Ekspert: O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi uchun ko‘p harakatlarni amalga oshirdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishVostokoved Vasiliy Kravsov
Vostokoved Vasiliy Kravsov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonning shimolida hukm surgan “notinchlik va keskinlik”, shubhasiz, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonni xavotirga soladi.

Afg‘onistonda muayan kelishuvga erishiladi, hokimiyat barqarorlashadi va savdo yo‘llari ochiladi, deb hisoblaydi rossiyalik sharqshunos Vasiliy Kravsov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston shimolida hukm surayotgan “notinchlik va keskinli”, shubhasiz, Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistonni xavotirga soladi.

Vstrecha delegatsii MID Uzbekistana s predstavitelyami Taliban v Doxe - Sputnik O‘zbekiston
Tolibon Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishda O‘zbekiston harakatlarini qayd etdi

“Turkmaniston va O‘zbekiston uzoq vaqt davomida Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishi uchun sa’y-harakatlarni amalga oshirdi”, - dedi ekspert "Rossiya segodnya” XAAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Kravsovning so‘zlariga ko‘ra, shunga qaramay, ushbu davlatlar vaziyat barqarorlashadi degan asosli umidda.

Eslatib o‘tamiz, AQSh bilan bitim imzolanganidan uch kun o‘tgach, "Tolibon"* jangarilar mamlakatdagi vayronagar faoliyatini qayta boshladilar.

Bularning barchasi siyosiy saylovlardan keyin kuchaygan siyosiy inqiroz fonida ro‘y bermoqda. Endi mamlakatda qo‘shhokimiyatchilik o‘rnatildi: bir tomondan qonuniy saylangan prezident Ashraf G‘ani, ikkinchi tomondan, prezident saylovlari natijalariga rozi bo‘lmagan bosh vazir Abdulloh Abdulloh.

* Rossiyada va boshqa bir qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Kravsov: situatsiya v Afganistane doljna stabilizirovatsya
Yangiliklar lentasi
0