Koronavirus - biologik qurolmi?

© REUTERS / DADO RUVICProbirka s koronavirusom 2019-nCoV
Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Amerikalik olimlar koronavirus sun’iy kelib chiqqanligi ehtimolini o‘rgandilar. Ular ushbu virus biologik qurol bo‘lishi mumkinmi, degan savolga javob izladi

TOShKENT, 31 mar — Sputnik. Amerikalik olimlar koronavirus tabiati haqida o‘tkazgan tadqiqotlarini "Nature Medicine" ilmiy jurnalida chop etishdi.

Anomalnaya jara - Sputnik O‘zbekiston
“Korona”ni o‘ldiradigan havo qachon keladi – sinoptiklar javobi

Asosiy maqsad oddiy: koronavirus - bu biologik qurol ekanligi haqidagi ma’lumotni tasdiqlash yoki inkor etish.

SARS-CoV-2 odamlarni kasallantirgan yettinchi koronavirusdir. Shu bilan birga, o‘zining keng tarqalishi bilan "kasallik sun’iy yaratilmaganmi", degan mazmunda keng muhokamalarga ham sabab bo‘ldi, deb yozadi tadqiqotchilar.

Koronavirusdan nega qo‘rqish kerak emas - tabib bilan intervyu >>>

Materialga ko‘ra, olimlar virus bilan bog‘liq mutatsiyalarni va COVID-19 oqsil-tikani ustida tadqiqot olib borganlar.

Sun’iy viruslarni yaratishning mavjud usullari va ularga ulanadigan qo‘shimchalarni taqqoslab chiqqan olimlar, koronavirus sun’iy ravishda yaratilmagan degan xulosaga kelishdi, chunki ular genomda o‘xshash elementlarni topa olishmadi.

"Ammo, genetik ma’lumotlar, shuni isbotlamoqdaki, SARS-CoV-2 ilgari ishlatilgan virusning qoldiqlaridan olinmagan. Buning o‘rniga biz SARS-CoV-2 kelib chiqishiga ishonchli izoh beruvchi ikkita ssenariyni taklif etamiz: zoonoz tashuvdan oldin uy hayvonlaridagi tabiiy tanlanish yoki zoonoz tashuvdan so‘ng odamlardagi tabiiy tanlanish", - deb yozadi mualliflar.

Shu bilan birga, tadqiqot mualliflari virusning kelib chiqishi haqidagi savolni ochiq qoldirganlar va u inson organizmiga aynan Uxan shahrida tushgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi faktni inkor etmaganlar.

Yangiliklar lentasi
0