04:18 13 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Analitika
Havola olish
1941 0 0

Neft bozoridagi "hammasi hammaga qarshi" formatida avj olgan narxlar urushi Vashingtonda Saudiya Arabistoni va Rossiyadan iloji boricha qattiqroq oʻch olish, ularni qattiqroq jazolash istagini paydo qilyapti - deylik, "neft sanktsiyalari" yordamida.

Agar narsalarni oʻz nomi bilan ataydigan boʻlsak, shuni aytish mumkinki, amerikalik qonun chiqaruvchilar oʻz homiylari - Amerika shtatlari uchun asosiy soliq toʻlovchilar va ish beruvchilar boʻlgan koʻplab slanets kompaniyalarini himoya qilish uchun barcha (jumladan eng nojoʻya) choralarni koʻrishga tayyor. Agar buning uchun Rossiya va Saudiya neftiga qarshi embargo joriy etish kerak boʻlsa, Respublikachilar partiyasi nufuzli vakillarining nazarida, abu ancha oʻrinli jazo boʻladi. Ular AQSH prezidenti Donald Trampdan ham ommaviy embargoni talab qilishmoqda, aslida. Amerika neft kompaniyalarini himoya qilishga boʻlgan bunday yondoshuvning misli koʻrilmaganligiga qaramay, umuman olganda, Oq uy bunday harakatlarga haqli ekanligini tan olish kerak. Ilgari ham, siyosiy maqsadlar Vashingtonni bir necha bor ular keyinchalik juda afsus chekkan qarorlar qabul qilishga olib kelgan.

S&P Global Platts ixtisoslashgan axborot agentligi xabar qiladi: "Shimoliy Dakotadan boʻlgan respublikachi senator Kevin Kramer <...> Trampga xat yozib, 1962 yildagi "Prezidentning savdo masalalarida huquqlarini kengaytirish toʻgʻrisidagi" (Trade Expansion Act) qonunning  232-bandiga muvofiq Saudiya Arabistoni, Rossiya va OPEKning boshqa davlatlariga neft importiga embargo joriy etish kerakligini bildirdi. "Biz darhol signal berishimiz kerak; Qoʻshma Shtatlarni qoʻrqitib boʻlmaydi, <...> bizdan shunchaki foydalanib boʻlmaydi", - deb yozgan Kramer prezidentga.

Ushbu taklifni senatorning oʻzboshimchalik bilan qilgan tashabbusi sifatida qabul qilish mumkin edi, ammo janob Kramer oddiy qonun chiqaruvchi emas: u Donald Tramp saylov shtabining energiya siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi. Bu respublikachi prezident yaqinlari doirasidan, yaʼni Tramp Oq uyga koʻchib oʻtgunga qadar ham u bilan birga ishlagan (bu juda xavfli mashgʻulot edi). Bundan tashqari, Kramer aynan Amerika neft kompaniyalari manfaatlarini himoyalovchi vakil sifatida tanilgan. Prezident slanets ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish choralarini koʻrishni allaqachon boshlaganini hisobga olgan holda, shuningdek, koʻplab respublikachilardan tortib, AQSH moliya vaziri Mnuchingacha (u nimagadir favqulodda shaxsan oʻzi Rossiyaning Vashingtondagi elchisiga "tartibli energiya bozorlari" AQSH uchun qanchalik muhimligini aytib berishga qaror qilgan) amerikalik siyosatchilarning neft bozoridagi vaziyatni normallashtirish boʻyicha muzokaralarga qoʻshilganligini hisobga olgan holda, embargo joriy etilishi koʻzda tutilgan stsenariy amalga oshishi ehtimoli bor.

Bunday chora-tadbirlarning gʻoyasi Saudiya va Rossiya nefti (shuningdek, OPEK davlatlari eksporti) AQSH slanets ishlab chiqaruvchilarini Amerikaning oʻzini bozorida boʻgʻib qoʻyishiga yoʻl qoʻymaslikdir. Nazariy jihatdan, sxema quyidagicha ishlashi kerak: embargo joriy qilinadi, AQShda neft ichki narxlari koʻtariladi, slanets ishlab chiqaruvchilar gʻalabani nishonlamoqdalar, aktsiyadorlarga dividendlar va kreditorlar oldidagi qarzlar toʻlanmoqda, shuningdek, ishdan boʻshatish va bankrotliklar bekor qilinmoqda. Bu nazariy jihatdan. Amaliyotda agar ushbu stsenariy amalga oshsa ham, ancha qiyin boʻladi.

Birinchidan, Rossiyaning AQShga eksporti Ar-Riyodning qarorlari tufayli neft narxi pasayguniga qadar oʻsishni boshlagan edi. Oʻsish sababi, AQShning Eron va Venesuelaga qarshi eʼlon qilingan sanktsiyalari edi (va shundayligicha qolmoqda) - bu Amerika neftni qayta ishlash zavodlarining aksariyat qismi uchun talab qilinadigan neft navlarini ishlab chiqaruvchi ikki mamlakatdir. Tabiiyki, sanktsiyalar sharoitida shunga oʻxshash neftni Rossiyadan sotib olish zaruriyati paydo boʻldi, chunki slanets ishlab chiqaruvchilari bunday neftni bermaydilar va AQSH qayta ishlash infratuzilmasini yangitdan jihozlash - koʻp vaqtni oladigan, qimmat va umuman, foydasiz ishdir.

