04:16 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Analitika
Havola olish
87301

Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari iqtisodiyoti uchun neft narxlarining hozirgi pasayishi yaxshilikdan darak bermaydi. Garchi neft kompaniyalari uchun benzin va dizel narxining oshishini asoslash tobora qiyin kechayotgan boʻlsa ham

Igor Yushkov

Jahon neft va gaz bozori ogʻir davrlarni boshidan kechirmoqda. Bunga bir nechta sabablar mavjud, lekin AQShdagi slanetsli neft konlarida qazib olish surʼatlarining jadallashuvi bugungi kunda yuz berayotgan voqealar foni sifatida xizmat qilgan edi.

Avvaliga ishlab chiqarish va neft narxi koʻtarildi

AQShda neft qazib olishning koʻpayishi, 2016 yil oxiridan boshlab, neft qazib olishni cheklash toʻgʻrisidagi OPEK+ shartnomasi kuchga kirganligi sababli amalga oshdi, bu esa xom ashyo narxlarini yuqori darajada ushlab turishga imkon berardi. AQSH ushbu shartnomaga kiritilmagan, shuning uchun amerikalik ishlab chiqaruvchilar uning yuqori narxidan foydalanib, ishlab chiqarishni koʻpaytirishda erkin edilar. AQShda neft qazib olishning eng katta oʻsishi, VR kompaniyasi maʼlumotlariga koʻra, 2018 yilda roʻy berdi - 16,6% ga oʻsdi.

Soʻnggi ikki yil ichida jahon narxlarining nisbatan yuqori boʻlishi fonida koʻplab loyihalar foyda keltirdi va OPEK+ narxni ushlab turish uchun ishlab chiqarishni qisqartirishiga ishonch rentabellik yoqasida turgan ishlab chiqarish loyihalariga yangi investitsiyalar kiritilishiga olib keldi.

Neftga ortib borayotgan talab, shu jumladan Pekin tomonidan, neftni ishlab chiqarish oʻsishini maʼlum darajada qoplab yubordi. Ammo fevral oyida Xitoyda avj olgan koronavirus hozirgi inqiroz uchun oʻziga xos turtki boʻldi, Xitoy korxonalari toʻxtatildi, karantin tufayli odamlarning harakatlanishi cheklandi. Natijada XHRda energiya tashuvchilarga talab pasayib, jahon bozorida taklif miqdori haddan ziyod oshib ketdi. Narxlar pasga qarab ketdi.

Qelisha olmadilar

OPEK+ kelishuvida ishtirok etuvchi davlatlar neft narxini ushlab turish uchun ishlab chiqarishni pasaytirish imkoniyatlarini muhokama qilishni boshladilar. Bunda asosiy tarafdor Saudiya Arabistoni edi, chunki u baland narxga muhtoj edi. Qirollik oʻz byudjetini neftning bir barreli uchun taxminan 72 dollarga baholangan holda tuzadi. Saudiya Arabistoni rahbariyati katta mablagʻ sarflashi kerak boʻlgan mamlakatni modernizatsiya qilishning keng koʻlamli dasturini eʼlon qildi. Ushbu mablagʻlarning yagona manbai uglevodorodlarni eksport qilishdir.

Rossiya neft qazib olish uchun kvotalarni 2020 yilning birinchi choragi darajasida ushlab turish kerakligini taʼkidladi. Dastlab, Rossiya muzokarachilarining pozitsiyasi shuni nazarda tutadiki, hozirgi narxlarning pasayishi Xitoyda koronavirus tufayli kelib chiqqanligini anglatadi, yaʼni u oʻtib ketganda Pekin talabni tiklaydi va neft uchun narxlar koʻtariladi.

Bundan tashqari, Rossiyaga ishlab chiqarishni yangi qisqartirishga rozi boʻlish tobora qiyinlashib bormoqda: Energetika vazirligi Rossiya kompaniyalariga qancha qazib olishni belgilash vakolatiga ega emas, shuning uchun OPEK+ boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun mamlakat ichida konsensusga erishish kerak. Va bu ishlab chiqarishni koʻpaytirish imkoniyatiga ega boʻlgan yirik kompaniyalarning qarshiligi tufayli buni amalga oshirish juda qiyin - OPEK+ ular uchun haqiqiy cheklovchidir. Bundan tashqari, neft qazib olishni qanchaga kamaytirish kerakligi aniq emas, chunki inqiroz koʻlami (va shunga mos ravishda neftga talabning pasayishi chuqurligi) hali aniq emas. Va bu Vena shahrida OPEK+ bilan muzokaralar Yevropada koronavirus tarqalishidan oldin boʻlib oʻtganiga qaramay.

