Qimmat neft qachon qaytadi

© AP Photo / Craig RuttleTorgi na fondovoy birje v Nyu-Yorke
Torgi na fondovoy birje v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Neft - bu shunday bir mavzuki, unda xilma-xil: ham ijobiy, ham salbiy yo‘nalishda rivojlanishi mumkin bo‘lgan variantlarni hisobga olish kerak bo‘ladi...

Aleksandr Sobko

Neft narxlari kelajagini muhokama qilish hali ham dolzarbdir. Albatta, hozir talabning pasayishi sharoitida narxlar talab va taklifning mutanosibligini aks ettirmaydi. Va ko‘p jihatdan ular xaridorlarning omborlarini mutlaqo arzon narxlarda to‘ldirish istagi bilan belgilanadi (boshqa narsa bilan belgilashni imkoni yo‘q xam), chunki neftning joriy narxi ko‘plab ishlab chiqaruvchilarning hatto qisqa muddatli operatsion xarajatlarini ham qoplamaydi.

Ekspert: neft bo‘yicha muzokaralardan hammadan ko‘proq Tramp manfaatdor

Dunyo miqyosida talabning pasayishi baholanishi turlicha. Yaqindagina aprel oyidagi tahminlar kuniga 15-20 million barrelga, ya’ni kunlik dunyo iste’molining 15-20 foiziga pasayishini bashorat qilgan. Endi esa gap 25 million haqida ketmoqda. Ushbu fonda, mavjud omborhonalar necha hafta yoki bir necha oy davomida yetishi muhokama qilinmoqda, ularning to‘ldirilishi hech bo‘lmaganda narxlarni ushlab turish va ishlab chiqarilgan barcha neftni "bog‘lab turish" imkonini beradi.

Narxlar urushi va neft qazib olishning jiddiy o‘stirish haqida gapirish uchun hech qanday asos yo‘q deb taxmin qilish uchun barcha asoslar bor (bu "OPEK+ bitimi" qulagandan keyin ba’zi ishlab chiqaruvchilar tomonidan e’lon qilingan). Bundan tashqari, ushbu qo‘shimcha hajmlarni sotish qiyin bo‘ladi va umuman olganda, hozirgi sharoitda bunday qadamlar mutlaq noma’qul. Shu bilan birga, ta’minotchilar tomonidan hajmining darhol pasayishini kutish ham mumkin emas. Ayrim joylarda, ishtirokchilar bozor ulushini saqlab qolishmoqda, ayrim joylarda esa texnologik jarayonlarni to‘xtatish oson emas. Hozircha taklif tomonidan slanes nefti qandaydir o‘ziga xos munosabatini bildirdi: AQShda burg‘ulash qurilmalari soni haftasiga darhol 40 donaga (664 dan 624 gacha) kamaydi. Biroq, bu yerda ham ishlab chiqarishga ta’siri darrov bilinmaydi. Saudiya Arabistoni may oyida kuniga qo‘shimcha 600 ming barrel eksportni e’lon qildi - bu savdoning bir elementi bo‘lishi mumkin, chunki eng yirik neft ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida yangi bitim tuzilishi kun tartibida parda ortida qolmoqda.

Zasedanie Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Rossiya va Saudiya Arabistoni bilan neft borasida muzokaralar boshlanishini e’lon qildi

"OPEK+ bitimi" qulashi sabablari tobora kamroq muhokama qilinmoqda. Koronavirus kartalarni aralashtirib tashladi. Va ushbu fonda kim haq, kim aybdorligini tushunish endi oson emas va eng asosiysi - befoyda. Talabning hozirda biz ko‘rib turgan bunday pasayishi (mart oyining boshida, Saudiya Arabistoni kuniga 1,5 million barrelga qo‘shimcha cheklovlarni talab qilgan va bu kelishuvni bekor qilgan) hech qanday bitimni qoplay olmasligi aniq.

Shunga qaramay, baribir neft bozorini barqarorlashtirish masalasi har qanaqasiga kun tartibida qolmoqda. Va qisman - paradoksal tarzda - eng yirik ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi yangi kelishuv bir oy oldingi vaziyatdan ham muhimroq bo‘lib qolmoqda. Chunki aks holda, qisqa vaqt ichida narxlarni to‘g‘rilashning ilojisi umuman yo‘q.

Oddiy hisob-kitoblar: deylik, ikki oy ichida taxminan bir milliard "qo‘shimcha" barrelni omborxonalarga joylashtirilsa (aytaylik, 50 kun davomida kuniga 20 million - amalda yetarli joy bo‘lishi kerak). Bu kelgusi yil uchun kuniga uch million barreldan qo‘shimcha yetkazib berish taklifi demakdir. Va bu to‘liq tiklangan talab va inqirozgacha cheklangan ishlab chiqarish hajmlarning (OPEK+ kelishuvi bo‘yicha) juda optimistik shartida.

