07:30 27 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
123621

Dunyo arzon neft davriga qaytmoqda. Yirik ishlab chiqaruvchilar qazish hajmlarini oshirmoqchilar. Bu esa narxlarning narxlarni uzoq vaqt pasayishiga olib keladi.

TOSHKENT, 11 mar - Sputnik, Maksim Rubchenko. Dunyo arzon neft davriga qaytmoqda. Yirik ishlab chiqaruvchilar qazish hajmlarini oshirmoqchilar, bu esa narxlarning narxlarni uzoq vaqt pasayishiga olib keladi. Endi mutaxassislar bu holatda kim xavf ostiga qolishini tushunishga harakat qilmoqdalar: kim uchun hamma narsa iqtisodiy halokat bilan yakunlanishi mumkin va kim narxlar urushida gʻolib boʻladi, xalqaro bozorda oʻz ulushini oshiradi va eng taʼsirchan oʻyinchiga aylanadi.

Oʻynab yetib keldi

Soʻnggi kunlarda global qora oltin bozori AQShning 1991 yilda Iroqqa bostirib kirganidan beri eng katta zarbani boshdan kechirdi. Birinchidan, Rossiyaning ishlab chiqarishni yangi qisqartirish toʻgʻrisida OPEK bilan shartnoma imzolashdan bosh tortganiga javoban, Saudiya Arabistoni oʻz neftining narxini olti-oʻn dollarga pasaytirganini eʼlon qildi. Seshanba kuni Ar-Riyod dunyoga fevral oyiga nisbatan ishlab chiqarishni 26 foizga oshirish niyati haqida xabar berdi.

“Saudiya Arabistoni davlat neft va gaz kompaniyasi aprelda qirollikdagi va chet ellik xaridorlarga xom neft yetkazib berishni kuniga ishlab chiqarish quvvatidan 300 ming barrelga koʻpaytiradi, bu kuniga 12 million barrelga teng”, - deb xabar berdi Saudi Aramco ijrochi direktori al-Amin an-Naser.

Natijada bozorda talab va taklifning oʻrtasidagi katta nomutanosiblik tahdidi vujudga keldi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Ar-Riyod Moskvani hamma narsada ayblagan paytda, Gʻarb ekspertlari aynan Saudiyani inqirozning asosiy aybdori deb hisoblashmoqda.

“Saudiya Arabistonining Rossiya bilan yuzaga kelishi mumkin boʻlgan bitimga yondashuvi ishlab chiqarishni kuniga 1,5 million barrelga qisqartirishni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ultimativ talabini qondirishda boʻlgan. Bu oʻzini Ar-Riyodning kichik hamkori deb hisoblamaydigan Moskvaning gʻazabiga sabab boʻldi”, - deb tushuntiradi Britaniyaning Financial Times gazetasi.

Saudiyaliklar ishlab chiqarish va savdo hajmini katta chegirmalar bilan koʻpaytirish qarori, kuzatuvchilar aniq "Rossiyani jazolash" urinishi sifatida baholamoqda.

“Avvallari Saudiya Arabistoni neft bozorida oʻz pozitsiyalari va daromadlarini asosiy oʻyinchilar oʻrtasidagi hamkorlikni ragʻbatlantirish orqali saqlab qolishga umid qilar edi. Endi esa saudiyaliklar bu vaziyatda mutlaqo teskarisini qilish oʻrinli deb oʻylashadi: gʻalaba qozonish umidida Moskva va AQShning mustaqil neft sanoati bilan "birinchi boʻlib kim qochadi" oʻyiniga kirish orqali”, - deydi Bloomberg sharhlovchisi Devid Fikling.

