14:00 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (44)
142910

Kelgindi terroristik uyushma - "ID"ga qarshi kurash kabi olijanob maqsadni koʻz-koʻz qilib, "Tolibon" qonunga itoatkor vatandoshlarni yoʻq qilishda davom etmoqda

Amerikaning toliblar bilan bogʻliq tinchlik oʻrnatishga qaratilgan tajribalari Afgʻonistondagi vaziyatni yanada izdan chiqarmoqda va qoʻshni Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun yangi xatarlarni yuzaga keltirmoqda. "Afgʻonlararo muloqotni rivojlantirish"ga urinish mart oyiga kelib jangovar harakatlar yaqqol oʻsganini koʻrsatmoqda.

Qoʻshma Shtatlar 29-fevralda "Tolibon" terrorchilik uyushmasi bilan tinchlik bitimini imzoladi va Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini olib chiqishni boshladi. Ammo Islom respublikasidagi qirgʻin keltiruvchi urush hozirda yangicha shiddat bilan avj olmoqda.

Toliblar faol jangovar harakatlarni olib borishmoqda, va mamlakatning 34ta provintsiyasidan 27tasida hukumat qoʻshinlarini siquvga olmoqda. "Tolibon" otryadlari mamlakatning yettita yirik shaharlarini, shu jumladan, Qunduz (Tojikiston bilan chegaradan 50 kilometr masofada joylashgan) shimoliy provintsiyasining maʼmuriy markazini qurshab olgan.

Shu bilan birga Vashington Qobuldan hibsga olingan toliblarning tezkorlik bilan ozod etilishini talab qilmoqda. Birinchi bosqichda - besh mingga yaqin jangarilarni. "Tolibon" fikricha, bu odamlarni ozodlikka chiqarmay turib, afgʻonlararo muloqot boʻlishi mumkin emas. Ular bilan esa Afgʻoniston provintsiyalarida shunday "muloqot" boshlanishi mumkin-ki, qoʻshnilar buni hatto tasavvur qilmagani aniq.

Avvaliga Afgʻoniston prezidenti Muhammad Ashraf Gʻani AQShga toliblar bilan kelishuvga borish huquqida keskin rad javobini bergandi, ammo keyinchalik u bu pozitsiyani yumshatdi (axir gʻazablangan Vashington Islom respublikasining davlat tuzilmalarini moliyalashtirishni toʻxtatib qoʻyishi mumkin). Endi Ashraf Gʻani vaqtni choʻzmoqda - 18 martga qadar eʼlon qilinishi rejalashtirilgan "dozalangan amnistiya" formati boʻyicha hali bironta mahbus ozodlikka chiqarilmadi va bunda prezidentni tushunish mumkin. Amerikaliklar bilan qoʻl berib koʻrishgan toliblar terrorchi boʻlmay qolgan emas. Ushbu bitim islomchilarga oʻz mamlakatining qonuniy hukumatiga qarshi kurash olib borishni taqiqlamaydi.

Kelgindi terroristik uyushma - "ID"ga qarshi kurashish kabi olijanob maqsadni koʻz-koʻz qilib, "Tolibon" qonunga itoatkor vatandoshlarni qirishda davom etmoqda. Afgʻonistonda oʻtgan haftadagi "tinchlik sulhi" mobaynida 23 nafar harbiy xizmatchi va 23 nafar tinch aholi halok boʻldi.

Moʻʼjizakor yangi dunyo

16-mart kuni Mozori-Sharif shahri(Balx provintsiyasining maʼmuriy markazi)da portlash yuz berdi va unda politsiya xizmatchilari qurbon boʻldi. Afgʻoniston kuniga 30ga yaqin harbiy xizmatchi va politsiyachilarni yoʻqotib kelmoqda. Bu dahshatli statistikadan barcha xabardor.

Shunday boʻlsa-da, Vashington 135 kun davomida (hisob 29 fevraldan soʻng boshlangan) Islom respublikasidagi qoʻshinlari sonini 12000dan 8600gacha kamaytirishga taraddudlangan. Agar keyinchalik toliblar zoʻravonlikdan oʻzini tiysa, AQSH va ittifoqdosh-davlatlar tomonidan qoʻshinlar chiqarilishi davom ettiriladi. Yangi dunyo sxemasi reallikka mos emas. Toliblar bilan bitim imzolashdan oldin, faqat fevral oyining oʻzida AQSH HHK jangarilar ustiga 360ta aviabomba tashlagan. 2018-2019 yillar oraligʻida davom etgan muzokaralar davomida amerika aviatsiyasi Afgʻonistonda jangovar harakatlarni ayniqsa faol davom ettirgan va bunga 14 ming dona aviabomba sarflagan. Koʻndirish va dalillarning bunday usuli toliblar bilan kelishuv asosida oʻrnatilayotgan afgʻon tinchligi mustahkamligiga shubha uygʻotadi.

AQSH va NATOning Afgʻonistondagi harbiy bazalari va boʻlinmalari "Tolibon" harakatlari erkinligini qaysidir maʼnoda cheklaydi. Amerikaliklar bilan imzolangan bitim esa ayni vaqtda bundan buyogʻiga terrorchilar xatti-harakati nazoratdan chiqishini anglatadi, ayrim maxfiy bayonnomalar esa davlatning qayta tuzishda taqdim etilayotgan behudud imkoniyatlarni yodga solmoqda. Toliblar Afgʻonistondagi hokimiyat uchun muzokarasiz va shafqatsiz kurashni davom ettirmoqda, ularga bu borada 1996 yildagi Qobulning bosib olinishi singari tarixda boʻlmagan voqelik ilhom bermoqda. Meni nazdimda, tinchparvar toliblar yoki tolib-parlamentariylar umuman boʻlishi mumkin emas.