Neftedobivayushee predpriyatie - Sputnik O‘zbekiston
"Bozor hazm qila oladimi?" Norvegiya neft qazib olishni ko‘paytirmoqchi

Yuqoridagilardan ayon bo‘ladiki, nima uchun asosiy versiyada, ya’ni neft ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida "oqqushlar" shaklidagi global kelishuv shaklisiz- kelgusi haftalarda karantin choralari tugasa ham, kuzatuvchilar narxlarning (yil ohirigacha bir barrel uchun 40 dollarga teng darajalar) juda sekin tiklanishini ko‘rishmoqda.

Voqealar qanday rivojlanadi?

Nazariy jihatdan bizda ikkita variant bor. Birinchidan, "bozorning ko‘rinmas qo‘li", bu haddan tashqari ishlab chiqarish va past narxlar yetarlicha investitsiya kiritmaslik va defitsit bilan almashtirilganda narxlarni keng diapazonda o‘zgaruvchanligiga olib keladi. Ikkinchisi, OPEK, OPEK+ yoki undan ham kengroq koalitsiyalari doirasidagi tartibga solish mexanizmlari.

Neft urushi: Vashington asosiy taqiqni buzdi

Yaqinda biz muhokama qilgan narsa - istalgan, ammo hali ham gipotetik ssenariy voqealarning tobora real rivojlanishiga aylanib bormoqda. Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni Vladimir Putin va Donald Tramp telefon orqali suhbat chog‘ida energetika vazirlari orqali neft bozori bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar. Texaslik neftchilar Temir yo‘l komissiyasidan (aslida bu shtatning neft bozorini tartibga soluvchisi, tarixan shunday bo‘lgan) qora oltin qazib olishga qo‘yilgan cheklovlarni ko‘rib chiqishni so‘radilar.

Darhaqiqat, talabning pasayishi natijasida vujudga kelgan shok misli ko‘rilmagan. Neft narxi allaqachon 90-yillarning oxiri - 2000-yillarning boshlari darajasiga kelib bo‘lgan, ammo bu nominal ko‘rinishdagina. Rasman inflyatsiya hisobga olingan taqdirda ham, ular bir yarim baravar past. Shu bilan birga, so‘nggi 20-yil ichida zaxiralarning sifati keskin pasayib ketdi, ya’ni butun dunyo bo‘ylab neft qazib olish tannarxi oshdi.

Uning og‘ir navlari uchun umuman salbiy narxlar yoki jo‘natish joyida dollar birligiga yaqin bo‘lgan qayd etildi (gap shundaki, bu neftning sifati past, shuning uchun u klassik birja navlariga nisbatan chegirma bilan sotiladi va iste’mol joylariga tashish qimmatligi bilan bir qatorda, xom ashyo narxi nolga yaqinlashadi).

OPEK slanes nefti qazib olishning “oltin davri” tugashini taxmin qilmoqda - Bloomberg

Hatto ko‘plab kompaniyalarning operatsion xarajatlari hozirgi narxlardan bir oz past bo‘lmoqda. Bunday kompaniyalar qanday munosabat bildirishlari kerak? Ishlab chiqarishni to‘htatishi kerakmi? Va narx darajasi kerakli darajaga chiqishi bilanoq (aytaylik, 30 dollar)uni darhol qayta jonlantirish kerakmi? Zararga ishlashi kerakmi? IHS Markit bashoratiga ko‘ra apreldan iyungacha yaqin dunyo miqyosida neft qazib olishni kuniga o‘n million barrelga qisqartirilishi mumkin.

To‘liq tannarx (kapital xarajatlarini hisobga olgan holda) haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Kompaniyalar kelajakdagi investsiyalarning o‘nlab milliard dollarlarga qisqartirilishini e’lon qilib bo‘lishdi.

Takror aytamiz, uzoq narxlar urushi bilan bog‘liq variant emas, balki uzoq vaqt davomida muvozanatni tiklanishi varianti ehtimoldan xoli emas. Biroq, endi yangi kelishuvlar yanada o‘rinliroq ko‘rinadi. Ammo qanday sharoitlarda?

Keling, bir oyga qaytib, "OPEK+ bitimi"ga asosiy da’vo nima ekanligini eslaylik. Bunda, neftning yuqori narxlarini (bir barrel uchun 60-65 dollar) ushlab turish bilan ishlab chiqarishni qisqartirish orqali, uning ishtirokchilarining  bozor ulushini boshqa ishlab chiqaruvchilarga, birinchi navbatda amerikaliklarga berildi.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s naslednim prinsem Saudovskoy Aravii M. ibn Salmanom Al Saudom - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ shartnomasini muddatsiz davrga uzaytiradi

Kuzatuvchilarning bir qismi kelishuvni aynan shu uchun tanqid qildi, boshqa qismi ahamiyatsiz qisqartirishlar katta daromad olish imkoniyatini berishini ko‘rsatdi - va bundan foydalanib qolish kerak, keyin esa vaqt ko‘rsatadi.

