17:05 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
42110

AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo Rossiyani oʻnlab turk harbiylar oʻlimida aybladi. Bundan tashqari, u "NATO ittifoqchisi"ni qoʻllab-quvvatladi va AQSH "Turkiyani qoʻllab-quvvatlash va zoʻravonlikni toʻxtatish uchun yangi choralarni koʻrib chiqayotganini" bildirdi

Bu Vashington tomonidan Suriya Idlibida yaqinda roʻy bergan inqiroz yuzasidan yangragan birinchi keskin bayonotidir. Hozirgacha Qoʻshma Shtatlar turk askarlarining oʻlimi uchun bevosita javobgarlikni Moskva zimmasiga qoʻymagan.

Toʻgʻri, Pompeoning bayonoti oʻrinli emasligini payqash qiyin emas, chunki "poyezd allaqachon ketib boʻlgan".

Idlib atrofidagi inqiroz - fevral oyining ikkinchi yarmi va mart oyi boshida yuz berdi. Vladimir Putin va Toyib Erdoʻgʻon oʻrtasida 5 mart kuni Moskvada boʻlib oʻtgan uchrashuv va kelishuvlardan soʻng, keskinliklar pasayishni boshlagan edi.

Mintaqadagi vaziyat hali ham keskin. Strategik ahamiyatga ega M4 avtomagistralining Rossiya-Turkiya qoʻshma patruli uni boshqarayotgan jangarilar tomonidan jiddiy qarshilikka duch kelmoqda. Shunga qaramay, jarayon davom etmoqda.

Ikkiyoqlama hamkorlikning boshqa yoʻnalishlariga esa — Turk oqimidan tortib, Akkuyu AES qurilishigacha  — yaqinda yuz bergan keskinlashuv mutlaqo taʼsir qilmadi.

Shu kunlarda Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati (FSVTS) direktori Dmitriy Shugayev Anqara tomonidan S-400ning ikkinchi partiyasini sotib olishga tayyorgarlik koʻrilayotganini maʼlum qilgan edi. Bundan tashqari, amaldorning soʻzlariga koʻra, qoʻshimcha shartnoma Turkiyaning zenit-raketa tizimini ishlab chiqarishda ishtirokini nazarda tutadi. Garchi, tafsilotlar oshkor etilmagan boʻlsa-da, idora rahbari bu Rossiyaning milliy manfaatlariga hech qanday xavf-xatar yetkazmasligini taʼkidladi.

Umuman olganda, Rossiya-Turkiya munosabatlari hozirgi formatda muvaffaqiyatli davom etmoqda, va bunda alohida masalalar yuzasidan eng keskin qarama-qarshiliklar va toʻqnashuvlar ham samarali hamkorlikka taʼsir qilmaydi.

Ushbu fonda, AQSH Tashqi ishlar vazirligi rahbarining nutqi uzoq vaqt omadsiz jangdan keyin mushtlarining urf-odatiy silkitishiga oʻxshaydi.

Ammo The Washington Post gazetasida "Turkiya qanday qilib Rossiya va Gʻarbni yoʻqotdi" sarlavhasi ostida yangi chop etilgan maqola amerikaliklar Turkiyaga nisbatan qanday mantiqqa tayanishlariga oydinlik kiritdi. Unda yozilishicha, ayb Erdoʻgʻonning oʻzida va u oʻz tanlovi oqibatlarini endi mustaqil hal qilishi kerak. Turkiya prezidentini Anqara geosiyosiy jihatdan va derjava sifatida kuchayishiga ishontira olgan Putin bilan oʻynashish, Erdogʻanning Gʻarb ittifoqdoshlar bilan janjallashishiga va Moskva bilan yakkama-yakka qolishiga olib keldi. Moskva esa, albatta, mavjud vaziyatni oʻz foydasiga ishlatish imkoniyatini qoʻldan boy bermaydi.

Biroq, eng qizigʻi, maqola yakuni boʻlsa kerak. Unda Turkiya rahbari tomonidan xatolar muqarrar tan olingani, bu tan olishi natijasida u keksa va saxiy Gʻarb oldiga yordam soʻrab yugurib kelgani - va agar u oʻzini yaxshi tutsa, balki bu yordamni olishi ham mumkinligi haqidagi prognozlar yoʻq. Aksincha, Toyib Erdoʻgʻanga "muhim kechki tanovvuldagi menyu"ning taomlaridan birini qismati bashorat qilingan.

Shu kontekstda davlat kotibi tomonidan tilga olingan pozitsiya Turkiya prezidentiga nisbatan nozik istehzoli tus oladi. Amerikaliklar uchun muammo shunda-ki, bu masxara juda ham nozik.

Tashqi siyosat sohasidagi balandparvoz gaplar yaxshi va samarali boʻladi, qachonki ular tegishli mamlakatning real imkoniyatlari va uning maqsadlariga erishish qobiliyatini aks ettiruvchi yanada taʼsirchan dalillarga qoʻshimcha sifatida xizmat qilsa.

Moskvaning soʻzlari doim amalda isbotlangani va Rossiya hatto eng yomon sharoitlarda ham oʻz maqsadiga erishishga muvaffaq boʻlayotgani tufayli dunyo Rossiya tashqi siyosiy ohangiga jiddiyroq eʼtibor bera boshladi. Bunga qadar, koʻp yillar koʻpincha eʼtiborsizlik odatiy munosabatga aylangan edi: ruslar istaganini gapiradi, ular baribir boshqa narsaga qodir emas kabilida.

Amerika tashqi siyosati koʻz oʻngimizda teskari tranzit tusini olmoqda: Vashington soʻzlari tobora kamroq maʼnoga ega va ular umuman, Oq uy xohlaganidek qabul qilinmayapti. Sodir boʻlayotgan hodisalarga AQSH oʻz xohishi va maqsadidagidek taʼsir qila olmayotgani tobora fosh boʻlmoqda.

AQSH oʻz davlat kotibining soʻzlariga istagancha chuqur maʼno berishi mumkin - xususan, Erdoʻgʻan uchun achchiq saboq yoki Rossiya uchun qattiq ogohlantirish. Ammo AQSH tomonidan Yaqin Sharqdagi mavqening yoʻqotilishi Mayk Pompeo bayonotini shunchaki kechiktirilgan, hech narsaga taʼsir koʻrsatmaydigan, demakki oʻz pozitsiyasini yoʻqotayotgan yirik davlatning quruq soʻzlariga aylantirmoqda va u endilikda na xatti-harakati va na soʻzi bilan yaqin-yaqinlargacha oʻz hayotiy manfaatlari doirasiga kirgan jarayonlarga taʼsir koʻrsatish imkoniga ega emas.

Asosiy mavzular