20:02 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
1251 0 0

Bu juda oddiy tuyulishi mumkin, ammo epidemiya boshlanishida eng samarali chora bu profilaktika, yaʼni yuqtirganlarni aniqlash va ular bilan aloqada boʻlganlarning barchasini oʻz vaqtida izolyatsiya qilishdir

TOSHKENT, 28 mar - Sputnik. Virus chegara bilmaydi va hech bir davlat chetda qolmaydi, shuning uchun qoʻl qovushtirib oʻtirish mumkin emas, deya takrorlashmoqda Xitoyda. Ushbu davlat tomonidan koʻrilgan choralar samaradorliligini isbotladi. U yerda vaziyat asta-sekin normallashmoqda. RIA Novosti xitoylik olim va shifokorlarga murojaat qilib, ulardan pandemiyaga qarshi asosiy tavsiyalari va yoʻl qoʻyilgan xatolar borasida fikrlarini soʻradi.

Bu juda oddiy tuyulishi mumkin, ammo epidemiya boshlanishida eng samarali chora bu profilaktika, yaʼni yuqtirganlarni aniqlash va ular bilan aloqada boʻlganlarning barchasini oʻz vaqtida izolyatsiya qilishdir, - deb tushuntiradi XXR Sogʻliqni saqlash davlat qoʻmitasi oliy ekspert komissiyasi rahbari Chjun Nanshan. Ammo koronavirus pnevmoniyasining oʻziga xos xususiyati shundaki, birinchi alomatlar namoyon boʻlgunga qadar infektsiyaga chalingan odam virusni boshqalarga yuqtirishi mumkin. Buni oldindan bilish qiyin, shu bois aloqada boʻlganlarning barchasini tekshirish muhim.

"Ayrim mamlakatlarning faqat kasallanganlardan analiz olish yondoshuvini qoʻllab-quvvatlamayman, chunki bunda yashirin infektsiya holatlarini qoʻldan chiqarish mumkin. Barcha chet eldan keladiganlarni nuklein kislotalariga tekshirish kerak va test namunalarini tomoqdan emas, balki burundan olgan yaxshiroqdir", - deydi Chjun Nanshan.

Koronavirus pnevmoniyasi yuqori darajadagi infektsiyalanish va oʻlim holati bilan ajralib turadi. Akademik ogohlantiradi: omon qolganlarda virusga umrbod orttirilgan immunitet hosil boʻlishi haqida hech qanday dalil yoʻq, shuning uchun keyingi vazifa -  samarali vaktsinalarni ishlab chiqish va tayyorlashdir, buning uchun esa xalqaro hamkorlik talab etiladi.

"Xitoyda ommaviy xususiyatga ega notibbiy choralar qoʻllanildi, yaʼni: izolyatsiya, tibbiy nazorat, aloqalar cheklovi va shaxsiy himoya vositalari. Bu infektsiya tarqalishini oldini olishga va kasallanish soni oshishiga yoʻl qoʻymaslikka imkon berdi. Boshqa mamlakatlarda ham xuddi shunday harakat qilish kerak. Qanchalik tez boʻlsa, shuncha yaxshi", - deydi qatʼiyat bilan Xitoy Sogʻliqni saqlash davlat qoʻmitasining yangi koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish boʻyicha Ekspert komissiyasi rahbari Lyan Vannyan.

Xitoyda turar joylar qatʼiy yopiq rejimga oʻtkazildi: hududga kirish uchun bitta yoʻlak boʻlib, unda har bir odam harorati tekshiriladi, axlat va maishiy chiqindilar saralanadi va zararsizlantiriladi; supermarketlarda xaridorlar soni cheklangan; profilaktika toʻgʻrisida maʼlumotlar hamma yoqda yopishtirilgan.

