14:27 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
921 0 0

Xavfni kamaytirib koʻrsatish hukumatga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin vahima qilishni ham hojati yoʻq. Chunki aholi mamlakat rahbariyati vahimaga tushganini koʻrsa, bu yanada ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin

Rossiya hukumati rahbari Mixail Mishustin, COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashda qoʻllanilayotgan choralarga izoh berar ekan, jahondagi vaziyat noqulay stsenariy boʻyicha rivojlanayotganini taʼkidladi. Aynan shu bois, mamlakat hukumati bor kuchni profilaktika choralari va oldindan xabardor etishga qaratmoqda. "Bizning taktikamiz - oldindan koʻra bilish", - dedi bosh vazir.

Mishustinning bu gaplari, vahima-kayfiyatini yuzaga keltirmaslikka chaqirayotgan Federatsiya kengashi spikeri fikriga hamohangdir.

Prezidentga keladigan boʻlsak, Vladimir Putin oʻtgan hafta oʻrtasida "Rossiya ushbu turbulent davrni munosib, hotirjam bosib oʻtishi"ga ishonch bildirgan edi.

Har qanday favqulodda holatda aholi bilan olib boriladigan axborot ishlari davlat uchun eng asosiy ustuvor jihatlardan boʻlib qoladi — nega deganda, avj olgan vahima va uning oqibatlari, hatto vujudga kelgan muammodan koʻra xavfliroq va murakkabroq boʻlishi mumkin.

Har qanday inqiroz - nopok kuchlar va shunchaki jinoyatchilar tomonidan oʻz maqsadlarida foydalaniladigan absurd darajada shishirilgan mish-mishlar uchun ozuqa muhiti hisoblanadi. Bunda qoʻrquv tanqidiy fikrlash qobiliyatini yanchib tashlaydi va odamlarni har qanday, shu jumladan, ahmoqona va jirkanchli harakatlarga undashi, bu esa ommaviy koʻlamlarda xaosni keltirib chiqarishi mumkin.

Aynan shu bois, favqulodda holatlarda standart davlat siyosati - vahimali kayfiyatni (turli darajadagi shafqatsizlik bilan) oldini olishdan iborat.

Xitoyning WeChat ijtimoiy tarmogʻi (va messenjer) yanvar oyidayoq feyk mish-mishlarni tarqatganlar blokirovka qilinishi mumkinlgi, shuningdek, jamoatchilik tartibini buzilishiga olib keladigan, yolgʻon maʼlumotlarni ataydan tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligi haqida ogohlantirgan edi.

Gʻarb esa, tabiiyki, navbatdagi bor Xitoyni media-maydonda keskin tsenzurani amalga oshirayotganlikda aybladi.

Axborot siyosatida eng asosiysi rasmiy pozitsiyadir, har qanday tomonga ogʻish - maqsadga muvofiq emas.

Xavfni kamaytirib koʻrsatish hukumatga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqarishi mumkin. Lekin vahima qilishni ham hojati yoʻq. Chunki aholi mamlakat rahbariyati vahimaga tushganini koʻrsa, bu yanada ogʻir oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Natijada, davlat Stsilla va Xaribda oʻrtasidan yurib oʻtishi kerak boʻladi: yaʼni aholiga holat jiddiyligini yetkazish, shu bilan bir vaqtda uni sarosimaga solmaslik, balki barcha oʻrnatilgan qoidalarni bajarishga ularni yoʻnaltira olish.

Shu bilan bir qatorda, oʻz kuchiga ishonch borligini namoyish qilish, har qanday chaqiriqni yenga olishga boʻlgan ishonchni singlira olish muhim, negaki odamlar hotirjamlikni saylay olishi, ruhiy tushkunlikka tushmasligi, hammasi yaxshi boʻlishiga ishonishi lozim. Nega deganda ommaviy umidsizlik va qoʻrquv - bunday holatda har qanday jamiyatning eng xavfli dushmanidir.

Pekin bularning barchasini qoyilmaqom bajardi, oʻzidagi epidemiyani sindirdi va uning keng tarqalishiga yoʻl qoʻymadi. U yerda 80 mingdan ortiq odam bemorlandi, bu esa 1,4-milliardlik aholiga ega mamlakat uchun juda kam.

Ammo gʻarb matbuoti bu borada ham zaxarxanda qilishni unutmadi, emishki, bunday samara Xitoydagi nodemokratik rejim tufayli amalga oshganmish. Rossiyani ham shunga oʻxshash ayblovlar kutmoqda, chunki mamlakat rahbariyati favqulodda holatlar uchun belgilangan andazalar standartlari boʻyicha harakat qilmoqda — hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar va rasmiy ohang ham buni tasdiqlamoqda.

Umuman olganda, bu yerda muhokama qilinadigan narsani oʻzi yoʻq — bularning barchasi yozilgan haqiqat, har qanday sogʻlom idrokli insonni aqli bu narsalarga yetadi. Ammo dunyo hozirda gʻarb, birinchi navbatda yevropa hukumatlari oʻzlarini qay darajada antiqa tutayotganligi guvohi boʻlib turibdi.

GFR kantsleri Angela Merkel COVID-19 aholining 70 foiziga yuqishi mumkinligini aytdi. Ayni vaqtda oʻlim darajasi 3-4 foizda hisoblanayotganini inobatga olganda, istagi boʻlgan har qanday inson germaniya hukumati qay miqdordagi qurbonlarni nazarda tutayotganligini osonlikcha sanashi mumkin.

Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron hozirgi epidemiyani sogʻliqni saqlash sohasidagi eng qoʻrqinchli inqiroz, deb atadi. Bunda u 1918-1919 yillarda avj olgan va oʻzi bilan 50 milliondan ziyod odamni olib ketgan "ispan grippi"ga shama qilingan edi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, yuz berayotgan voqealarga izoh berar ekan, "epidemiya tugagunga qadar, koʻp oilalar oʻzlarining sevikli insonidan ayrilishini" aytdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular