04:55 30 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Analitika
Havola olish
101740

COVID-19 koronavirus pandemiyasining Yevropa oʻchogʻida Rossiya Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy desantining mohirona va fidokorona harakatlari jahon hamjamiyatiga dunyo miqyosdagi eng murakkab muammolarni qanday hal qilishning namunasidir.

Italiyaga koronavirusga qarshi kurashda bevosita yordam berish maqsadida Il-76 samolyotlari rossiyalik harbiy mutaxassislari va uskunalari bilan birga 23 mart kuni kechqurun "Praktik de Mare" aviabazasiga (Rimdan 30 km masofada) kelishni boshladilar, deb yozadi Sputnik harbiy sharhlovchisi Aleksandr Xrolenko.

Rossiya Italiyaga harbiy virusologlar va tibbiyot mutaxassislaridan iborat 8 ta koʻchma guruhni, diagnostika uskunalarini, transportni aerozolli dezinfektsiyalash avtomobil tizimlari va boshqa tibbiy jihozlarni yetkazib bermoqda.

"Maxsus tibbiy boʻlinmasi" tarkibi RF Mudofaa vazirligining virusologiya va epidemiologiya sohasidagi epidemiyalarga qarshi kurashda katta xalqaro tajribaga ega boʻlgan 100 ga yaqin yetakchi mutaxassislardan iborat.

Rossiya desanti barcha zarur tibbiy buyumlar, zamonaviy uskunalar va maxsus texnika bilan taʼminlangan. Italiya tomoni bilan kelishilishi bilan, rossiyalik harbiy shifokor va virusologlar oʻz vazifalarini bajarishga kirishmoqda.

Rossiya Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondoni Vladimir Putin topshirigʻiga asosan Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi koronavirusga qarshi kurashda Italiya Respublikasiga tezkor yordam yetkazish maqsadida 9 ta Il-76 VTA samolyotlaridan iborat boʻlgan aviatsiya guruhini tuzdi.

Ehtimol, ushbu havo koʻprigi Italiyada koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish davrida uzluksiz ishlaydi. Rossiyalik mutaxassislar oldida juda katta va oʻta xavfli ish turibdi. 24 mart holatiga koʻra, Italiyada ushbu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 63 927 kishini tashkil qildi. Bir sutkada 609 kishi vafot etdi. 6077 kishi COVID-19 qurboni boʻldi.

Kuchlar va vositalar

21 mart kuni boʻlib oʻtgan telefon suhbat davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte koronavirus pandemiyasi boʻyicha vaziyat va unga qarshi kurash choralarini muhokama qilishdi.

Italiya tomonining murojaatiga javoban Vladimir Putin zarur yordam koʻrsatishga tayyorligini tasdiqladi, Rossiyaning pozitsiyasi pandemiyaga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqining aksariyat davlatlarida yaqqol koʻzga tashlanadigan birlikning yoʻqligi va oʻz-oʻzini izolyatsiya qilishdan keskin farq qiladi.

RF Harbiy-kosmik kuchlarining virusologlar va epidemiyani nazorat qiluvchi uskunalar bilan jihozlangan birinchi Il-76 bortini "Praktik-de-Mare" aviabazasida Italiya tashqi ishlar vaziri Luidji Di Mayo va respublika Qurolli kuchlari bosh shtabi boshligʻi Entso Vicherelli kutib oldilar.

Ular "bunday mushkul paytda Rossiya yordami uchun butun Italiya xalqi nomidan katta mamnuniyat va minnatdorlik bildirishdi”.

Bu juda samimiy edi, chunki Yevropadagi yaqin qoʻshnilari Italiyaga uzoq vaqt davomida hatto pul bilan ham yordam berishga jurʼat etishmadi.

Italiya tashqi yordamga juda muhtoj, chunki respublikada sogʻliqni saqlash tizimining 4824 nafar xodimi kasallangan - bu Xitoydagi koʻrsatkichdan ikki baravar koʻp. Ammo, aynan teskari hodisalar yuz berdi. La Repubblica gazetasi xabar berishicha: XXR hukumati tomonidan Italiyaga yordam uchun yuborilgan niqob va respiratorlar partiyasi Chexiya hukumati tomonidan olib qoʻyildi. Biroq, Chexiya tomoni xuddi shu miqdorda himoya vositalarini yuborishga vaʼda berdi.

Shimoliy Atlantika Alyansi harakatsiz. Italiyaga virusologlar va tibbiy jihozlar bilan jihozlangan bir nechta Rossiya harbiy samolyotlari yuborilganidan soʻng, Italiya hukumati Pentagonga yordam soʻrab murojaat qildi.

Xususan, Italiya Mudofaa vaziri Lorentso Guerini AQSH mudofaa vaziri Mark Esperdan oʻpkani sunʼiy ventilyatsiya qilish uskunalarini va tibbiy niqoblarni  soʻradi. Rim, shuningdek, Italiyada joylashgan amerikalik harbiy shifokorlarining yordamiga umid qilmoqda. Vashingtondan tezkor javob kelmadi.