Transportga alohida eʼtibor qaratish lozim, deydi Xubey provintsiyasi Markaziy boshqaruv guruhining kichik dahalar darajasida oldini olish va epidemiyaga qarshi nazorat boʻyicha ekspert guruhi rahbari U Xao. Yoʻlovchilar oqimi va vagonlardagi tirbandlikni kamaytirish maqsadida Pekin metrosi hatto metroda ertalabki yoʻnalishlarga smartfondagi ilova orqali dastlabki buyurtmalar dasturini ishga tushirdi. Kasalxonalar yoki turar-joy binolari yaqinidagi barcha stantsiyalar kislorod uzatish tizimlari bilan jihozlandi. Platformalar, tunnellar va ventilyatsiya xonalari kuniga bir necha marta tozalanadi va dezinfektsiya qilinadi.

"Oʻtkir nafas olish sindromi (SARS) epidemiyasidan 17 yil oʻtgach, biz ushbu kasallikni bir marotabali deb hisoblaganmiz, bunga oid tizimli tadqiqot ishlari olib borilmagan, shuning uchun biz yetarli darajada tayyor emas edik", - deydi akademik Chjun Nanshan yoʻl qoʻyilgan xatolardan biri toʻgʻrisida. Bu safar xitoylik olimlar Uxandagi infektsiyaning qoʻzgʻatuvchisini tezda aniqladilar. Mamlakatda darhol epidemiyaga qarshi kurash rejalari ishlab chiqildi, bu 2003 yilga nisbatan katta qadamdir".

"Shifokorlar imkon qadar avvalo oʻzlarini himoya qilishlari lozim va shundan keyingina boshqa odamlarni qutqarish bilan shugʻullanishlari kerak", - deb taʼkidlaydi RIA Novosti agentligi suhbatdoshi. Epidemiya boshlanishida, himoya choralari toʻgʻrisida xabardorlik yoʻqligi va tibbiy vositalar va jihozlarning yetishmasligi tufayli, uch mingga yaqin tibbiyot xodimi infektsiyaga chalindi. Bu ularning ishtiyoqi va mehnat qobiliyatiga putur yetkazdi. Ammo xatolar eʼtiborga olindi va tez orada Uxanga qoʻshimcha 50 ming shifokorni yuborish imkoniyati paydo boʻldi.

Uxan universiteti Jamiyatshunoslik fakulteti dekani Xe Syuyefenning taʼkidlashicha, Xitoyda odamlarni tashkillashtirishning uchta asosiy shakli ishga tushirildi. Birinchisi - korxonalar va tashkilotlar ishchilari darajasida. U yerda har bir xodimning harakatlanishi va sogʻligi holati nazorat qilindi.

Ikkinchisi kichik dahalar darajasida. Boshqaruv kompaniyasi, mulkdorlar shirkatlari yoki uy boshqaruvi yashovchilarni safarbar qiladi va shaxsiy va jamoaviy himoya choralari toʻgʻrisida tashviqot olib boradi. Va nihoyat, uchinchisi – oʻz-oʻzini tashkil etish. Har bir turar-joy binosi faollari umumiy tartibni kuzatdilar. Qizigʻi shundaki, epidemiya paytida bunday harakatlar qoʻshnilarni bir-birilari bilan urishtirmaydi-da, aksincha, oʻzaro yordam ruhini kuchaytiradi, deydi RIA Novosti suhbatdoshlari. - Masalan, agar oiladagi barcha kattalar virusni yuqtirgan va kasalxonaga yotqizilgan boʻlsa, bolalar esa karantindan keyin uylariga qaytgan boʻlishsa, uy uchun maʼsul shaxs voyaga yetmaganlarga qoʻshnilar tomonidan navbatma-navbat gʻamxoʻrlik qilinishini taʼminlaydi.

Yevropada ham oʻzaro koʻmak va yordam kuchaydi. Ammo intizom hali ham muammo boʻlib qolmoqda. Buni ham oʻrganish kerak boʻladi - boshqa yoʻl yoʻq.

"Uxan alokada" - bu Xitoy Mediakorporatsiyasi va "Rossiya segodnya" XAAning "Rossiya-Xitoy: muhimlari" axborot xizmati tomonidan tayyorlangan loyiha.

Asosiy mavzular