Ekspert Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi yuzasidan fikr bildirdi

© youtube/REGNUMStanislav Tarasov
Stanislav Tarasov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Siyosatshunos, Yaqin Sharq va Kavkaz mamlakatlari masalalari bo‘yicha ekspert Stanislav Tarasovning fikriga ko‘ra, Turkiya hozir yangi bozorlarni qidirishga urinmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Anqara shahrida oliy darajadagi muzokaralar hamda O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari hamraisligida ikki tomonlama Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda hamkorlikning holati va istiqbollari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha fikr almashiladi.

Shavkat Mirziyoyev uletel v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Anqaraga jo‘nab ketdi

Siyosatshunos, Yaqin Sharq va Kavkaz mamlakatlari masalalari bo‘yicha ekspert Stanislav Tarasov ushbu tashrif yuzasidan mulohazalarini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya hozir yangi bozorlarni qidirishga urinmoqda, chunki uning G‘arb bilan munosabati yaxshi emas, jumladan, mamlakatning o‘zi sanksiya rejimlari bosimi ostida.

“Turk davlatlari, Anqaraning o‘zi bilan munosabatlar konyuntura xususiyatiga ega, chunki Anqara turk dunyosi yetakchisi bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Hozir u oddiy bo‘lmagan vaziyatda. Agar ilgari uning yetakchiligi so‘zsiz ko‘rilgan bo‘lsa, endi esa Tursiyani Yevropaga olishmayapti. Shuningdek, uning moliyaviy imkoniyatlari yo‘q. Tabiiyki, turk dunyosida yetakchilik uchun kurash olib borilmoqda”, - dedi Tarasov Sputnik radiosi efirida.

Quyidagi podkastda siyosatshunosning to‘liq fikrini rus tilida tinglashingiz mumkin.

Shavkat Mirziyoyev posetit Tursiyu
Yangiliklar lentasi
0