05:30 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
227220

Mutaxassis fikriga koʻra, Amerika va Yevropada oziq-ovqat yetishmasligi tufayli oʻgʻirlik va bosqinchilik jinoyachtlari keskin oshishi mumkin.

TOSHKENT, 6 apr - Sputnik, Maksim Rubchenko. Dunyo boʻylab karantin tufayli uyda oʻtirishga majbur boʻlgan millionlab odamlarda pul va sabr-toqat tugamoqda. Taʼminot zanjirlarining uzilishi natijasida kelib chiqqan oziq-ovqat tanqisligi hatto boy mamlakatlarda ham tartibsizliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Yevropa va AQShda ijtimoiy nizolar allaqachon avjiga chiqmoqda. Keyinchalik nimalarni kutsa boʻladi, bu haqda RIA Novosti materialida.

"Och oʻyinlar"

"COVID-19 pandemiyasi millionlab odamlarning hayotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Samarasiz siyosiy qarorlar oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqarmoqda va bu keng koʻlamli gumanitar falokatga olib keladi", - dedi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Tsyuy Dongyu.

Uning taʼkidlashicha, koronavirusning avj olishi barcha taalluqli karantin choralari bilan birgalikda katta logistika muammolarini keltirib chiqardi. "Dunyoda barchani toʻydirishga oziq-ovqat yetarli, - deydi FAO rahbari. - Ammo biron joyga oziq-ovqat yetib bormasligi xavfi katta".

FAO taʼminot uzilishlarini minimallashtirish uchun "global, kelishilgan va izchil" harakatlarga chaqirmoqda. Eng muhimi: Tsyuy Tsongyu oziq-ovqat eksportini cheklab boʻlmaydi deb hisoblaydi.

"Bunday cheklashlar jahon bozorida jiddiy tanazzulga olib keladi, narxlar koʻtarilib ketadi va koʻpchilik uchun oziq-ovqat mahsulotlari yetishmay qoladi", - deya xulosa qildi u. Bunday vaziyatda keng miqyosdagi ijtimoiy nizolar hatto boy mamlakatlarda ham yuzaga kelishi mumkin.

FAOning tashvishi asosli. Dunyodagi guruch yirik eksportchilarining uchtasidan biri boʻlgan Vyetnam ushbu donning eksportini toʻxtatib qoʻydi. Qozogʻiston bugʻdoy uni, grechka va sabzavotlarni, shu jumladan piyoz, sabzi va kartoshkani eksport qilishni taqiqladi. Rossiya grechka va guruchni chet elga sotmay qoʻydi, Belarus esa grechka, piyoz va sarimsoqni.

Gʻarb ekspertlari bugʻdoyning eng yirik eksportchisi - Rossiya don yetkazib berishni toʻxtatsa nima boʻlishini muhokama qilishdan qoʻrqishmoqda. Chikagodagi savdo birjasidagi bugʻdoy ikki hafta ichida 11 foizga oʻsgani ajablanarli emas.

"Biz chak-chegaraga yetdik"

Chegaralar yopilishi munosabati bilan agrosanoat majmuasidagi quyi lavozimlarda odatda mehnat muhojirlariga tegishli boʻlgan ishchi kuchlari halokatli tarzda yetishmayapti. Fermalarda hosil yigʻib olgani odam yoʻq, qushhonalarda va goʻshtni qayta ishlash zavodlarida deyarli hech kim qolmadi, hatto oziq-ovqatlarni tashish ham katta muammo.

Qishloq xoʻjaligida inqirozga yoʻl qoʻymaslik uchun, Yevroittifoq epidemiya xavfiga qaramay, "favqulodda muhim ishchilar", shu jumladan mavsumiy terimchilarni va yuk mashinalari haydovchilariga kirishga ruxsat berdi.

Biroq, bu aholiga pul bilan yordam bermaydi. Shu kunlarda, Gʻarbning yetakchi ommaviy axborot vositalari ijtimoiy tarmoqlardagi videoni tarqatishdi, unda Italiyaning Palermo shahrida yashovchi bir kishi uning oilasi uch hafta karantinda yotganidan keyin bir tsenti ham kolmaganini, va qizida "shaharning boshqa bolalari singari" - oxirgi non boʻlagi qolganini gapirgani qoʻrsatilgan.

"Odamlar 15-20 kundan beri qulflangan va ular chegaraga yetdi, - deb ogohlantirdi u. - Siz bundan afsuslanasiz, biz qoʻzgʻolon koʻtaramiz".

Palermo meri Leoluca Orlando jurnalistlarga, Italiyaning janubidagi tartibsizliklar xavfi juda katta, chunki fuqarolarning noroziligidan "tizimni beqarorlashtirishga" harakat qilayotgan jinoiy tuzilmalar foydalanishga urinmoqda.

"Vaqt oʻtgani sayin, shuncha kam resurs qolmoqda. Odamlarning shundoq ham kam mablagʻlari tugamoqda. Tez orada ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklar paydo boʻladi", - dedi Orlando.

Italiyaning Janubiy mintaqalar boʻyicha vaziri Juzeppe Proventsano ham ijtimoiy keskinliklar va mamlakatning kambagʻal hududlarida fuqarolar tartibsizliklari ehtimoli oshganini taʼkidladi. "Aholining katta qismining sogʻligʻi, daromadlari va kelajagi haqida xavotiri tezda gʻazab va nafratga aylanishidan qoʻrqaman", - dedi u La Repubblica gazetasidagi intervyusida.

Nashrning xabar berishicha, Palermo va Neapolda politsiya supermarketlarni bir necha bor talon-taroj qilish holatlaridan keyin oʻz himoyasiga olishiga toʻgʻri keldi. Ijtimoiy tarmoqlarda hatto biron bir doʻkonga xujumda  qatnashish takliflari ham mavjud.

