08:40 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
278 0 0

Minsk shartnomasining 5 yilligi: Ukraina - Napoleon rejalarini tuzmoqda, Gʻarb yoʻl boshlagan boshi berk koʻchadan qanday chiqishni tushunmaydi, Rossiya esa - vaziyatni xotirjam kuzatmoqda.

Soʻnggi besh yil davomida oʻrnatilgan anʼanalarga muvofiq barcha tomonlar Minsk kelishuvlarining "Yarim yubiley"ini nishonladilar. Ukraina Napoleon rejalariga toʻla. Gʻarb oʻziga oʻzi uyushtirgan boshi berk koʻchadan qanday chiqish kerakligini tushunmay, oʻzini u yoqdan bu yoqqa urmoqda. Rossiya xotirjamlikni saqlamoqda, ammo buning ortida"biz ogohlantirgan edik" degan zaharli ishoralar oshkora oʻqilmoqda.

Hohish boʻlsa, Moskvaning soʻnggi qadamlarida, odatdagidek, Kiyevning aybi bilan erishilgan kelishuvlar hali ham bajarilmaganligini koʻrsatib, pozitsiyani biroz kuchaytirishni koʻrish mumkin. Kecha Rossiyaning iltimosiga binoan ushbu muammo boʻyicha BMT Xavfsizlik Kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Biroq, Vladimir Zelenskiy bilan yaqinda boʻlib oʻtgan telefon suhbatida Vladimir Putinning Ukraina oʻz majburiyatlarini bajarish niyati bormi oʻzi deb toʻgʻridan-toʻgʻri bergan savoli ekanligidan buning yorqin dalilidir.

Xuddi shu muvaffaqiyat bilan, hamma narsa Kiyevning "Normand formati" borasida navbatdagi shov-shuvini moʻʼtadillashtirish boʻyicha Moskvaning istagi bilan izohlanishi mumkin. Soʻnggi kunlarda u yerda: a) kuchlarni ajratishning yangi talqini, b) chegarani nazorat qilishni qayta tiklash uchun ishchi guruhini yaratish zaruriyati va v) Donbassda Ukraina-Rossiya qoʻshma patrulini tashkil etish gʻoyasi eʼlon qilindi.

Shu bilan birga, Ukrainaning barcha tashabbuslari aprel oyida boʻlib oʻtadigan "Normand Toʻrtligi" ning yigʻilishida goʻyoki hal qilib boʻlingandek ish tutilmoqda. Shu munosabat bilan, Kreml bu sammit uchun dekabr oyida Parijda qabul qilingan qarorlar amalga oshirilgandan keyingina maʼno borligiga toʻgʻridan-toʻgʻri ishora qilib alohida "qoʻllarni kaltaklash" ga majbur boʻldi, chunki bunda taraqqiyot aniq kuzatilmayapti.

Kiyevga katta siyosatga yaqinlik hissi va dunyodagi eng nufuzli kuchlarga yaqin boʻlish imkoniyati xuzur bagʻishlaydi. Uning vakillari tobora namoyishkorona iltifotsizlikni koʻrsatayotgani hech kimni bezovta qilmaydi. Masalan, shunday xolat Myunxen konferentsiyasi tashkilotchilari amaldagi davlat rahbari nutq soʻzlagan zalga kirishga ruxsat bermagan Ukrainaning sobiq prezidenti Petr Poroshenko bilan roʻy berdi.

Shu bilan birga, Kiyev vaziyatni oʻz foydasiga qaytarish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanishga harakat qilmoqda. Qogʻozda qayd qilingan Minsk kelishuvlari mavjud, ularni Ukraina rasmiylari bajarishni istamaydilar (va baʼzida, sharoitlarga qaraganda, ularni bajarishni ilojisi yoʻq). Natijada, besh yil davomida ular kelishilgan moddalarni almashtirish yoki ularni toʻldirib, oʻzlarining pozitsiyalarini yanada foydali qilish uchun turli tashabbuslarni bildirishmoqda.

Shu bilan birga, Kiyev firibgarligi barcha manfaatdor tomonlar uchun juda oddiy va ravshan – Nigeriyadan kelgan "baxt maktublari" darajasida va yoki shunga oʻxshash vokzaloldi firibgarlar kabi, bunday harakatlardan keyin boshqacha aldovga murojaat qilish noqulay tuyuladi. Ammo bu xolatda ham Ukraina rahbariyatini hech narsa bezovta qilmaydi.

Gʻarb hozirgi vaziyatdan juda gangaragan va Myunxen xavfsizlik konferentsiyasida "Donbasda tinchlikka 12 qadam" maʼruzasi atrofidagi janjal buning yana bir tasdigʻidir.

Bu, umuman olganda, mazmun jihatidan zararsiz xujjatni ellikga yaqin ekspertlar imzoladilar - ular orasida taniqli va yuqori martabali amaldorlar, diplomatlar va harbiylar, shu jumladan konferentsiya raisi Volfgang Ishinger ham bor.

Biroq, hisobot Ukraina, Amerika Qoʻshma Shtatlari (Atlantic Council nufuzli tahlil markazi alohida ajralib turdi) va Donbass respublikalari vakillari tomonidan qattiq tanqid qilindi. Kimdir unda "Kreml qoʻli"ni payqadi, boshqalar uchun bu soʻnggi yillarda minglab tonna yozilgan safsata yozilgan qogʻozcha edi. Natijada, hujjat avval konferentsiya saytidan oʻchirildi, bir necha kundan keyin esa qaytib joylandi. Bu (Myunxen konferentsiyasi kabi salobatli forum uchun unchalik mos boʻlmagan) bezovtalikda, Gʻarb oʻz qoʻllari bilan uyushtirgan Ukraina muammosining umidsizligi aks ettiriladi va u haqiqatan ham umidsiz.

Vaqti-vaqti bilan dunyoning turli burchaklarida, yana birozdan soʻng -  Rossiya, Yevropa yoki AQSH (yoki barchasi birgalikda)larning sabri tugab, Ukrainaga qarshi keskin choralar koʻrishlari mumkin va shu orqali joriy "Gordiyev tuguni"ni chopib tashlashi mumkin degan fikrlar juda yuqori ekspert darajasida bildirilmoqda.

Tegishli prognozlar juda shubhali koʻrinadi, chunki bunday choralar asosiysini - Ukrainani oʻz balansiga olishni talab qiladi. Bunga na xoxlovchilar va na tayyorlar yoʻq. Gʻarb Rossiyaga ogʻir yukni oʻz zimmasiga oldirish uchun bir necha yil sarfladi, ammo bir oz oldin u oʻz harakatlarining behuda ekanligini anglab yetdi. Gʻarbni yukni oʻz zimmasiga olishini kutish yanada soddalikdir.

Shu sababli, boshi berk koʻchadan muammosiz chiqishning iloji yoʻqligi sababli, endilikda muhim vazifa - bu yerda qolishni imkon qadar qulay sharoitga kelitirsh. Birinchidan, Kiyevning ovozini pasaytirish bilan bogʻliq, aks holda bu quruq shov-shuvlar orqali unga bonuslar va zavqni taʼminlaydi, ammo uning atrofidagilar uchun - bu bosh ogʻrigʻi va vaqtni behuda sarflashni taʼminlaydi.

Koʻrinishidan, bu masalada Gʻarbning nuqtai nazari Rossiya nuqtai nazariga toʻliq mos keladi.

Asosiy mavzular