"Tolibon"ning hayotchanligi - afgʻon zaminidagi chet elliklar, qoʻgʻirchoq hukumat, gʻarbliklarga xos hayot tarziga qarshi qaratilgan oddiy eʼtiroz gʻoyalariga asoslangan emas. "Tolibon" strategiyasi - terroristik jihod, tizim faqat xaos sharoitida barqarorlikni saqlaydi. Agar strategiya oʻzgarsa (zoʻravonlik toʻxtatilsa) – mafkuraviy birdamlik(majohidlar 1992 yilda hukumatni egallab, uni boʻlisha olmagach, aynan shu tufayli yutqazishgan edi), iqtisodiy baza (urush boʻlmas ekan, afgʻonlarning oxirgi narsani qurbon qilishiga ne hodat), mobil resurslar (yoshlarni kurash romantikasi qiziqtiradi) yoʻqoladi va oʻshanda harbiy-diniy harakat oʻz-oʻzidan barbod boʻladi.

Ekspansiya – vaqtinchalikmi?

"Tolibon" terroristik uyushmasining amerikaliklar bilan imzolangan bitimi - AQSH va ittifoqdoshlarga 19 yillik shonsiz afgʻon kampaniyasidan nisbatan hotirjam chiqish imkonini beruvchi taktik manyovrdir. Va aynan shu holat Afgʻonistonga uzoq muddat davom etadigan beshafqat zoʻravonlikka, hayot tarzida esa oʻrta asr holatiga qaytishni kafolatlaydi.

Toliblar yarim yoʻlda toʻxtamaydi va AQSH prezidentining: "Men bugun "Tolibon" yetakchisi bilan suhbatlashdim. Bizning suhbatimiz yaxshi oʻtdi", deya bayonot berishi shunchaki mintaqada soat mexanizmli bombani ishga tushirish bilan tengdir.

Bugungi kunda toliblar Afgʻonistonda ustunlikka ega va bir qarashda qoʻshni respublikalar resurslariga daʼvogarlik qilmayotgandek. Ertaga-chi, nima boʻladi? Shuni qayd etish kerak-ki, AQSH bilan imzolangan tinchlik bitimini toliblarning hammasi ham qoʻllab-quvvatlagani yoʻq, harbiy-diniy harakatning ayrim, muzokara neligini bilmaydigan aʼzolari bundan umidsizlikka tushgan va aynan shu holat tashqi oʻyinchilarga qoʻl kelmoqda. Kunar provintsiyasi gubernatori  - Abdul Sattor Mirzakva – bugungi kunda pokiston idoralararo razvedkasi (ISI) agentlari, "Al-Qoida" va "Islom davlati" uyushmalari vakillari tomonidan toliblarni oʻz tomoniga ogʻdirishga faol urinishlar boʻlayotganini maʼlum qildi.

Tabiiyki, qoʻshnining uyidagi yongʻin Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan Markaziy Osiyo mamlakatlari hotirjamliligi va xavfsizligiga imkon yaratmaydi. Alanga tarqalishi mumkin. Turli taxminlarga koʻra, faqatgina "Tolibon" saflarida 10 mingdan 15 minggacha chet el fuqarolari boʻlishi mumkin, ularning deyarli yarmining kelib chiqishi - Tojikiston, Oʻzbekiston, Qozogʻistondan. Ular vatanga ekstremistik gʻoyalar va jangovar tajriba bilan qaytib kelishi mumkin. Koʻp holatlarda terroristik uyushmaning bir mamlakatdagi gʻalabasi bunday "muvafaqiyatning" din va etnik jihatdan yaqin boʻlgan qoʻshni respublikalarda ham tarqalishi mexanizmini ishga tushiradi.

Bundan tashqari, Afgʻonistonning shimoliy provintsiyalarida toliblar bilan raqobatlashuvchi, maʼlum taʼsir kuchiga ega, qolaversa, boshqa davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan "ID" terroristik tashkiloti ham bor. Bu tashkilotning destruktiv mafkurasi, koʻp yillik jangovar tajribasi va moliyaviy imkoniyatlarini baholashda bepisandlikka yoʻl qoʻymaslik lozim.

Xususan, "ID" hujumi tufayli, 6-mart kuni Qobulda 29 kishi halok boʻldi va yana 61 nafari jarohat oldi. Shu bois, sal oldin Ashraf Gʻanining "Biz "ID"ni yakson qildik", degan bayonoti koʻproq maʼnoda tashviqot xarakteriga ega. Baʼzan shu holat ayon boʻladiki, ID jangarilari oʻrniga hukumatga ularning oilalari taslim boʻladi, bu davlat statistikasigagina ijobiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, birok terroristik xavf darajasini pasaytirmaydi. Oʻn yilliklar davomida urush alangasida boʻlgan Afgʻoniston esa boshqa haqiqatni bilmaydi ham.

Mavzu:
Afgʻoniston: 30 yil tinchlik ilinjida (44)

Asosiy mavzular