Lenin nemis shpioni bo‘lganmi yoki o‘zini shunday ko‘rsatganmi?

© Sputnik / Aleksandr LeviskiyVladimir Lenin
Vladimir Lenin - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Josus-Lenin haqida ilk marotaba 1917-yil, ikkinchi marta 1918-yilda gapira boshlaydilar. Avval rus kontrrazvedkasining zobiti unga qarshi ko‘rsatma bergan bo‘lsa, so‘ng Leninning nemislar bilan aloqalari haqida AQShdan olib chiqib ketilgan hujjatlardan xabar topishadi.

Olga Bugrova, Sputnik radiosi sharhlovchisi

Karpov familiyali noma’lum shaxs urushga da’vat qiluvchi maqola yozgan va u 1918-yilning 21-fevralida "Pravda" gazetasida bosilgan. Urushga "inqilobiy" deb nom berilgan bo‘lib, "Karpov" esa Lenin ekanligi ma’lum bo‘ladi. Lenin hozirgacha kimlar uchundir - bolsheviklarni yenga olgan yetakchi bo‘lsa, yana kimlardir uni - Rossiyada o‘rnashib olgan nemis josusi hisoblab keladi.

Mavzoley V. I. Lenina - Sputnik O‘zbekiston
Lenin jasadi mavzoleydan olib chiqiladimi? – Putin javobi

Josus-Lenin haqida ilk marotaba 1917-yilning bahorida, ikkinchi marta 1918-yilning bahorida gapira boshlaydilar. Avval rus kontrrazvedkasining zobiti unga qarshi ko‘rsatma bergan bo‘lsa, so‘ng Leninning nemislar bilan aloqalari haqida AQShdan olib chiqib ketilgan hujjatlardan xabar topishadi.

Tutqich bermas Jo

Birinchi ish muvaqqat hukumat tomonidan qo‘zg‘atilgan. Guvoh sifatida praporshik Yermolenko qatnashgan. U Birinchi jahon urushi boshida nemislarga asir tushgan va ular tomonidan yollangan, 1917-yilning bahorida esa buzg‘unchi g‘oyalar bilan Rossiyaga qaytarib yuborilgan. Hibsga olinib, so‘roq qilingan Yermolenko o‘zidan tashqari Lenin ham nemislar tomonidan yollanganini gapirib beradi.

Bolsheviklarga qarshi siyosiy jarayon o‘tkazilmaydi – chunki ular o‘sha yilning o‘zidayoq hukumatni qo‘lga olgan edi.

Lenin haykali - Sputnik O‘zbekiston
Nyu-Yorkdagi bino tomidan 20-yildan buyon turgan Lenin haykali olib tashlandi

1918 yilning bahorida amerikalik Sisson qo‘liga tushgan hujjatlarda 1917-yilning 2-martida nemis banki rus bolsheviklari uchun ulkan kredit liniyasini ochgani haqida aytilgan bo‘lsada, ikkinchi ishni qo‘zg‘atishga hatto harakat qilishmaydi. Aniqlanishicha, ushbu "axborot bombasi"ni piterlik jurnalist shunchaki osmondan olgan va chet ellikka 25 000 dollarga sotgan. 1918-yilning mart oyidagi och Petrograd uchun bu yaxshigina mablag‘ edi.

Hammaga berishgan va hamma olgan

Leninning josus deb gumonlanishini ikkita sababi bor edi. Birinchisi – Lenin 1917-yil aprel oyida Rossiya unga qarshi urush olib borayotgan Germaniya orqali Shveysariyadan o‘z uyiga kirib kelgan. Undan tashqari, Lenin bir o‘zi emas, inqilobchilarning kattagina guruhini o‘zi bilan olib kelgandi. Voqealar guvohi bo‘lgan nemis generali Erix Lyudendorf shunday yozgan: "Leninning Germaniya orqali harakatlanishi o‘zini oqlaydi: Rossiya jarlikka qulashi kerak edi. Nemislar odamlarni emas, mamlakatni ichidan bo‘laklab yuboradigan "zaradni" o‘tkazar edi. Bo‘laklangan mamlakatni esa mag‘lub qilish muammo tug‘dirmasdi".

Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov Lenin jasadini ko‘mishni taklif qildi

Lenin nemislar bilan o‘ralashib yurgan, degan taxminlarning ikkinchi sababi - pul edi. Pullar bolsheviklarda haqiqatdan bo‘lgan. MPDU professori German Artamonov ularning kelib chiqish manbasini quyidagicha tushuntiradi:

"Germaniya Rossiyaning mustabid hokimiyatga qarshi kurash olib borgan barcha siyosiy partiyalarini moliyalashtirgan, aslida esa ular bosh qo‘mondonga qarshi kurashardilar. Germaniya monarxi - kayzer Vilgelm II memuarlarida qaysi partiyalar qancha pul olishgani haqida aytilgan. Ularning hammasi pul olgan, hatto, bolsheviklar boshqalarga qaraganda ancha kam olishgan - chunki ular jiddiy kuch sifatida qabul qilinmagan – aslida ularning hammasiga mablag‘ o‘z hukumatiga qarshi urush uchun berilgan.

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishMavzoley V.I. Lenina na Krasnoy ploshadi v Moskve
Lenin nemis shpioni bo‘lganmi yoki o‘zini shunday ko‘rsatganmi? - Sputnik O‘zbekiston
Mavzoley V.I. Lenina na Krasnoy ploshadi v Moskve

Agar nemislar Leninga ishongan taqdirda ham, u o‘zini "josuslarga xos bo‘lmagan" tarzda tutdi. Germaniya bilan Brest sulxini imzolagan va uni bajarishdan bosh tortgan. Xuddi o‘sha 1918-yilda Germaniyada inqilob ro‘y berib, u respublikaga aylangach, Lenin u Zinovyev bilan nemis tilida allaqanday broshurkani yozib, uni nemis sotsialistlari orasida tarqatishgani haqida maqtangan edi!..

Yangiliklar lentasi
0