Natijada, OPEK+ ishtirokchilari 2020 yilning birinchi choragidan keyin neft qazib olish uchun yangi kvotalar toʻgʻrisida kelisha olmadilar. Bu 1 apreldan boshlab barcha ishtirokchi davlatlar neft qazib olishni maksimal darajada oshirishga intilishishini anglatadiki. Faqatgina shu yangilikning oʻzidan neft narxi tusha boshladi. Saudiya Arabistoni qazib olish hajmini kuniga 3 million barrelga koʻpaytirish va Yevropa va AQShdagi oʻz neftini sotib oluvchilar uchun sezilarli chegirmalarni eʼlon qilganidan keyin salbiy tendentsiya kuchaydi. Soʻnggi bir necha kun ichida dunyo Brent  navining bir barreli uchun 31 dollar narxda yashamoqda.

Hamdoʻstlikdagi qoʻshnilar uchun oqibatlar

Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari uchun energiya bozoridagi bunday oʻzgarishlar turli xil oqibatlarga olib keladi. Rossiya bir barrel uchun 42,4 dollar narxda kamomadsiz byudjet tuzgan. Shu sababli, endi mamlakat zaxira mablagʻlarini toʻldirishni emas, balki byudjetdagi kamchiliklarni qoplash uchun ulardan pul sarflashni boshlaydi. Biroq, Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligining maʼlumotlariga koʻra, mavjud mablagʻlar olti yil davomida bunday tovon uchun yetarli boʻladi (neft narxi bir barrel uchun 25 dollarda ushlanib tursa ham).

Ammo bunday past narxlar uzoq vaqt davomida saqlanib qolmaydi, chunki ular amal qilgan holda butun dunyodagi koʻplab loyihalar, ayniqsa AQShda slanets nefti ishlab chiqarishi zarar koʻradi va toʻxtab qoladi. Va bu yetkazib berish tanqisligi va narxlarning oshishiga olib keladi.

Albatta, hozirgi neft narxi Rossiya uchun noqulay.

"Gazprom"ning Yevropaga gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomalarining aksariyati neft narxiga bogʻliqligi vaziyatni yanada qiyinlashtirmoqda. Va shuning bilan, ushbu shartnomalar boʻyicha gaz narxi ham pasayadi va Rossiya byudjeti gaz sanoatidan ham kamroq daromad oladi.

Boshqa postsovet neft ishlab chiqaruvchi davlatlari ham xuddi shunday holatda. Ular yoʻqolayotgan daromaddan jabr koʻrishadi. Bu Ozarbayjon, Qozogʻiston va Turkmanistonga taalluqli. Bundan tashqari, Qozogʻiston va Turkmanistonga Xitoyning neft va gaz isteʼmoli pasayishi fonida uglevodorodlarni yetkazib berishni rad etib yengib boʻlmas kuch deb eʼlon qilgani ham ziyon yetkazadi. Shu sababli Xitoyning Markaziy Osiyoda neft va gaz sotib olish hajmining qisqarishi istisno qilinmaydi.

Rossiya kabi Qozogʻiston ham Saudiya Arabistonining Yevropa neft bozorida ortib borayotgan raqobatiga duch keladi. Ar-Riyod Rossiyani OPEK+ doirasida muzokaralar stoliga qaytishga va Saudiya Arabistonining yangi kelishuv shartlarini qabul qilishga majbur qilish yoʻli bilan qasddan Yevropalik isteʼmolchilarga Rossiyaga muammolar keltirib chiqarishi uchun chegirmalar bermoqda (Yevropa Moskva uchun asosiy bozor).

Belarus biroz foyda olishi mumkin. "Belneftexim" Rossiya kompaniyalari bilan neft yetkazib berish shartlari boʻyicha kelisha olmayapti va muqobil taʼminotchini qidirmoqda. Chegirmali Saudiya nefti Minskga jahon narxlarida neft sotib olish harajatlarini pasaytirishga imkon beradi. Ar-Riyoddan olinadigan chegirma miqdori Belarus neftni qayta ishlash zavodlariga neft yetkazib berish uchun transport xarajatlarining bir qismini qoplashi mumkin.

Minsk uchun yana bir samarasi shundaki, Belarusiya uchun Rossiya neftining narxi quyidagi formula bilan belgilanadi: jahon narxlari minus eksport boji. Ammo eksport boji Yevropa bozoridagi bozor narxlaridan kelib chiqqan holda hisoblanadi va u kotirovkalar ortidan pasaymoqda.

Biroq, hozirgi inqirozdan Minsk uchun sezilarli minus ham mavjud: neftning oʻzining arzonlashishidan tashqari Belorusiyaning anʼanaviy ravishda asosiy eksport mahsulotlaridan biri boʻlgan neft mahsulotlari ham arzonlashmoqda.

Natijada, sobiq Sovet Ittifoqi davlatlari uchun neft narxlarining hozirgi pasayishi yaxshi natijaga olib kelmaydi. Neft kompaniyalari uchun benzin va dizel narxlarining oʻsishini asoslab berish tobora qiyinlashadi.

Asosiy mavzular