Inson emas, virus ta’qib qilinsin: OIVni yuqtirgan ayollar qanday qilib baxtga erishmoqda

© Foto : Organizatori aksii "jivaya biblioteka"V teatre "Ilxom" v Tashkente sostoyalas "jivaya biblioteka", kotoroy otmetili Den borbi s diskriminatsiyey
V teatre Ilxom v Tashkente sostoyalas jivaya biblioteka, kotoroy otmetili Den borbi s diskriminatsiyey - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilhom teatrida "Diskriminatsiyaga qarshi kurash kuni"ga bag‘ishlangan "jonli kutubxona" aksiyasi o‘tkazildi. E’tibor markazida - OIV tashxisi bilan hayot kechirayotgan insonlar emas, balki diskriminatsiyaga duch kelayotgan yosh xotin-qizlar bo‘ldi.

TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Bahorning ilk kunida YuNEYDS tashabbusi bilan dunyoning ko‘plab davlatlarida diskriminatsiyaga qarshi kurashish kuni nishonlanadi. Ushbu kunda OIV bilan yashaydigan insonlar muammosiga e’tibor qaratiladi va ularga nisbatan mavjud stereotiplarni yengishga hamda stigma (negativ tasavvur) va diskriminatsiya bo‘lmasligiga yordam beriladi.

Zabor krovi dlya issledovaniya na naliche infeksiy - Sputnik O‘zbekiston
SPID mehnat muhojirlari o‘rtasida ko‘proq aniqlanmoqda - Sadinov

Kitob - odamlar

Ushbu uchrashuv "jonli kutubxona" ko‘rinishidagi noodatiy formatda o‘tkazildi. OIVga chalingan odamlar jonli kitob rolida chiqish qilib, yuzlarini yashirmagan holatda o‘zlari to‘g‘risida barcha xohlovchilarga ochiq so‘zladilar. "O‘quvchilarni" asosan ishtirokchilar o‘z maqomi haqida qachon va qay tarzda bilishgani, ularning oilasi, do‘stlari bunga qanday munosabat bildirishgani va shundan so‘ng ularning hayoti qay tarzda o‘zgarganligiga qiziqish bildirdilar.

Bunga ishonish qiyin, ammo OIVni yuqtirganlar hayoti oddiy odamlar hayotidan ko‘pam farq qilmaydi. Shunday maqomdagi inson o‘z hayoti mobaynida har kuni antiretrovirus terapiya (ARVT) olishga majbur. Bori shu. Ammo boshqa tomoni ham bor, misol uchun, tibbiy muassasaga murojaat qilishga zarurat tug‘ilsa. Chunki bunday tashxis qo‘yilgan bemorga nisbatan diskriminatsiya aynan shu yerda butun borligicha namoyon bo‘ladi. Va bu holat ko‘pincha ularni majburiy ijtimoiy izolyatsiyaga olib keladi.

© Foto : Organizatori aksii "jivaya biblioteka"V teatre "Ilxom" v Tashkente sostoyalas "jivaya biblioteka", kotoroy otmetili Den borbi s diskriminatsiyey
Inson emas, virus ta’qib qilinsin: OIVni yuqtirgan ayollar qanday qilib baxtga erishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
V teatre "Ilxom" v Tashkente sostoyalas "jivaya biblioteka", kotoroy otmetili Den borbi s diskriminatsiyey

Nol diskriminatsiya

BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer uchrashuvni ochib berdi.

"2020 yilda "Nol diskriminatsiya" kampaniyasi xotin-qizlar tengligi va ularning huquqlarini kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan. Global ko‘lamdagi notenglik, zo‘ravonlik, qashshoqlik va himoyalanmaganlik ayol va qizlar orasida OIV yuqtirilishi xatarlarini yanada murakkablashtiradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, har hafta butun dunyoda 15 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan 6 mingga yaqin yosh ayollar OIVni yuqtiradi, bu har kuni 860 kishi demakdir", - dedi Freyzer.

