15:25 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)
638 0 0

Jurnalist va siyosatshunos Yuriy Svetov Yevropa Ittifoqining asoschilaridan biri boʻlgan Italiya koronavirus pandemiyasidan aziyat chekayotgan bir paytda YEI rahbariyatining harakatsizligini tanqid qildi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Yevropada COVID-19 tarqalishi boʻyicha birinchi oʻrinda turgan Italiyaga harbiy virusologlar brigadasini va tibbiy asbob-uskunalardan iborat yukni yubordi. Shu bilan birga, YEI rahbariyati bu davlatga yordam berish uchun hech qanday choralar koʻrayotgani yoʻq.

Inqiroz tugagach, yevropaliklarning aksariyati oʻzi Yevropa Ittifoqida qolish kerakmi-yoʻqmi, deb oʻylab qolishlari rost, deydi jurnalist va siyosatshunos Yuriy Svetov.

"Menimcha, Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlgan koʻplab davlatlarning qonun chiqaruvchilari, birinchi navbatda yordamga umidvor boʻlganlar, agar ushbu ogʻir vaziyatda yordam koʻrsatilmagan boʻlsa, ushbu ittifoqqa hissa qoʻshishimiz, uning talablarini bajarishimiz kerakmi, deb oʻz-oʻzlariga savol berishadi",- dedi Svetov Sputnik Latviyaga.

Uning taʼkidlashicha, koronavirusdan jabrlangan YEI davlatlariga yordamdan boshqa har qanday masala Bryussel kun tartibidan oʻrin olgan.

"Oʻylaymanki, koronavirus tugagach, davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarda koʻp narsalarga qayta baho beriladi va qayta koʻrib chiqiladi", - dedi siyosatshunos.

Ekspertning toʻliq sharhini quyidagi radiopodkastda rus tilida tinglashingiz mumkin.

Svetov: YES ne pokazыvayet sebya yedinoy semyey, kotoraya boretsya s obщey bedoy
Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (631)

Asosiy mavzular