Bunday vaziyatda murosa va oltin o‘rtalik qo‘ldan boy berildi - asosiy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kelishuvni neft narxi barrel uchun 50-55 dollar darajasida ushlab turishga mos ishlab chiqarish sharoitlarida saqlab qolish. Bunday holda, yangi "slanes" o‘sishi deyarli ro‘y bermaydi. Ko‘rinishidan, "OPEK+ bitimi"ning muvaffaqiyati va bir barrel uchun narx darajasi 60-70 dollarni tashkil qilish "muvaffaqiyatidan o‘zimizni yo‘qotishimizga" olib kelganini tan olishimiz kerak.

Ammo muammo faqat slanes neftida bo‘lganida, amaldagi siyosat bir qator o‘zgartirishlar bilan davom ettirilishi mumkin edi. Oxir oqibat, vaqt o‘tishi bilan va slanes zaxiralari sifatining asta-sekin pasayishi bilan Amerika ishlab chiqarishi barqarorlashayotgani guvohi bo‘lar edik.

Bu yerda Rossiya rasmiylari "OPEK+ bitimi" qulaganidan keyin intervyularida aytib o‘tgan yana bir omil ham bor. Slanes neftidan tashqari, yuqori narxlarda, bozorga boshqa ishlab chiqaruvchilar ham, birinchi navbatda, dengizda qazib olish sohasidagilar kirishni boshladilar. Va slanes ishlab chiqaruvchilardan farqli o‘laroq, ushbu loyihalar davomiy – bir marotaba katta kapital sarflardan so‘ng, bunday neft arzon narxlarda ham ishlab chiqariladi. Ularni mo‘’tadil narxlar urushi yordamida olti oy yoki bir yil ichida "o‘chirish" ish bermaydi.

Dengiz neft platformasi - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya va OPEK qazib olinayotgan neft hajmini “muzlatish”ga kelishib olishdi

Xulosa o‘rnida. Koronavirus talabning misli ko‘rilmagan qulashiga olib keldi. Mavjud vaziyatning barcha aniq kamchiliklari sharoitida u hammaga kelishib olish uchun noyob imkoniyatini ochdi.

Voqealarning hozirgi rivojlanishida bozorning barcha ishtirokchilari noqulayliklarga duch kelishadi. Slanes qazib olish bosim ostida. Eng yirik neft TMKlari allaqachon kapitallashuvning yarmidan ko‘pini yo‘qotib bo‘ldi va o‘zining investitsiyaviy dasturlarini (va aslida barcha uzoq muddatli strategiyalarni) qayta ko‘rib chiqmoqdalar. Darvoqe, zarba ostida, zanjir bo‘ylab suyultirilgan tabiiy gaz ishlab chiqarilishi ham. Bir necha kun oldin Shell  Amerikaning Lake Charles STG loyihasidan chiqishini e’lon qildi (ishlamayotgan, loyiha endigina tayyorlanmoqda)

Koronavirus OPEK+ ning qisqarish darajasi haqida eski munozaralarni bekor qildi. Ammo u bitimda ishtirok etmayotgan neft ishlab chiqaruvchilar faqat yuqori narxlarning afzalliklaridan foydalanish muammosini amalda qoldirdi. Va yangi sharoitlarda minimum dasturi - "Katta uchlik": Rossiya, OPEK va AQShning kelishuvlari. Maksimum dasturi boshqa ishlab chiqaruvchilarni jalb qilish, ehtimol mamlakatlar orqali emas, balki ma’lum kompaniyalar orqali.

Ammo neft narxini bashorat qilish noshukur ishdir. Undan ko‘ra, yaqin kelajakda kutilayotgan yangi kelishuv haqida munozaralar olib borish yoqimli va oson. Shu bilan birga salbiy ssenariy ("har kim o‘zi uchun", sekin tiklanish kabi) ehtimoli haqida ham unutmaslik lozim. Neft - bu shunday bir mavzuki, unda xilma-xil: ham ijobiy, ham salbiy yo‘nalishda rivojlanishi mumkin bo‘lgan variantlarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Ayni vaqtda qora oltin narxining real ifodada 1998-yil darajasiga tushishi buning yaqqol misoldir. Axir, bir oy oldin bu aql bovar qilmasdek, tuyulgan edi.

Yangiliklar lentasi
0