11:21 10 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
1372 0 0

Nega Baykal qishda poyezd kabi shovqin soladi va yozda undan nimani hidi keladi, qanday qilib mahalliy rux budiga "bajo keltirish" va brusnika daraxtlarini qayerdan qidirish kerak - RIA Novosti materialida.

Irina Ovchinnikova

Baykal koʻli haqida gapirishganda, koʻpincha Irkutsk, Listvyanka, Olxon orolini nazarda tutishadi. Ammo dunyodagi eng chuqur koʻl sohillarining aksariyat qismi Buryatiya respublikasida joylashgan. Bunda dengizga kirish qismi - mahalliy aholi Baykal koʻlini aynan shunday ataydi - qiya boʻlib, suv 25 darajagacha qiziydigan qumli plyaj va koʻrfazlarga ega. Ammo muz qoplagan koʻl ham tomosha qilishingizga arziydi.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Sneg na ozere Baykal

Nega Baykal qishda poyezd kabi guvillashiyu, yozda undan qanday ifor taralishi, qanday qilib bu yerda baykal azimkor ruhi bilan "muloqotga kirishish" mumkinligi va brusnika butasini qayerdan topsa boʻlishi haqida - RIA Novosti materialida oʻqing.

Shishadek muz va koʻl devi

"Koʻpchilik Baykal koʻlining shaffof muzlari tasvirlangan fotosuratlarni koʻrib, koʻlning hamma joyi shunday boʻlsa kerak, deb oʻylashadi, ammo bu unday emas",- deydi mahalliy turfirmalardan birining xodimi Valentin. - 

Odatda, u chor-atrofdagi quruqlik singari, qor qatlami bilan qoplangan boʻladi va muzlarni faqat shamol tufayli sathidan qor qatlami koʻchgan joylarda - koʻpincha koʻlning shimoliy qismida koʻrish mumkin". Valentinning aytishicha, sathidagi iliq suv tufayli koʻl ustidagi muz xuddi oyna kabi silliq va tiniq boʻladi. Bu manzara uzoq vaqt saqlanmaydi, ammo fotosessiyaga ulgursa boʻladi.

Biz goʻzal suratlar olish uchun kelmaganmiz, shu bois janubga tomon - Tanxoy qishlogʻiga yoʻl oldik.

© Sputnik / Kirill Shipitsyn
Led na ozere Baykal

Ulan-Udedan chiqilganda yoʻl taxminan ikki soatni oladi. Yoʻl dovon boʻylab oʻtgan boʻlib, ularni tepasida mahalliy aholi orasida koʻl deviga hadya keltirish - yaʼni "burxanlash" odati saqlanib qolgan. Odatda bu tanga yoki biror shirinlik (konfet) irgʻitish yoki shunchaki yerga suv sepishdan iborat boʻladi.

"Bu qadimiy shaman urf-odatlarining bir qismidir, - deydi Darima ismli gid. - Ammo koʻpincha bu odatga buddaviylar,  pravoslavlar va hatto ateistlar ham amal qiladilar. Qattiq iqlim (keskin kontinental, yaʼni qishda - 40, yozda esa + 40) xuddiki koʻngilsizlik oldini olish uchun shu xilda oʻlpon toʻlashga majbur etadi".

Bu yerda hamma narsada xuddi shunday dinlar va mistika(tasavvuf) qorishmasinini kuzatish mumkin. "Avval biror masala bilan shaman oldiga, keyin lama yoniga boramiz, koʻngilni toʻq qilish uchun nasroniy ruhoniyiga ham murojaat qilishimiz mumkin", - deydi kulib mahalliy aholi.

Suhbat bilan boʻlib vaqt oʻtgani sezilmaydi va mana Baykal ham koʻrinish berdi. Endi yoʻl qirgʻoq chizigʻi boʻylab davom etmoqda, lekin bizni koʻldan temir yoʻl - oʻsha mashhur Trans-Sibir ajratib turadi.

© Sputnik / Igor Onuchin
Avtomobilnaya doroga vdol ozera Baykal

"Men sayyohlarga Ulan-Ude shahriga kelib, Baykal koʻli boʻylab poyezdda Irkutskgacha (yoki aksincha) harakatlanishni maslahat beraman. Albatta, kunduzi, kechasimas!" - deydi Darima. Yozda bunday sayohat paytida poyezd oynasini ochib qoʻyish juda muhim: havodan barra bodring va hatto tarvuz hidi keladi.

