05:57 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Analitika
Havola olish
496 0 0

Rossiyalik ekspert fikriga koʻra, turk biznesining loyihalari koʻpi bilan oʻnlab million dollar qiymatida boʻlishi mumkin.

TOSHKENT, 26 fev - Sputnik. MDH mamlakatlari instituti Markaziy Osiyo boʻlimi boshligʻi Andrey Grozin Turkiyaning Markaziy Osiyodagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

Sputnik Oʻzbekiston radiosiga bergan intervyusida u Markaziy Osiyodagi turk biznesi uzoq vaqtdan beri oʻzining afzalliklarini namoyish etib kelganini taʼkidladi.

"Turkiya iqtisodiyoti juda kuchli sohalarga ega: bu qurilish sohasiga, transport loyihalari bilan bogʻlik baʼzi servis loyihalariga taalluqlidir. Ular oʻziga yarasha qiziq va ular gumanitar sheriklik bilan bogʻliq boʻlgan tor yoʻnaltirilgan loyihalarni yahshi amalga oshirmoqdalar. Ammo mintaqadagi barcha mutaxassislar turk biznesi va kompaniyalarining zaifliklarini ham yahshi bilishadi”, - dedi Grozin.

Uning soʻzlariga koʻra, turk biznesining loyihalari eng koʻpi bilan oʻnlab million dollarlik boʻlishi mumkin.

"Turkiya Markaziy Osiyo bilan tovar ayirboshlash hajmini oshirishi mumkin, ammo umuman olganda sheriklik koʻplab tashqi omillarga, shuningdek mintaqadagi mamlakatlarning siyosiy va iqtisodiy holatiga bogʻliq. Shu bilan birga, Turkiya mintaqada milliardlab dollarlik yirik loyihalarni sheriklarni jalb qilmasdan amalga oshira olmaydi", - dedi mutaxassis.

Ekspertning toʻliq sharhini audio versiyasida tinglang.

Andrey Grozin o turetskom biznese v TSA

Asosiy mavzular