Rossiyaning toʻqqizinchi Il-76 samolyoti 23 mart kuni ertalab Italiyaga yetib keldi. Barcha zarur uskunalar bilan jihozlangan harbiy shifokorlar guruhi joʻnatildi. Avtotransport vositalari va hududlarini aerozol bilan dezinfektsiya qilish uchun KamAZ avtomobillari bazasidagi mobil tizimlar Italiyaning eng koʻp zarar koʻrgan hududlariga yoʻllanmoqda. Rossiyadan tashqari, italiyaliklarni epidemiyaga qarshi kurashni davlat darajasida qoʻllab-quvvatlashda faqat Venesuyela, Xitoy va Kubadan kelgan tibbiy guruhlar yordam bermoqda.

Rossiya Italiyaga malakali mutaxassislarni, dori-darmonlarni va maxsus jihozlarni yuborish bilan, birinchi navbatda, epidemiyalar va eng xavfli kasalliklar - Ebola, kuydirgi va boshqa kasalliklarga qarshi kurashda oʻzining muvaffaqiyatli tibbiy tajribasini taqdim etmoqda. Albatta, rossiyalik mutaxassislar Italiyada ham nomaʼlum boʻlgan virusga qarshi kurashda yangi muhim tajribani ortiradilar, bu kelajak uchun kerak.

Maxsus tibbiy boʻlinmasi

Italiyadagi Rossiya mutaxassislarining deyarli butun tarkibi - jahon miqyosidagi harbiy virusologlar va shifokorlar elitasidan iborat. Xususan, Rossiya "maxsus tibbiy boʻlinmasi"ni boshqarayotgan general-mayor Sergey Kikot maxsus ishlov berish tizimlarining eng yangi modellarini yetakchi yaratuvchisi va ularni qoʻllash boʻyicha mutaxassis hisoblanadi. U sibir kuydirgisi epidemiologik tarqalishining murakkab sharoitlarida, suv toshqinlarning epidemiologik oqibatlarini bartaraf etishda katta tajribaga ega.

Yetakchi epidemiolog-olim, tibbiyot fanlari nomzodi, polkovnik Aleksey Smirnov epidemiologiya va ahamiyatli yuqumli kasalliklarning oldini olish boʻyicha 70 dan ortiq ilmiy ish yozdi. Ebola virusiga qarshi vaktsinani ishlab chiqishda faol ishtirok etdi.

Tibbiyot fanlar nomzodi, podpolkovnik Gennadiy Yeremin - ilmiy-tadqiqot markazining yetakchi ilmiy xodimi, epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil qilish va oʻtkazish boʻyicha nufuzli mutaxassis.

Tibbiyot fanlari nomzodi, podpolkovnik Aleksandr Yumanov rossiyalik harbiy mutaxassislar guruhi safida Ebolaga qarshi kurash boʻyicha xalqaro dastur doirasida Gvineya Respublikasida koʻchma kasalxona faoliyatini tashkil qilgan. Oʻtgan yili u tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlarda epidemiyaga qarshi kurash boʻyicha Hindistonda ASEAN mamlakatlarining harbiy tibbiy xizmatlari va "SMOA plyus" MEDEX-2019 muloqot formatidagi hamkorlari mashqlarida ishtirok etgan.

Virusologiya sohasidagi mutaxassis, podpolkovnik Vyacheslav Kulish virus tabiatining biologik zarar yetkazuvchilariga qarshi himoya vositalarini ishlab chiquvchi mutaxassis hisoblanadi. U Ebola virusiga qarshi vaktsinalarni, vaboga qarshi vaktsinalarni ishlab chiqishda qatnashgan. Eʼtiborga olish joizki, Rossiya armiyasidagi koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari bugungi kunga qadar kuzatilmaganligi koʻp darajada olimlar va amaliyotchilarning saʼy-harakatlari evaziga erishildi.

Shunga qaramay, 20 mart kuni Rossiya Mudofaa vazirligi kengashining yigʻilishi COVID-19 global muammolarini muhokama qilish bilan boshlandi. Bir hafta oldin qurolli kuchlarda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun tezkor shtab tashkil etildi va harbiylar orasida kasallik aniqlangan taqdirda 32ta gospitalda maxsus boʻlimlar tayyorlandi.

Epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish va koronavirus infektsiyasiga qarshi turish uchun 18-19 mart kunlari “Chkalovskiy” aerodromida shifokorlar va harbiy politsiya ishtirokida radiatsion, kimyoviy va biologik mudofaa qoʻshinlarining maxsus mashgʻulotlari oʻtkazildi. Fuqarolarni qabul qilish va evakuatsiya qilish, karantinni tashkillashtirish va transport oqimlarini tartibga solish masalalari ishlab chiqildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi yaxshilikka ishonadi, lekin har doim mamlakatda, yaqin va uzoq xorijda sodir boʻladigan voqealarni har qanday rivojlanishiga tayyor. Hali hech kim tabiiy epidemiyalar va biologik qurollarni bekor qilmagan.

Asosiy mavzular