Saroblar va muz uyumlari

Qirgʻoqda toʻxtab, 30 santimetr qalinlikdagi qorga choʻkib, muz tomon yuramiz – hamma yoqda qor uyumlari.

Qaysidir soniyada, bu yer goʻyo ideal darajada tekis daladay tuyuladi, ammo muz uyumlari - toroslar Baykal koʻlida turganimizga ishonch hosil qilishga yordam beradi. Bu yerda balandligi oʻn metrgacha yetadigan muz qoyalarini koʻrish mumkin.

© Sputnik / Kirill Shipitsin
Led na ozere Baykal

"Gap shundaki, muz faqatgina bitta qatlamdan iborat emas, u turli zichlikdagi qismlardan tashkil topgan boʻlib, ular bir-biriga nisbatan siljiydi. Muzlar toʻqnashgan joylarda toroslar hosil boʻladi va bu jarayonda shunday baland shovqin kuzatiladi-ki, yaqin atrofda poyezd harakatlanyaptimi, deb oʻylaysiz", - tushuntiradi Darima.

Katta muz boʻlaklari - tort boʻlaklariga oʻxshaydi, boʻlingan joylarida turli: feruza, shaffof va hatto loyqalashgan ranglardagi qavatlarni koʻrish mumkin. Ular yaltillaydi - ob-havo masalasida omad kulib boqdi - quyosh charaqlab turibdi. Rostini aytganda, omadni hech qanday aloqasi yoʻq: Buryatiyada yilda 300 kundan koʻp musaffo osmonni kuzatish mumkin.

© Sputnik / Kirill Shipitsyn
Buddiyskaya Vseblagaya Stupa Velikogo Prosvetleniya na ostrove Ogoy

Baykal oʻziga xos saroblarga ega - yorugʻlikning boshqacha sinishi tufayli, qarama-qarshi qirgʻoq aslidan koʻra yaqinroq koʻrinadi. Aytishlaricha, bu bir nechta sayohatchilarni aldagan. Biriga Listvyankagacha toʻrt-besh kilometrdan soʻng yetib olish mumkindek, tuyulgan. Mahalliy yashovchilarning aslida masofa u oʻylayotganidan oʻn baravar koʻp, degan gapiga sayyoh ishonmagan. U muz ustidan borishga ahd qilgan, ammo boʻron koʻtarilib, sayyoh adashib ketgan va deyarli bir sutkadan soʻng jahldor bir ahvolda qaytib kelgan. Hech kim bilan gaplashishni istamagan.

Shuningdek, bu yerdan, Buryatiyadan Irkutsk tomonga qaraganda, plyajlar koʻrinadi. Bu illyuziyadir – narida faqat qoyalar va jarliklar mavjud.

Kechuv joyi

Baykalga, aynan Tanxoy qishlogʻi hududiga tashrif buyurishning sababi bor - uchta kechuv joyidan bittasini qoldiqlari mana shu qirgʻoqda joylashgan.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Vagonы na meste bыvshey perepravы na Baykale

XX asr boshlarida bir necha yil davomida, unda hali Trans-Sibir temir yoʻli qurilishi oxiriga yetmagandi (koʻlni egib oʻtuvchi eng qiyin qismlardan biri qolgan edi), ikkita ulkan muzyorar kema - "Baykal" va "Angara" suv toʻla temir yoʻl sostavini yetkazib turgan.

© Sputnik / V. Smirnykh
Transsibirskaya jeleznodorojnaya magistral

Baykal qattiq muzlaganida, muz ustiga temir yoʻl yotqizilgan – vagonlar otlar yordamida tortib oʻtkazilgan. Oldingi port hozir - uchta toʻkilishni boshlagan toʻlqinqaytargich burundan iborat, ammo 1904-1905 yillardagi rus-yapon urushi paytida ular qurollar va oziq-ovqatni qabul qilishgan.

© Sputnik / Kirill Shipitsyn
Korabli na ozere Baykal

Bundan bir necha yil oldin, bu yerdan unchalik uzoq boʻlmagan joyda, "Baykalskaya pereprava" tarixiy-yodgorlik majmuasi ochilgan.

