11:30 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
336 0 0

Orasida kelib chiqishi gʻarbdan boʻlmaganlari tobora koʻpayib borayotgan oʻta boylar oʻzining baʼzi omil va qarashlariga koʻra pullarini dunyo boʻylab koʻchirib, globallashuvning yangi bosqichini boshladilar.

Oʻta boy odam nima oʻzi, har birimiz oʻzimizcha tasavvurga egamiz. Buyuk Britaniyada navbatdagi "boylik toʻgʻrisida hisobot" eʼlon qilindi, unga koʻra "oʻta boy odam" - mablagʻi 30 million dollardan ortiq boʻlganlardir. Hisobotda aytilishicha, keyingi besh yil ichida Osiyoda bunday omadli odamlar soni 44 %ga oshadi, bu Shimoliy Amerikadagi birodarlaridan ikki baravar koʻpdir, deb yozadi RIA Novosti muallifi.

Ammo koronavirus haqida gapirmasdan, AQSH-Xitoy savdosi (va nafaqat savdo) haqida nima deyish mumkin? Hisobot mualliflari bunga oddiy javob berishadi: Osiyoni toʻxtatib boʻlmaydi. Epidemiya ushbu tendentsiyani 12 oyga kechiktirishi mumkin, ammo bundan ortiq emas, lekin urush ... U shunchaki Xitoy biznesi (yaʼni boy xitoyliklarning pullari) Amerikaga alternativa izlay boshlaganiga va Afrikada, Lotin Amerikasida va Yevropada oʻz mavqeini mustahkamlaganiga olib keldi. Va u yanada kuchaydi.

Keling, aytib oʻtilgan hisobotning raqamlariga qaraylik. Osiyoliklar Amerikani quvib yetishi uchun hali uzoq yoʻlni bosib oʻtishga toʻgʻri keladi. AQShda 240 575 nafar oʻta boylar yashaydi, va Xitoyning oʻzida 61 587, Hindistonda esa atigi 5 986. Ammo Hindiston besh yil ichida oʻz multimillionerlari safini 73 foizga oshirishi kerak (dunyo rekordi) va AQShda ular bor-yoʻgʻi 22 foizga oshadi. (Rossiyada - 23%). Hindiston ortidan, tushunish qiyin emas - Xitoy (58%), Vyetnam (64%), va shuningdek Misr, Indoneziya, Malayziya kabi davlatlar rekord oʻrnatadilar.

Tadqiqotchilar oʻz bashoratlarini ushbu mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti oʻsishi bilan asoslamoqda (Hindiston uchun - 2021 yilda XVJ maʼlumotlariga koʻra 7foiz, yaʼni Xitoyga nisbatan tezroq), shuningdek inflyatsiya, koʻchmas mulk narxlarining koʻtarilishi va boshqalarni oʻz ichiga olgan murakkab formulani hisoblashmoqda. Ammo boshqa kuzatishlar ushbu formuladan koʻra muhimroqdir: masalan, Hindistonda multimillionerlar sonining koʻpayishi, bu mamlakatning kuchli mamlakat sifatida qandaydir holda kuchayib borishini anglatmaydi, ammo gap sayyorada pul koʻchirilishining murakkab jarayonidadir. Va bu jarayonlarga baho berish uchun bunday hisobotlarni oʻqishga arziydi, chunki, hatto mualliflar xato qilsalar ham - ular doim ham oddiy koʻz bilan koʻrinmaydigan butun dunyoda oʻzgarish mexanikasini ilgʻab turishadi.

Boshqa narsalar qatori, dunyoni oʻta boylarning mablagʻlari xam oʻzgartiradi. Agar kambagʻalroq odamlar huddi shu pullarini uylariga yaqin joylarda sarflashsa yoki boshqa davlatlarga koʻchsa ham toʻlaligicha koʻchsa, katta moliyaviy mablagʻlar va ularning egalari juda harakatchan. Ehtimol, oʻz pullari evaziga boylarga butun dunyo yetarli emasdir.

Yaʼni, siz dastlab bir joyda pul ishlash mumkin, keyinchalik esa pul yoki uning bir qismi bilan boshqa joyga koʻchib oʻtish mumkin. Hindiston haqida gap ketganda esa, Dehli - havo ifloslanishi boʻyicha dunyo rekordchisi - bu juda boʻlsa ishlash uchun yaxshi joydir balki. Boshqa rekord egalari qatoriga Xitoyning Pekin, Tyantszin, Uxan, Chendu shaharlari, shuningdek butun (unchalik industrial boʻlmagan) mamlakatlar - Bangladesh, Mongoliya, Pokiston kiradi.

