Koronavirus haqidagi haqiqat va yolg‘onni qanday farqlash mumkin – ekspert maslahati

© Sputnik / Tabildi KadirbekovSpetsialist po vneshnim kommunikatsiyam odnogo iz mobilnix operatorov KR Marina Kim
Spetsialist po vneshnim kommunikatsiyam odnogo iz mobilnix operatorov KR Marina Kim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Messenjerlar COVID-19 haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlar tarqatuvchi asosiy vosita sanaladi, deb hisoblaydi ekspert.

Ba’zan koronavirus haqida axborotning haqiqat ekaniga ishonish qiyin, zero u haqida xabarlar juda ko‘p.

Qirg‘izistondagi uyali aloqa operatorlaridan birining tashqi kommunikatsiyalar bo‘yicha mutaxassisi Marina Kim ijtimoiy tarmoqlardagi yolg‘on xabarni qanday aniqlash borasida fikr bildirdi.

“Hatto men, media savodxonligi o‘qituvchisi, ba’zan yolg‘on xabarga tayyorlanmagan kishi singari munosabat bildiraman. Odatda birinchi munosabat – bu shok, ana undan keyingina tanqid ko‘zi bilan qaray boshlaysan”,  - dedi Marina Kim Sputnik Qirg‘izistonga bergan intervyusida.

Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Firibgarlar hushor: koronavirus paytida sizni aldashlariga qanday yo‘l qo‘ymaslik mumkin

Uning so‘zlariga ko‘ra, yolg‘on xabar tarqatuvchi asosiy vosita bu messenjerlardir. U yerda odamlar biri biriga noma’lum kimsalar tomonidan tarqatilgan ma’lumotlarni ulashishadi.

“Qoida shunday: agar xabar faqat shu chatda bo‘lsa, bu yuz foiz yolg‘on. Internetda qidirib ko‘ring, agar hech qayerda uning tasdig‘ini topmasangiz, demak, xabar yolg‘on”, - deya tushuntiradi ekspert.

U xabarlarni tekshirilgan ma’lumotlarni berib boradigan rasmiy kanallar orqali olish muhim ekanini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi COVID-19 koronavirusi haqida barcha zaruriy ma’lumotlarni coronavirus.uz hamda telegramdagi Koronavirus Info kanali orqali olish mumkin.

Qolaversa, 1003 yagona qisqa raqamli Call-markaz ishga tushirilgan. Fuqarolar ushbu raqamga qo‘ng‘iroq qilib, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq barcha savollarga malakali mutaxassislardan tibbiy asoslangan javob va tavsiyalarni olishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0