22:20 31 Mart 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
248650

Mudofaa va xavfsizlik sohasida respublikaning mustahkam pozitsiyalari asosan Rossiya Federatsiyasi va MDHning boshqa mamlakatlari bilan harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik tufayli yaratildi.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi Islom Karimov xalqaro aeroportidagi turargohda Rossiya tomonidan ishlab chiqarilgan soʻnggi Mi-35M vertolyotlarini namoyish etdi. Ikki yil ichida Moskva Toshkentga 12 ta shunday mashinani yetkazib beradi (2017 yilda Oʻzbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti hisobiga) - bu jang maydonida juda jiddiy kuch. Eslatib oʻtaman, oʻtgan yili milliy armiya Rossiyaning "Tayfun" va "Tigr" zirhli avtomobillarini ham qabul qildi. Va yaqin orada yuqori manevrli Su-30SM qiruvchi samolyotlari, BTR-82A bronetransportyorlarini va zamonaviy radar tizimlarini oladi.

Oʻzbekistonning harbiy qurilish sohasidagi tajribasi diqqatga sazovordir. Qisqa vaqt ichida Toshkent 50 ming kishilik harakatchan va samarali armiya tashkil qildi. Tarkibiy modernizatsiya qilish, qoʻshinlarni eng yangi qurol va texnika namunalari bilan qayta jihozlash oʻz mablagʻlari va ittifoqchilar - Rossiya va MDHning boshqa davlatlari yordami bilan davom etmoqda.

Milliy mudofaa xususiyatlari

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev armiya zamonaviy chaqiriq  va tahdidlarga toʻla javob bera olmasligi aniq boʻlgach, 2017 yilda harbiy islohotlar haqida eʼlon qilgandi. Loyihaning ustuvor yoʻnalishlari - shaxsiy tarkib, moliyalashtirish, qoʻshinlarni tarkibiy takomillashtirish va qayta qurollantirish.

Modernizatsiya, avvalambor, yuqori va oʻrta qoʻmondonlik tarkibiga taʼsir qildi (Bosh shtab boshligʻi va okrug qoʻshinlarining barcha qoʻmondonlari almashtirildi). Oliy harbiy taʼlim tizimida katta oʻzgarishlar roʻy berdi. Armiya zamonaviy texnik standartlarga ega boʻldi. Harbiy byudjet YAIMning 4 foiziga yetdi (taxminan 1,4 milliard dollar). Bugungi kunga kelib harbiy xizmatni oʻtash tartibi, harbiy xizmatchilar va ularning oilalari ijtimoiy va tibbiy qoʻllab-quvvatlash tizimiga oʻzgartirishlar kiritildi.

Yangilangan Oʻzbekiston mudofaa doktrinasida (2018) armiyani modernizatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari tizimlashtirildi: qurolli kuchlarning hududiy tashkil etilishini isloh qilish, keng koʻlamli qurollanish dasturi va oʻz harbiy-sanoat kompleksini yaratish. Ushbu doktrina mudofaa xususiyatiga ega boʻlib, mamlakatning harbiy-siyosiy ittifoqlarda qatnashish va Oʻzbekiston hududida xorijiy harbiy bazalarining joylashtirishni istisno qiladi. Shu bilan birga, boshqa davlatlar bilan samarali mudofaa munosabatlari boʻyicha hamkorlik kursi eʼlon qilinadi.

Urish ketayotgan qoʻshni Afgʻoniston Oʻzbekiston va butun Markaziy Osiyoga jiddiy tahdid solmoqda. Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev rasmiy Kobul va "Tolibon"* harakati oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar oʻtkazish uchun platformani taqdim etishga tayyorligini maʼlum qilgan edi. Ushbu tashabbus Rossiya, Yevropa Ittifoqi, AQSH va boshqa davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Qurollarni modernizatsiya qilish

Global Firepower harbiy reytingiga koʻra, Oʻzbekiston Qurolli kuchlari 420 dona tank, 1215 dona zirhli mashina, 137 dona oʻziyurar artilleriya uskunalari va 98 dona koʻp zarbali reaktiv tizimlariga ega. 90 dan ortiq xujum samolyot va vertolyotlari (jami - 185) havo kuchlarining asosini tashkil etadi.

Armiya tizimini isloh qilish jarayonida Oʻzbekiston dunyoning koʻplab mamlakatlari bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirmoqda. Soʻnggi yillarda Toshkent Bolgariyadan granatomyotlarning katta partiyasini, Ispaniyadan 4 dona S-295W transport samolyotlarini, Frantsiyadan 14 dona harbiy transport vertolyotlarini, Xitoydan Yilong uchuvchisiz uchar vositalarini va FD‑2000 zenit-raketa tizimlarini (C-300 havo mudofaa tizimini modifikatsiyasi), AQShdan RQ‑11B Raven yengil dronlari partiyasini sotib oldi.

Shunga qaramay, Rossiya Oʻzbekistonga barcha mudofaa mahsulotlarini ichki Rossiya narxlarida (MDHda yagona davlat – ODKBdan tashqarida boʻlgan) sotadigan eng katta qurol va harbiy texnika yetkazib beruvchisidir. Rossiya-Oʻzbekiston harbiy va harbiy-texnik hamkorligi yildan-yilga kengayib bormoqda. Toshkent zarba samolyotlari va havodan mudofaa tizimlarini afzal koʻrmoqda. Yuqorida aytib oʻtilgandan tashqari,  Mi-35M va Su-30SM bilan bir qatorda, Oʻzbekiston kelajakda Rossiyaning Yak-130 rusumidagi jangovar oʻquv-mashgʻulot samolyotiga sotib olishi mumkin, ular biroz takomillashtirilsa zarba berish imkoniyatlariga ega boʻlishi mumkin.

2017 yil kuzida "Forish" oʻquv poligonida oʻn ikki yillik tanaffusdan soʻng Rossiya va Oʻzbekiston qurolli kuchlarining qoʻshma mashqlari boʻlib oʻtdi. Bunday hamkorlik KXSHT (ODKB) mamlakatlari bilan yaqinlashishga olib keladi. "Markaz-2019" Rossiya strategik mashqlarida Oʻzbekiston harbiylari ham ishtirok etishdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilgan harbiy islohot asta-sekin butun Oʻzbekistonni modernizatsiya qilishga aylanmoqda va Markaziy Osiyoda mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash orqali geosiyosatga yoʻnaltirilmoqda.

* Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Asosiy mavzular