15:17 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)
673 0 0

Avvalroq qator ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻshma Shtatlar tomonidan modellashtirilgan virus Xitoyga olib kirilgani va u keyinchalik nazoratdan chiqib, pandemiyaga aylangani haqidagi taxminlar tarqalgan edi

TOSHKENT, 19 mar - Sputnik. COVID-19 koronavirusining kelib chiqishi tabiiy, unda odam aralashuvi alomatlari kuzatilmadi, bundan tashqari, shunga oʻxshash virusni yaratish va uni aholining alohida guruhiga yuqtirish ishlarini texnik jihatdan amalga oshirib boʻlmaydi, dedi RIA Novosti bilan suhbatda boʻlgan ekspertlar.

Avvalroq qator ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Qoʻshma Shtatlar tomonidan modellashtirilgan virus Xitoyga olib kirilgani va u keyinchalik nazoratdan chiqib, pandemiyaga aylangani haqidagi taxminlar tarqalgan edi.

"Ushbu virusning sikvensi (aniqlangan genetik kodning ketma-ketligini - tahr) yaxshi maʼlum. Bu oddiy tabiiy virus, u mutatsiyalarga taʼsirchan va bu normal holat. Aynan shu virusning sikvensi birinchi kasallanganlar tekshiruvlari natijalariga koʻra dekabr oyida eʼlon qilingan edi. Biz u dekabrda qanday tuzilishga ega boʻlganligini va hozir qanaqa tuzilishga ega ekanligini bilamiz. Hatto dekabr oyida aniqlangan sikvenslar ham ushbu virusning sunʼiy ravishda yaratilganligini koʻrsatuvchi izlar mavjud emas. Odatda buni ilgʻash mumkin. Agar olim RNK yoki DNKni kesib tashlasa, unda ular kesilgan joylarda molekulyar pichoqlarning izi qoladi. Hozircha biz tabiat singari ishlashga qodir emasmiz", - deydi agentlik bilan suhbatda biologiya fanlari doktori, GMU Tizimli biologiya maktabi professori (AQSH) Anna Baranova.

U shuningdek, virusni tarqatishdan oldin uni sinab koʻrish kerakligini aytib oʻtdi.

"Koronavirusni sichqonlarda sinab koʻrish mumkin emas, u sichqonlarga yuqmaydi. Maymunlarda tadqiqotlar oʻtkazish odamlarga qaraganda ancha qiyin. Maymunlar juda qimmat va hammalari roʻyxatga olingan. Kimdir odamlarda biron bir joyda mini-epidemiya tarqatishini va hech kim buni bilmasligini tasavvur qilish aqlga sigʻmaydi. Qanday qilib uni toʻxtatishdi? Bu biron bir orolda roʻy berdimi? Yaʼni, bu fitnaning logistikasi ish bermaydi", - deydi Baranova.

Biologiya fanlari doktori, "Academia Europaea" aʼzosi Mixail Gelfandning agentlikka aniqlik kiritishicha, virus ketma-ketligi boshqa koronaviruslar ketma-ketligiga oʻxshash.

"Nazariy jihatdan, maʼlum boʻlgan ketma-ketlikni gibrid xavfli narsa qilish umidida birlashtirsa boʻladi, ammo bunday manipulyatsiya izlari qoladi, ular esa yoʻq, ammo hech kim virusni maʼlum bir retseptorga xos qilish uchun uning ketma-ketligini nuqtali oʻzgartira olmaydi", - dedi Gelfand.

Olimning taʼkidlashicha, yangi koronavirusning bir necha yuz xil variantlari maʼlum va u xuddi shunga oʻxshash viruslar kabi rivojlanmoqda.

Tibbiy rezerv xizmati podpolkovnigi Aleksey Vodovozov ham hamkasblari fikrini qoʻllab-quvvatladi.

"Bioinformatikada alohida yoʻnalish mavjud-ki, unda filogenetik daraxtni kuzatish imkoniyati ham mavjud, yaʼni ushbu virusning nasl-nasabini qaytarish qurib chiqish mumkin. Biz bugungi kunda uning qanday oʻzgarishini koʻrishimiz, keyin oilaviy aloqalarini qurib chiqib umumiy ajdodini topishimiz mumkin. Bu hatto Yustinian vabosi (541-542 yillar) qoʻzgʻatuvchilariga nisbatan ham mumkin. Molekulyar genetika va paleogenetika imkoniyatlari shunchalar katta. Agar koronavirus sunʼiy organizm boʻlganida, biz uning tarixini kuzatib olmas edik, u shunchaki boʻlmas edi, ammo koronavirus unga ega", - deydi Vodovozov.

11 mart kuni Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yangi COVID-19 koronavirusining tarqalishini pandemiya deb eʼlon qildi. Dunyoda 160ga yaqin mamlakatda 200 mingdan ortiq odam yuqtirgan, 8 mingdan ortiq odam vafot etdi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)

Asosiy mavzular