Gʻarb ekspertlari Rossiyaning reaktsiyasini tabiiy deb hisoblamoqda. “Ruslar hech qanday choralar koʻrmasdan oldin koronavirusning bozorga taʼsiri haqida toʻliq tasavvurga ega boʻlishni xohlashlarini aytishdi”, - deb yozadi Financial Times. Ammo Moskva AQShning slanets sanoatini sinovdan oʻtkazishga qarshi emas. Qoʻshma Shtatlar tomonidan Rossiyaning energetika kompaniyalariga qarshi sanktsiyalari, shu jumladan, Rosneftning savdo boʻlinmasiga fevraldagi cheklovlar, shuningdek “Shimoliy oqim-2” gaz quvurining tugatilishiga xalaqit berish urinishlari Kremlni gʻazablantirdi.

Zerohedge analitik portalining asoschisi Tayler Dardenning taʼkidlashicha, OPEK koʻp yillar davomida inqirozga uchragan va kartelni yakuniy inqirozdan Rossiyaning "oʻz geostrategik maqsadlariga erishish evaziga xizmat koʻrsatishga" tayyorligi saqlab qolgan. Ammo Moskva neft eksport qiluvchilar alyansini cheksiz himoya qilishga tayyor emas.

“Koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vahima paytida OPEK ishlab chiqarishni misli koʻrilmagan qisqartirilishini talab qildi, - deydi tahlilchi. - Ammo oxir-oqibat, Rossiya “yoʻq” dedi”.

Dardening fikricha, Moskva oʻz kuchni namoyish qilish uchun eng zoʻr vaqtni tanladi. “Gʻarb Rossiyaga Rossiya boʻlganligi "jinoyati" uchun shafqatsizlarcha hujum qilmoqda, - deb taʼkidlaydi u. - Va Kreml nihoyat Eron, Iroq, Suriya, Ukraina, Yaman, Venesuyela, Afgʻonistonda AQShning nomaqbul xatti-harakatlari uchun javob qaytardi. Endi Putin Rossiya ittifoqchilari boʻlgan Xitoy, Eron va Suriyaga nisbatan AQShning tajovuzkor siyosatini qoʻllab-quvvatlaydigan OPEK mamlakatlari va AQShni maksimal darajada yon bosishiga erishadi".

Silla qurituvchi urush

“Neft bozorida roʻy berayotgan narxlar urushi - bu kuchliroqlarning urushi emas, balki kim uzoqroq bardosh beradiganlarning urushi”, - deydi Bloomberg vakili Devid Fiklin.

Shu nuqtai nazardan, tahlilchilar Saudiya Arabistonining pozitsiyasini ancha zaif deb tan olishadi. Saudiyaliklar neftni rekord darajada arzon narxda - barrel uchun uch dollargacha ishlab chiqarishi mumkin deb hisoblanadi. Biroq, qora oltinni sotishdan tushgan daromadga asoslangan mamlakatning davlat byudjeti bir barrel uchun 85 dollar narxga moʻljallangan. Yaʼni, neft sanoati daromadli boʻlib qolaveradi, ammo umuman mamlakat tezda bankrotlikka uchraydi.

“Byudjetga qarang - shunda siz saudiyaliklar Rossiya yoki AQShga nisbatan neft narxiga koʻproq bogʻliq ekanliklarini tushunasizlar, - deydi Tayler Darden. - Va ular aholiga isteʼmolni qisqartirishlari kerak degan gapni aytolmaydilar, tartibsizliklar boshlanadi”.

“Saudiya Arabistonining pufak kabi boʻrttirilgan byudjeti bu ishlab chiqaruvchining xarajatlari juda kattaligini anglatadi, yaʼni eng beqaror uyinchilardan biriligini, - deydi Devid Fiklin. - Bundan tashqari, Ar-Riyod Yamandagi vayronkor va zoʻravon harbiy mojaroda qatnashmoqda va 6 mart juma kuni esa qirollik oilasining bir necha aʼzosi Saudiya Arabistonida xoinlikda gumon qilinib hibsga olingan”.

Saudi Aramco-ning shanba kungi  narxning pasayishi haqidagi bayonotga Saudiya Arabistoni rasmiysi The Wall Street Journal nashriga izoh berarkan "Bu kompaniyaning bozordagi Rossiya ulushni egallab olish uchun tajovuzkor elementi" ekanligini aytdi. Biroq, xozircha Ar-Riyod harakatlaridan Amerikaning slanets ishlab chiqaruvchilari aziyat chekmoqda.