Xelena Freyzer fikricha, SPID epidemiyasini faqatgina OIV atrofidagi afsonalar va stereotiplarni barbod qilish, test va davolash, shuningdek, ushbu muammoga duchor bo‘lgan kishilarga nisbatan munosabatni o‘zgartirish orqali to‘xtatish mumkin.

Virusni ta’qib qilish

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda OIVga chalingan 41 mingdan ziyod kishi yashaydi. Ularning 57%ini erkaklar va 43%ini ayollar tashkil etadi. Bu faqatgina oshkor holatlar. Ushbu raqamlar - aksiya tashabbuskorlaridan biri sifatida so‘zga chiqqan "Ishonch va hayot" OIV infeksiyasini yuqtirgan ayollar dasturi koordinatori Yevgeniya Korotkova tomonidan keltirildi.

© Foto / Organizatori aksii "jivaya biblioteka"Yevgeniya Korotkova
Inson emas, virus ta’qib qilinsin: OIVni yuqtirgan ayollar qanday qilib baxtga erishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Yevgeniya Korotkova

"Ayol va erkaklar yashirinar ekan, diskriminatsiya qiluvchi qonunlar bor ekan, tibbiyot muassasalarida diskriminatsiya bor ekan, epidemiya oshishda davom etadi. Davlat va fuqarolik instituti o‘rtasida koordinatsiya muhim. Biz odamlarni emas, virusni ta’qib qilishga da’vat qilamiz", - deb ta’kidladi Korotkova.

Uchrashuvda tashrif buyurgan "jonli kitob"larning shaxsiy hayotidan voqealar yangradi.

Ona bo‘lish huquqi

Aksiya ishtirokchilaridan biri u qanday qilib farzandli bo‘lish huquqiga erisha olgani to‘g‘risida hikoya qildi.

Ayol birinchi marta 2010-yilda homilador bo‘lgan, u vaqtlarda OIV haqida gapirish mumkin emasdi. Homiladorlik hisobiga olish uchun uni OIVga qon topshirishga majbur etishadi - qon tahlili javob musbat ekanligini ko‘rsatadi. Tibbiy ko‘rsatmalarga ko‘ra, qahramonimiz homiladorlikni to‘xtatishga majbur bo‘ladi.

"Tashxisni qabul qilishdan va bir umrlik ARV-terapiyani boshlashdan avval men olis yo‘lni bosib o‘tdim. Eng qiyini ginekolog bilan uchrashuv edi, har bir ko‘rik vaqtida kelajakda farzandli bo‘la olmasligim uchun sterilizatsiya qo‘llashni qat’iy tavsiya etardi. Lekin bugun O‘zbekistonda OIVni sifatli davolash mumkin, qolaversa, ayol sog‘lom farzandni dunyoga keltira oladi. To‘rt yil oldin men ko‘nglimga yaqin insonni uchratdim va oilamizda sog‘lom qizaloq dunyoga keldi", - deya boshidan kechirganlarini so‘zlab berdi uchrashuv ishtirokchilaridan biri.

Inkordan tushunish sari

Boshqa "jonli kitob" OIVga bo‘lgan ishonchsizligi va kasallikka bo‘lgan bunday munosabat oqibatlari haqida so‘zlab berdi.

Krasnaya lenta - simvol borbi s SPIDom - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda OIV infeksiyasi bilan qancha kishi yashaydi

"Menga tashxis qo‘yilganida, o‘zimni yaxshi his qilar edim. O‘zim yo‘liqqan dardni inkor etib, davolanish mumkinligiga ishonmasdim. Shu tarzda 10-yil yashadim. Bu vaqt davomida esa OIV immunitetimni asta-sekin kemirib borardi. Ammo tashqi jihatdan hammasi yaxshidek, tasavvurimda hammasi chetlab o‘tadigandek edi… Keyin sil dardiga chalindim. Bugun undan forig‘ bo‘lganman, va bugun OIVga chalingan insonlarga maslahatlar berib kelaman. Bu tashxis bilan qanday qilib baxtli hayot kechirish mumkinligi to‘g‘risida hikoya qilaman", - dedi uchrashuvning boshqa qahramoni.