Shuning uchun, millatidan qatʼi nazar, oʻta boylar yashashni afzal koʻrgan shaharlar hali ham Oslo, Tsyurix, Xelsinki, Vena, Madrid. Ammo bu yerda yangi tendentsiyalar sezilmoqda. Agar gap "yaqin Osiyo " (xitoylarga yaqin) haqida ketsa, unda Kambodjadagi baʼzi joylar xitoy mablagʻlari evaziga kanday koʻrinishga ega ekanligini bilish uchun ushbu videoni koʻrishni tavsiya qilaman. Nafaqat davlat mablagʻlari hisobiga. Rekord qoʻygan hindlar ham oʻzlarining qarindoshlariga yaqinroq joylar haqida koʻproq gapira boshladilar (hech boʻlmaganda gapira). Nimadir oʻzgarmoqda ...

Narsalarga oddiy qarash shundan iboratki, boylar vatanparvar boʻlishlari kerak, yaʼni ular tugʻilgan joyda yashashini anglatadi. Ammo hayot yanada murakkab. Mana yana bir fikr (xuddi shu manbadan): 2019 yil butun dunyoda oʻta boylar toʻsatdan "pushti va yumshoq" boʻlib (soʻzma-soʻz – bemaʼni, cuddly) boʻlib qolishdi. Ular global miqyosdagi ijtimoiy masʼuliyatini jiddiy qabul qila boshladilar. Ular orasida oʻz mablagʻlarini atrof-muhit, ijtimoiy soha va menejment haqida qaygʻuradiganlarga sarmoya kiritish tushunchasi modada. Kayfiyatlarning bunday oʻzgarishi yana bir global inqilob deb ataladi, ayniqsa dunyo 24 trillion shaxsiy dollarni oʻta boylarning bir avlodidan boshqa xuddi shu masʼuliyat bilan ajralib turadiganga oʻtishi arafasida turganini hisobga olgan holda.

Bunday inqilobda, albatta, Greta Tunberg uslubida axlat juda koʻp (yaʼni, maʼnosiz ekologik gʻoyalar modasi), ammo umuman olganda 2019 yilda hech boʻlmaganda oʻta boylarning fikrlash uslubi yaxshilangan deb aytish mumkin. Ularning mablagʻlari harakati inson hayotining sifati haqida qaygʻuradigan joy tomon yoʻnaltirila boshlandi. Bunday pullarning millati yoʻq, lekin ular nafaqat kelib chiqish joylarini, balki butun dunyoni yaxshilashga qaratilgan.

Bu yerda - suhbatni asosan Hindistonlik oʻta boylar bilan boshlagan ekanmiz, zamonamizning adabiy shov-shuvlaridan birini - birinchi Hindistonlik, keyin Pokistonlik, keyin Britaniya va bir vaqtning oʻzida Amerikalik Salmon Rushdining ohirgisidan bitta oldingi romanini (2017yil) esga olishimiz mumkin. Kitob "Oltin uy" deb nomlangan. Mumbaylik multimillioner Nyu-Yorkning eng yaxshi qismida hashamatli kvartirani sotib olib, u yerda nafaqat haqiqiy amerikalik, balki mahalliy aholidan koʻra koʻproq haqiqiy boʻlish niyatida u yerga koʻchib oʻtgani haqida. Keyinchalik, bu odam bilan haqiqatan yoqimsiz ishlar roʻy beradi, bular rus jodugariga (soʻzning toʻgʻri maʼnosida) uylanishidan boshlanadi. Va shu qatorda Donald Tramp hokimiyatga keladi, yaʼni chinakam - chuqur tubdagi Amerika oʻzining yangi elitasining kosmopolitizmiga qarshi isyonini boshlaydi. Qahramon toʻlaqonli bir qismi boʻlishni istagan Amerika endi yoʻq. Oltin uy olovda gʻarq boʻladi. Bir davrning oxiri.

Qaysi davr? Romanning umumiy gʻoyasi - qancha pulingiz boʻlishidan qatʼi nazar, siz oʻzligiz bilan kurashishiz befoydadir. Yaʼni, amerikacha (yoki yevropacha) globallashuv muvaffaqiyat qozonmadi, chunki bugungi kunda yangi millionerlar oʻzlarini va mablagʻlarini albatta gʻarblilik boʻlish uchungina chet elga koʻchirishmayapti, garchi dastlab ular bunday xayollardan chin dildan oziqlagan boʻlsalar ham.

Bundan kelib chiqadiki, orasida kelib chiqishi gʻarbdan boʻlmaganlari tobora koʻpayib borayotgan  oʻta boylar oʻzining baʼzi omil va qarashlariga koʻra pullarini dunyo boʻylab koʻchirib, globallashuvning yangi bosqichini boshladilar. Bitta savol, oxir-oqibat ular nimaga erishadilar.

Asosiy mavzular