Brusnika butalari

Tanxoyda, shuningdek, Baykal biosfera qoʻriqhonasining markaziy idorasi joylashgan (YUNESKO qoʻriqxonalari dunyo tarmogʻiga kiritilgan). Bu yerda bahaybat kedrlardan tashqari, yana ming xildagi oʻsimliklarni, hayvonlardan - qoʻngʻir ayiqlar, kiyiklar, loslar va oʻnlab turdagi toʻngʻizlarni uchratish mumkin. Bularning barchasini uchta ekologik soʻqmoqlardan biri boʻylab yurib, oʻz koʻzlaringiz bilan koʻrishingiz mumkin.

© Sputnik / Kirill Shipitsin
Devushka v natsionalnom kostyume na konkurse ledovыx skulptur v ramkax festivalya Olkhon Ice Fest na ozere Baykal

Ammo qishda ularning faqat bittasi - bir kilometrligi ochiq boʻladi. Oxirida kichkina qishxona boʻlib, uning ichida oʻt qalangan pechka, yogʻochdan yasalgan soʻri va stol bor. Ovchilar tunni oʻrmonda shunday sharoitda oʻtkazadilar. Qoʻriqxonada esa xodim turistik guruhlarni kutib oladi, ularni choy va shakarda ezilgan brusnika bilan mehmon qiladi.

Suhbatdoshning aytishicha, bir vaqtlar Moskvadan kelgan sayyohlar bu mevalar qaysi daraxtda oʻsishini koʻrsatishini iltimos qilishgan (yaʼni turistlarning Buryatiyada ajablanishlari uchun yana bir sabab paydo boʻldi).

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Russkaya izba na territorii Baykalskogo gosudarstvennogo prirodnogo zapovednika

Qoʻriqxona direktori oʻrinbosari Irina Lyasotaning soʻzlariga koʻra, qishda ham yozda ham volontyorlar juda koʻp boʻladi - ular uchun hatto alohida turar-joy ham qurilgan. Koʻpincha Yevropadan, Amerikadan kelishadi, moskvaliklar kam.

Baykal koʻli boʻyida qoʻriqxonaning tashrif markazi bor, unga 2017 yil Buryatiyaga qilgan safari davomida Vladimir Putin ham qadamranjida qilgan (prezident fotosurati eng faxrli joyda bugun).

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Stendы v vizit-tsentre Baykalskogo prirodnogo zapovednika

Tsivilizatsiyadan shunchalik olis masofada texnologiyali stendlar, ekranlar, bolalar kvestlari uchun anturaj va fitochoy ichib, panoramali darchalardan koʻlning jozibador manzarasidan bahramand boʻlish mumkin boʻlgan zamonaviy kafeni uchratish mumkinligi hatto xayolingizga kelmaydi. "Hozir barguzin suvsarlarini borib koʻramiz, bu yerda volyer bor", - deydi gid. Oddiy toʻr bilan oʻralgan hudud yoki oddiy hayvonot bogʻiga oʻxshash maskanni koʻrishga chogʻlanasiz.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Baykalskiy prirodnыy zapovednik

Ammo adashganingiz aniq boʻladi - Grom(Momaqaldiroq) va Tuchka(Bulutcha) toshlar va serbutoq toʻnkalar joy olgan ajoyib keng volyerda yashashini koʻrasiz. Bundan tashqari, hayvonlarning shaxsiy tvitter-akkauntlari ham bor. Ularning kun tartibi ham erkin - xohlaganlarida dam olishadi. Bu gal bizga omad kulmadi - aka-singillar uyquda ekan.

© Sputnik / Irina Ovchinnikova
Ekologicheskaya tropa v zapovednike, Baykal

Jonivorlarni uygʻoq holatda koʻrish - bu yerga qaytishimiz uchun yana bir bahona boʻldi. Albatta, kunlar uzaygan, Baykal koʻli uzra esa yengil meva ifori taralgan bir vaqtni tanlaymiz.

* Materialni tayyorlashda yordam bergani uchun Buryatiya Respublikasining Axborot siyosati boʻyicha qoʻmitasiga minnatdorlik bildiramiz.

Asosiy mavzular