U boshidan kechirganlarini yodga oldi. Masalan, tug‘ruqdan keyin uni izolyatorga joylashgani va u yerga na shifokorlar va na hamshiralar kirmaganliklarini.

"Isnod meni ich-etimni kemirardi. Bugun men baxtliman, qizim 15 yoshda va u mutlaqo sog‘lom", - dedi ayol.

Dard bedavomas

Kutubxona ishtirokchilari orasida O‘zbekistonda birinchi bo‘lib antiretrovirus terapiyasini qabul qilgan ayol ham bor edi.

"Men an’analarimizga ko‘ra turmushga chiqqanman, bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni yaxshi bilmas edim. Tez orada o‘g‘illi bo‘ldik, men erim narkotik iste’mol qilishini hatto sezmaganman. U qattiq betob bo‘lib, ozib ketganida, shifokorlar uning bu holati sababini hatto aniqlay olishmadi. OIVga topshirilgan tahlil musbat chiqdi, o‘g‘lim bilan meniki ham", - deya ega oladi ayol o‘sha mash’um tashxis haqida qachon xabar topganligi haqida eslar ekan.

Tez orada turmush o‘rtog‘i OITSdan vafot etadi, ayol esa o‘z joniga qasd qilish darajasigacha borib yetadi. OITSga qarshi kurash bo‘yicha Respublika markazi shifokorlari ayol hayotini qutqarib qoladilar.

Dobrovolnoe testirovanie na VICh na trex krupnix rinkax stolisi — Oshskom, Orto-Sayskom i Alamedinskom - Sputnik O‘zbekiston
“Men shokda”: Bishkek bozorlarida 4 soat ichida 5 ta OIV virusini yuqtirganlar aniqlandi

"O‘sha yillarda O‘zbekistonda ARV-terapiya hali yo‘q edi. Markaz qoshida "ishonch va hayot" tashkiloti faoliyat yuritardi. Menga virus haqida yosh yigit gapirib berdi va maslahat berdi. Tez orada men unga turmushga chiqdim va insonlarga bu tashxisni qabul qilishda yordamlashuvchi tashkilotning ko‘ngilli ishchisiga aylandim. Biz OIV tashxisi bilan yashovchi Butunukraina tarmog‘i bilan yaqindan hamkorlik qilar edik. Ular bizlarga birinchi dorilarni topshirishdi. Bizning mamlakatimizda hech kim hech qanday kafolat bermas, ammo men ukrainalik shifokorlar tavsiyalari bo‘yicha dorilarni qabul qilardim. Natijada oilamizda mutlaqo sog‘lom qizaloq dunyoga keldi", - deya hikoya qildi ayol.

OIV endi sir va jinoyat emasmi?

"Ne molchi.uz" loyihasi asoschisi Irina Matviyenkoning fikricha, muammolardan biri - shifokor sirining saqlanishida. OIVni yuqtirgan insonlarni tashxisi haqida mahalla qo‘mitalarida xabar topishgach, ko‘pincha bu ma’lumot boshqa joylarga ham tarqalib ketadi.

© Foto / Organizatori aksii "jivaya biblioteka"Irina Matviyenko i Xelena Freyzer
Inson emas, virus ta’qib qilinsin: OIVni yuqtirgan ayollar qanday qilib baxtga erishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Irina Matviyenko i Xelena Freyzer

"Uchastka noziriga OIVga chalingan kishilar haqida ma’lumot kelib tushadi. Bizda barcha tuzilmalar o‘zaro bog‘liq bo‘lgani uchun bu haqda mahalla raisi ham xabar topadi. Boshqacha aytganda, bunda ushbu holat, qonun oldida javob beruvchi shifokorlardan farqli o‘laroq, ichki etika bilan tartibga solinadi", - deydi Matviyenko.