Aniq favorit

Chesapeake Energy aktsiyalari 27,5%, EOG  - 35%, Continental Resources - 40%, Diamondback Energy – 44,6%, Marathon Oil - 47%, Apache va shunga oʻhshash kichik oʻyinchilar 50% dan koʻproqqa pasaydi.

“AQShning slanets sektori deyarli yoʻq qilindi. Bozorda qon vannasi yuzaga keldi. Milliardlab dollar kapitaldan yuvilib ketdi”, - deb taʼkidlaydi Javye Blas, Bloomberg energiya boʻyicha yetakchi muxbiri.

“Narxlarning keskin pasayishi Amerikaning slanets sanoati uchun qiyin paytlarda yuz berdi, - deb yozadi Financial Times. - Soʻnggi oʻn yil ichida ishlab chiqarish oʻsgan boʻlsa-da, sanoat hali ham qarz mablagʻlari hisobiga mavjud. Bu esa uni juda zaif qiladi”.

“Slanets sanoatini tugatilishi yil oxirida jiddiy boshlanadi”, - deya ishonch bildiradi Tayler Darden.

Anʼanaviy neft va gaz kompaniyalari ham narx qulashidan qochib qutulolmadilar: Exxon Mobile 12,2% ga arzonladi, Chevron - 15,3%, Occidental Petroleum - 44% ga. Britaniyaning British Petroleum kompaniyasining aktsiyalari bir kunda 20%ga quladi va bundan oʻn yil oldin Meksika koʻrfazida "Chuqur suvosti gorizonti" neft platformasi portlab ketgandagi oʻrnatilgan rekordni yangiladi.

Taqqoslash uchun, seshanba kuni Rossiya ishlab chiqaruvchilarining aktsiyalari 12-14 foizga tushib ketdi. Gʻarb ekspertlarining fikriga koʻra, bugungi kunda aynan  Rossiya neftning past narxlariga eng tayyori.

“Rossiya kompaniyalarining ishlab chiqarish xarajatlari juda past, - deb yozadi Tayler Darden. - Soliq toʻlaganidan keyin ham zararsizlik nuqtasi barrel uchun yigirma dollarda joylashgan. Ruslar aksariyat yetkazib berish shartnomalarini hozirda dollarda emas, rubl, yuan va yevroda tuzmoqdalar. Bu valyuta xavfini kamaytiradi. Va bu ustunlik uzoq yillar davomida saqlanib qoladi”.

Darhaqiqat, Rossiya Moliya vazirligining fikriga koʻra, Milliy Farovonlik Jamgʻarmasining (MFJ) likvid mablagʻlari olti yildan oʻn yilgacha neft narxining pasayishining bir barrel uchun 25-30 dollar holatidagi boʻlgan byudjet yoʻqotishlarning qoplash uchun yetarli. Bu haqda 9 mart kuni vazirlik saytida eʼlon qilingan materiallarda aytilgan.

“Urushlarga qoʻshilayotgan davlatlar koʻpincha bir necha oy ichida gʻalaba qozonishga umid qilishadi, ammo oxir-oqibat dushman ular oʻylagandan ancha kuchliroq ekan degan hulosaga keladilar, - deya xulosa qiladi Devid Fiklin. –Agar OPEK+ ning joriy inqirozi uzoq muddatli mojaroga aylansa, unda Moskva birinchi boʻlib taslim boʻlishi katta shubha ostida”.

“Bir necha kundan keyin bozorlar tinchlanadi, vahima pasayadi va neft inqirozi unutiladi. Ammo tez orada yana xavfli shaklda qaytadi. Va bu sodir boʻlganda, men oʻylaymanki, Rossiyadan yordam soʻrab Saudiya Arabistoni va turklar emas, balki AQSH va Yevropa keladi”, - deya ogohlantiradi Tayler Darden.

Manba: RIA Novosti.

Asosiy mavzular