terroristik guruhlarning gipotetik hujumiga, shu jumladan harbiy bazalarga, jumladan «Kant»da uchuvchisiz kamikadze dronlar bilan hujumlarga tayyor turish kerak.

Dushman dronlari ommaviy qirgʻin qurollarini (kimyoviy, biologik) olib yurishga qodir. Rossiya Mudofaa vazirligi xavfli voqealar rivojlanishini oldini olishga harakat qilmoqda. Rossiyaning Qirgʻizistondagi aviabazasining olis chegaralari S-300 zenit-raketa tizimlari bilan qamrab olinishi, yaqin atrofdagi xavfsizlik zonasi qayta-qayta sinovdan oʻtkazilgan "Pantsir-S1" havo mudofaa tizimlari bilan taʼminlanishi ehtimoldan holi emas.

Yaqinda Rossiya havo mudofaasi tizimlari yaqin zonada (5 kilometrgacha) kichik dronlarni yoʻq qilishga moʻljallangan raketani oladi. Taqqoslash uchun: yaqinda AQSH harbiy-havo kuchlari qoʻmondonligi F-16 qiruvchisi tomonidan 300 metr masofadan miniatyur dronni yoʻq qilishda katta yutuq sifatida namoyish etdi.

Kollektiv xavfsizlik

Boshqa tomondan, Suriyadagi rus dronlari oʻzlarini razvedka, yongʻinni toʻgʻrilash va dushman pozitsiyalariga aniq zarba berish vositasi sifatida koʻrsatdi. Operatordan 100 kilometrgacha masofada "Orlan-10" rusumidagi dronlar tez-tez gala tarkibida ishlatilgan: bitta transport vositasi taxminan 1000 metr balandlikda vizual tekshiruv ishlarini olib borgan, ikkinchisi dushman aloqa vositalarini bostirgan, uchinchisi maʼlumotni 5000 metr balandlikdan bazaga yetkazgan, hujum droni hujum paytida havo bombalari yoki boshqariladigan raketalar yordamida obʼyektlarni yoʻq qildi. Videokameralar nishonni yoʻq qilishni qayd etdi. "Orlan"ning eng zamonaviy modifikatsiyasi nafaqat vizual tekshirishga imkon beradi (bortda - yuqori aniqlikdagi 12 ta kameralar), shuningdek, uyali telefonlar va radio qurilmalar nurlanishidan nishonlarni aniq koordinatlarini aniqlashga imkon beradi (radiotexnik razvedka).

Dronlar jang maydonida va dushman chizigʻi ortida tobora muhim rol oʻynayapti. Bugungi kunda Rossiya Federatsiyasi yangi razvedka-zarba dronlarini ishlab chiqmoqda (20 tonnalik "Oxotnik" sinovdan oʻtkazilmoqda) va tegishli protokolning ratifikatsiya qilinishi Rossiya dronlarining Qirgʻiziston havo hududida ishlatilishiga oid qonunchilikdagi ziddiyatlarni bartaraf etadi. Va bu havo boʻshligʻi xavfsizroq boʻladi.

Avvalroq Tojikistondagi Rossiya harbiy bazada tashkil etilgan uchuvchisiz aviatsiya bataloni kichik va qisqa masofali (30 kmgacha) mudofaa rotalarini oʻz ichiga oladi, ular "Leyer-3" (radio-elektron kurash), "Granat", "Eleron", "Taxion" va "Forpost-M" uzoq masofaga (250 kilometrgacha) moʻljallangan vositalari otryadlari bilan qurollangan. Qirgʻizistondagi «Kant» birlashgan aviabazasidagi BPLA guruhi xuddi shunday tuzilishga ega boʻlishi mumkin. Bugungi kunda bu yerda Su-25SM hujum samolyotlari va Mi-8MTV vertolyotlari joylashgan.

Shuni taʼkidlash kerakki, kollektiv (mintaqaviy) xavfsizlik individual uchuvchisiz guruhlarini va obʼyekt havoga hujumiga qarshi mudofaasini rivojlantirish bilan cheklanmaydi. Bugungi kunda MDHning birlashgan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining kuchlari va vositalari tarkibida 20 ga yaqin aviatsiya qismlari, 50 ta zenit-raketa va radiotexnika qoʻshinlari va 10 ta havo mudofaasi brigadasi mavjud. Ushbu global tizimni shakllantirish va takomillashtirish davom etmoqda, 2025 yilgacha harbiy hamkorlikning kontseptual asoslari kelishilgan.

* Qirgʻiziston, Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Asosiy mavzular