Respublikanskiy sentr po profilaktike i borbe so SPIDom - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari OIV infeksiyasini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

Bunday holatlarda eng qiyini - aybdorlarni javobgarlikka tortish. Jabrlanganlar tashxis siri huquqini talab qilib, prokuraturaga ariza yozadilar, ammo bu singari ishlar jinoyat tarkibi yo‘qligi tufayli yopilib ketadi.

"Meni nazarimda mavjud qonunchilikka mansabdor shaxslarning mas’uliyat qo‘shimcha kiritib vaziyatga sezilarli ta’sir o‘tkazish mumkin. Bunday modda muhim qadam bo‘ladi. Boshqa masala - qonun ijrosi. Agar ko‘pincha modda bo‘yicha jarima belgilangan bo‘lsa, suhbat bilan kifoyalanishadi". - deydi Irina Matviyenko.   

Assalom, jamiyat!

O‘zbekistonda OIV bilan yashovchi insonlar uyushmasi ko‘magida tashkillashtirilgan "Jonli kutubxona" aksiyasi — bu nafaqat musbat OIV-maqomiga ega bo‘lgan insonlar bilan muloqot imkoniyati, balki ular haqda - jamoatchilik, OAV va hatto tibbiyot xodimlari tomonidan tiqishtirilmagan fikrni shakllantirishdir.

© Foto : Organizatori aksii "jivaya biblioteka"V teatre "Ilxom" v Tashkente sostoyalas "jivaya biblioteka", kotoroy otmetili Den borbi s diskriminatsiyey
Inson emas, virus ta’qib qilinsin: OIVni yuqtirgan ayollar qanday qilib baxtga erishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
V teatre "Ilxom" v Tashkente sostoyalas "jivaya biblioteka", kotoroy otmetili Den borbi s diskriminatsiyey

OIV bilan yashovchi insonlar davlatdan antiretrovirus terapiya oladilar, ishlaydilar, sayohatga chiqadilar, oila quradilar va sog‘lom farzandlarni dunyoga keltiradilar. Shu bilan birga ular o‘zlarini jamiyatning to‘laqonli a’zosidek his etmaydilar, chunki jamiyat ularni qabul qilishga hali tayyormas.

Aksiya davomida Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyoning 15ta davlatidan 15 nafar OIV infeksiyasini yuqtirgan ayollarning ochiq yuzlari aks etgan fotoko‘rgazma namoyish etildi. Ularning barchasi - BMT Birlashgan dasturi (YuNEYDS) va OITS bo‘yicha Yevroosiyo ayollar tarmog‘i tomonidan o‘tkazilayotgan "Vopreki" ("Har nega qaramay") kampaniyasi ishtirokchilaridir.

© Foto : Organizatori aksii "jivaya biblioteka"V teatre "Ilxom" v Tashkente sostoyalas "jivaya biblioteka", kotoroy otmetili Den borbi s diskriminatsiyey
Inson emas, virus ta’qib qilinsin: OIVni yuqtirgan ayollar qanday qilib baxtga erishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
V teatre "Ilxom" v Tashkente sostoyalas "jivaya biblioteka", kotoroy otmetili Den borbi s diskriminatsiyey

Afsuski, uchrashuvda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligidan yoki Respublika yoki shaharning OITSga qarshi kurash markazidan vakillar yo‘q edi. Bunday tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha tashabbus davlat yoki ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari tomonidan ilgari surilsa va NNTlar qo‘llab-quvvatlovchi sifatida ishtirok etsa, to‘g‘ri bo‘lar edi.  Bu OIV va OITS muammosiga e’tiborni jalb etishga yordam berardi va bu shunday tashxisli odamlarga nisbatan munosabatni o‘zgartirardi.

Yangiliklar lentasi
0