Rossiya neftining yetkazib berish hajmi nega oshganligi - hech maxfiy maʼlumot emas, balki Amerika OAVlari, xususan, Bloomberg nashri bir necha oylardan beri shikoyat qilib kelayotgan holatga (ular buning sababi sifatida sanktsiyalarga ishora qilishgan edi) shu oʻrinda eʼtibor berish kerakdir.

Rossiya, shuningdek, Saudiya Arabistoni va boshqa OPEK mamlakatlari embargo taʼsiriga tushib qolsa, amerikaliklar bu vaziyatdan qanday chiqishlari – mutlaqo noaniq. Garchi shunga oʻxshash muammolar (biroz kamtarona koʻrinishda boʻlsa ham) Venesuela va Eronga qarshi sanktsiyalar kiritilishidan oldin ham taxmin qilingan edi, ammo oʻshanda Davlat departamentini bu toʻxtata olmadi.

Yana bir muhim masala shundaki, embargo aynan AQSH iqtisodiyotiga ziyon yetkazishi aniq, chunki AQShdan tashqarida energiya talab qiladigan yoki neft-kimyoviy ishlab chiqarishga ega boʻlgan amerika korporatsiyalari neft arzonroq boʻlgan joylarga ishlab chiqarishni koʻchirishga harakat qiladilar va shunga mos ravishda Amerikadagi faoliyatni qisqartiradilar. Bundan tashqari shu kelib chiqadiki, Amerikaning barcha neft isteʼmolchilari neft ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berishadi va siyosiy nuqtai nazardan, bu amaldagi prezident uchun juda xavfli vaziyatga aylanadi. Va Tramp hozirda Saudiya Arabistonini bilvosita talon-taroj qilish bilan shugʻullanmoqda: Ar-Riyod dunyo bozorida oʻzining strategik zaxiralarini chaqaga sotayotgan paytda (Brent markali neft narxiga oʻn dollar chegirma bilan), Tramp AQShning strategik neft zaxirasini chaqa puliga qoʻshimcha 77 million barrelga toʻldirmoqda va bu jarayon tugamaguncha unga narxning oshishi kerak emas - hech boʻlmaganda bir necha hafta.

Slanets sanoatini qoʻllab-quvvatlash uchun keskin choralarni qoʻllashning imkonsiz yoki juda muammoli boʻlishi mumkinligining yana ikkita muhim sababi bor. Demokratik partiya slanets sanoatining ommaviy ravishda bankrot boʻlishini juda istaydi va kongressni esa aynan shu partiya boshqaradi va prezidentning baʼzi qonun loyihalari va qarorlarini agar u zaif slanets kompaniyalarini qoʻllab-quvvatlashning gʻayrioddiy usullaridan foydalanmoqchi boʻlsa "garovga olishi" mumkin. Amerikaning The Hill nashri taʼkidlaganidek, "tobora koʻproq demokratlar narxlar pasayishi va koronavirus pandemiyasi sharoitida Oq uy neft va gaz sektoriga jiddiy yordam berishi mumkinligidan havotir bildirmoqda. Oq uy oʻtgan hafta oxirida strategik zaxiraga neft sotib olishini eʼlon qilganidan keyin seshanba kuni demokrat-kongressmenlarning yigirma nafari prezident Trampga xat yuborgan, unda yoqilgʻilarni qazib olish bilan shugʻullanuvchi kompaniyalarga qoʻshimcha mablagʻlarni taqsimlab berishdan ogohlantirgan edilar".

Qolaversa, mustaqil slanets ishlab chiqaruvchilarga oʻxshab oʻz rahbariyatining bonuslarini oqlash uchun ishlaydigan, zararga ishlamaydigan va qarzlarni toʻlash uchun ishlab chiqarish  hajmini koʻpaytirishni talab qilmaydigan eski va yirik AQSH kompaniyalari ham slanets ishlab chiqaruvchilarining bankrotligini kutmoqda. Bundan tashqari, slanets inqilobining oʻzi Rokfeller imperiyasining (bir vaqtlar Amerika bozorida OPEKni eslatuvchi kartelda ishtirok etgan) boʻlaklariga katta moliyaviy zarar yetkazdi va bunga ishonch hosil qilish uchun amerikaning eski neft kompaniyalari aktsiyalarining uzoq muddatli narxlari jadvaliga koʻz yugurtirishning oʻzi yetadi. Ehtimol, ular embargolar yoki shunga oʻxshash boshqa choralar yordamida mustaqil konchilarni qutqarishga butun kuch bilan va muvaffaqiyatli qarshi turishga harakat qiladilar. Amerika slanets sektorini faqat amerika diplomatiyasi qutqarishi mumkin - qachonki, moʻʼjizaviy tarzda u Ar-Riyodni narxlar urushini toʻxtatishga koʻndira olsa.

Asosiy mavzular