Siyosatshunos: Erdog‘anning Idlibdagi amaliyot haqidagi so‘zlariga jiddiy qarash kerak

© AP PhotoTanki tureskoy armii v provinsii Idlib
Tanki tureskoy armii v provinsii Idlib - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Anqara Suriyaning Idlib shahrida harbiy amaliyot boshlashga tayyorligini ma’lum qildi. Siyosatshunos Kamran Gasanov vaziyat qanday rivojlanishi mumkinligi borasida mulohaza yuritdi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Anqara Suriyaning Idlib shahrida harbiy operatsiya boshlashga tayyorligini bildirdi.

“Agar biz muzokaralar olib borayotgan davlatlar Idlibda qilinishi kerak bo‘lgan narsani qilmasa, biz buni o‘zimiz bajaramiz. Hozircha bizni qoniqtiradigan muzokaralar natijasini olmadik. Biz Idlibda o‘z amaliyotimizga to‘liq tayyormiz, gap faqat vaqt masalasida, buni har qanday vaqtda boshlashimiz mumkin, bu biz uchun hayotiy zarur amaliyotdir”, - deya Erdog‘an so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Situatsiya v naselennom punkte ad-Deyr ash-Sharkiy v Sirii - Sputnik O‘zbekiston
Suriya aholisi amerika askarlarini toshbo‘ron qildi - video

O‘z navbatida, Kreml vakili Dmitriy Peskov vaziyatni sharhlar ekan, Moskva Idlibdagi keskinlik avj olishini to‘xtatish uchun Anqara bilan aloqalarni davom ettirishini ta’kidladi.

“Sochida bir yildan ko‘proq vaqt oldin erishilgan kelishuvlardan mamnun edik va bu o‘zaro mamnuniyat edi va biz jangarilar va terroristik guruhlarning Suriya qurolli kuchlari va Rossiya harbiy kuchlariga qarshi hujumlari Idlib hududidan boshlanganidan keyin biz mutlaqo qoniqishni to‘xtatdik. Bizning qoniqishimiz shu bilan tugadi", - dedi Rossiya prezident matbuot kotibi.

U Turkiya yetakchisi Tayyip Erdog‘an Suriyada Suriya armiyasiga qarshi harbiy amaliyotni boshlasa, buni eng yomon ssenariy deb atadi.

Peskov Rossiyaning ushbu vaziyatda qanday munosabat bildirishi haqidagi savolga javob berdi.

“Agar gap Idlibdagi terroristik guruhlarga qarshi amaliyot haqida ketadigan bo‘lsa, unda bu Sochi kelishuviga muvofiq harakatlardir, chunki hozirda qurol, texnika va o‘q-dorilarning yetarlicha kuchli infratuzilmasiga ega bo‘lgan ushbu terroristik guruhlarni zararsizlantirish Turkiya tomonining majburiyatidir”, - deya tushuntirdi Rossiya yetakchisining matbuot kotibi.

“Agar gap Suriya respublikasining qonuniy hokimiyatiga, Suriya Arab Respublikasi qurolli kuchlariga qarshi operatsiyalar haqida ketsa, unda bu eng yomon ssenariy”, - deya qo‘shimcha qildi Peskov.

Sputnik radiosi efirida siyosatshunos, RUDN universiteti katta o‘qituvchisi Kamran Gasanov vaziyat yuzasidan fikr bildirdi.

“Menimcha, Erdo‘g‘onning bayonoti jiddiy qabul qilinishi kerak, chunki Turkiya orqasida uchta harbiy amaliyot. Ular Yevfrat-ortini kurdlardan tozalashmoqchi bo‘lganlarida, ular uzoq vaqt tahdid qilishgan, bir yil o‘tdi va shunga qaramay ular bu amaliyotni amalga oshirishdi. Idlibdagi vaziyat bu vaziyatdan tubdan farq qilmaydi, chunki u yerda ham, bu yerda ham Turkiya havo hududini boshqaruvchi yadro kuchiga ega ulkan davlat bilan ish olib bormoqda. Ogohlantirish zarbalari Erdo‘g‘onda Suriya armiyasini demilitarizatsiyalashgan hududdan siqib chiqarish hohshini sustlashtirishi mumkin”, - deb hisoblaydi Kamron Gasanov.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘onning jizzakiligi - Rossiyaga foydali

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Turkiya Idlib bo‘yicha bir qator muhim majburiyatlarni bajarmaganligini aytib o‘tdi. O‘z navbatida, Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oqtay bunga qarshi fikr bildirdi.

Rossiya, Eron va Turkiya vakillari tomonidan Ostona (hozirgi Nur-Sulton) muzokaralarida 2017-yil may oyida erishilgan kelishuvga muvofiq Suriyada to‘rtta deeskalatsiya hududi tashkil etildi. Ulardan uchtasining hududi 2018-yilda Damashq nazoratiga o‘tdi. Idlib viloyatida va qo‘shni Latakiya, Xama va Halab viloyatlarining bir qismida joylashgan to‘rtinchi zona hanuzgacha respublika hukumatiga bo‘ysunmagan. Shu bilan birga, uning katta qismi “Jibhat an-Nusra”* guruhining terrorchilari tomonidan qo‘lga olingan. 2018-yil sentabr oyida Rossiya va Turkiya Sochida o‘ndan ortiq turli xil bo‘linmalar mavjud bo‘lgan Idlibda qurolsizlantirilgan zonani yaratish to‘g‘risida kelishib oldilar.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Yangiliklar lentasi
0