Vaqt masalasi

Amerikalik mutaxassislarning AQShda vaziyat yaqin orada "Italiya stsenariysi" boʻyicha davom etishiga shubhalari yoʻq. Bunga kamida uchta omil hissa qoʻshadi. Birinchisi moliyaviy. Ikki hafta ichida ishsizlik boʻyicha nafaqa olish uchun yangi arizalar soni oʻn millionga yaqinlashdi. Aprel oyida bu raqam, barchaning fikriga koʻra, yana 3-4 baravarga oʻsadi.

Shu bilan birga, GOBankingRates analitik kompaniyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, dekabr oyida amerikaliklarning 69 foizi oʻzlarining omonat hisobvaraqlarida ming dollardan kam mablagʻ qolgan, shu jumladan respondentlarning 45 foizi oʻzlarining umuman omonati yoʻqligini va oylikdan oylikkacha yashashlarini tan olishgan. Epidemiya boshlanganida ular oziq-ovqat va zarur tovarlarni gʻamlab ololmaganlari aniq, endi esa koʻpchilik oʻz ish haqqilarini yoʻqotib, hamma narsadan ayrildilar.

DailyMail gazetasining yozishicha, Los-Anjelesning oʻzida, uysizlar uchun Skid Row bepul ovqatlanish oshxonasiga tashrif buyuruvchilar soni uch baravar koʻpaydi. "Xayriya tashkilotlariga yordam murojaatlari haddan tashqari koʻp, ularning moliyaviy resurslari esa tugab bormoqda", - deb yozadi nashr.

Tez orada millionlab amerikaliklar oʻzlarini va oilalarini boqishi uchun yangi usullarni izlashga majbur boʻlishadi. Va har doim ham bu usullar qonuniy boʻlmaydi.

Ikkinchi omil - bu mahsulotlarning taqchilligi. Mart oyidagi talabdan keyin Amerika oziq-ovqat doʻkonlari hanuz tiklanolmadi. Va gap shunchaki aqldan ozgan odamlar yuzlab rulonlarda hojatxona qogʻozini sotib olishda emas.

Odatda, amerikaliklarning 36%i uydan tashqarida ovqatlanadilar - kafelarda, oshxonalarda, restoranlarda. Biroq, karantin tufayli umumiy ovqatlanish nuqtalari yopildi, endi hamma uyda pishirmoqda va shunga mos ravishda oziq-ovqatlarni supermarketlarda sotib olishmoqda. Amerika savdo tizimi bunday holatga moʻljallanmagan.

Va nihoyat, epidemiya koʻplab davlat xizmatlarining, shu jumladan huquqni muhofaza qilish organlarining ishini izdan chiqardi. Nyu-York, Detroyt, Los-Anjeles va boshqa shaharlarda yuzlab politsiya xodimlari COVID-19 bilan kasallangan. Yangi infektsiyalanish holatlarini oldini olish uchun mahalliy hokimiyat politsiya guruhlarini chaqiruvlarga yetib borish sabablari roʻyxatini cheklamoqda.

Xususan, Tsintsinnatida endi politsiya itning tishlashi, avtomobil raqamlarini oʻgʻirlanishi, telefon orqali tajovuz qilish yoki mulkka zarar yetkazish holatlarida yetib kelmaydi. Shuningdek "agar huquqbuzarni zudlik bilan hibsga olish imkoniyati boʻlmasa", uydagi zoʻravonlik yoki oʻgʻirlik toʻgʻrisidagi xabarlar ham eʼtiborga olinmaydi. Butun mamlakat boʻylab doʻkonlar va restoranlarda chaqirilmagan mehmonlardan qoʻrqib, derazalarni yogoch bilan qoqib tashlanishi bejiz emas.

Oddiy amerikaliklarga kelsak, ular oʻzlarini himoya qilishga tayyorlanmoqdalar. Oʻtgan oyda Guglda eng keng tarqalgan qidiruvlar "patronlarni qayerdan sotib olish mumkin" va "onlayn ravishda patronlarni qanday sotib olish mumkin" boʻlgan.

FQB maʼlumotlariga koʻra, mart oyida AQShda qurol sotish 33 foizga oʻsgan. Amerikaliklar oʻtgan yilgiga nisbatan 91,1% koʻproq toʻpponcha sotib olgan, miltiq va vintovkalar savdosi - 73,6%ga oʻsdi. Eng koʻp sotiladigan kitob Ket Ellisning "COVID-19 pandemiyasi paytida tirik qolish boʻyicha qoʻllanma", uning kattagina qismi "uyingizga ehtimoliy hujumlarga qanday tayyorgarlik koʻrish va mulkingizni himoya qilish" haqida.

"Ommaviy karantin fuqarolik tartibsizliklari va zoʻravon jinoyatlarga olib kelishi - bu vaqt masalasi holos, - deydi amerikalik jurnalist va yozuvchi Deyzi Lyuter. - Sizda oziq- ovqat boʻlishi mumkin deb oʻylaydigan odamlar sizning eshigingiz oldida paydo boʻladi. Boshida ular shunchaki soʻrashadi, keyin ular talab qila boshlaydi. Va nafaqat sizdan, balki mahalliy biznesdan ham, keyin oʻgʻirlik va zoʻravonliklar boshlanadi, keyin odamlar oʻz uylari va korxonalarini qoʻlida qurol bilan himoya qilishadi. Va oxiri-oqibat - fuqarolik urushi, harbiy holat va bizning mamlakatimizda hech qachon boʻlmagan holat - totalitarizm".

Asosiy mavzular