14:30 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)
96820

AQSH prezidenti Donald Tramp amerikaliklarning kosmosdan resurslar olish huquqini kafolatlovchi farmonni imzoladi.

Hujjatda aniq aytilgan: kosmos "qonuniy va jismoniy jihatdan inson faoliyatining noyob sohasi boʻlib, AQSH uni jamoat mulki deb hisoblamaydi". Biroq, Oq uy adolatli taʼkidlaganidek, AQSH uzoq vaqtdan beri belgilangan pozitsiyani unga hech qanday oʻzgartirish kiritmasdan turib tasdiqladi.

Donald Tramp Oyni xususiylashtirmoqda
Ruptly / NASA / RIA NOVOSTI / Ivan Timoshenko / Pavel Shvets / KTS "Yujnыy" / whitehouse.gov

Rossiya munosabati bashorat qilib boʻladigan tarzda boʻldi - vazmin va qoralovchi.

Ammo bu farmonning imzolanishi asosan istehzo va esankirash bilan bildirilgan qiziqish bilan bogʻliqdir: mana, endi Amerika va uning rahbarida boshqa dolzarbroq muammolar topilmadi!

Darhaqiqat, butun dunyo ogʻir kunlarni boshidan kechirayotgan bir paytda, "mukammal boʻron" iborasi Qoʻshma Shtatlardagi vaziyatni tavsiflash uchun koʻproq mos keladi.

Bir tomondan, oʻta ogʻir COVID-19 epidemiyasi: kasallanganlarning eng katta soni va oʻn mingdan ortiq qurbonlar.

Boshqa tomondan, shunchalar keskin iqtisodiy inqiroz mavjud boʻlib, uning taʼsirini yumshatish uchun hukumat shunchalar ekstremal choralarni koʻrmoqdaki ekspertlar ularni atom bombasi bilan taqqoslaydilar, bunda esa iqtisodiyotni qutqarish choralari unga yanada vayronkor taʼsir koʻrsatishi mumkinligiga ochiq-oydin ishora qilmoqdalar.

Iqtisodiyot ortidan tabiiy ravishda ijtimoiy soha ham quladi, bu bilan Tramp prezidentligining uch yillik "gʻayrioddiy", aslida ham shunday, yutuqlarini koʻmdi. Ishsizlik rekord darajada oshib ketdi, mutaxassislar esa bu faqat boshlanishi va bundan ham yomonlashishidan qoʻrqishmoqda.

Bundan tashqari, navbatdagi prezidentlik saylovlarigacha olti oydan koʻproq vaqt qoldi - bu nafaqat Oq uyning hozirgi egasi, balki butun mamlakat uchun muhim olti oy.

Va bunday vaziyatda Donald Tramp kosmosga eʼtibor qaratish zarur deb hisobladi.

Va u uchun bu tasodifiy qiziqish emas. U bu mavzuga bir necha bor murojaat qilgan.

Oʻtgan yilning yanvar oyida maʼlum boʻlganki, AQSH prezidenti bir vaqtning oʻzida agar agentlik insonni Marsga yetkazishga muvaffaq boʻlsa, NASAga cheksiz miqdorda pul ajratishni taklif qilgan.

2019 yil mart oyida Tramp amerikaliklarni besh yil ichida Oyga yetkazishni talab qildi. Iyul oyida u Qizil sayyora haqida gapga qaytdi va yaqin orada u yerda AQSH bayrogʻini oʻrnatilishini vaʼda qildi.

Shu yilning fevral oyida prezident Kongressga Oy va Marsga odam tomonidan boshqariladigan parvozlar dasturini moliyalashtirishni soʻrab murojaat qildi. Shunday qilib, yangi farmon Trampning bir necha yillar davomida olib borgan siyosatiga mutlaqo mos keladi.

Asosiy savol boshqa narsada: AQSH yetakchisining kosmik mavzudagi shunga oʻxshash ketma-ketligini, shu yoʻsinda telbaligini qanday baholasa boʻladi?

Donald Trampning gʻayritabiiyligi hammaning tilida, va bu raqiblariga uni har qanday gunohlarda, shu jumladan ahmoqlik va hatto aqldan ozganlikda ayblash imkonini beradi (Kreml uchun ishlashni eslamasak ham boʻladi).

Biroq, Oq Uyda ishlagan yillari davomida uning xoʻjayini imidj faqat tashqi qobiq ekanligini isbotladi, aslida roʻpparamizda eng yomon sharoitlarda ham muvaffaqiyatga erisha oladigan aqlli va juda samarali menedjer namoyondir. U deyarli butun AQSH davlat apparati unga qarshi ish olib borgan Vashingtondagi vaziyatni ham oʻz foydasiga oʻzgartirishga muvaffaq boʻldi. U raqiblari iqtisodiy tizimda imkonsiz va erishib boʻlmaydigan deb hisoblagan natijalarga erishdi. Toʻgʻri, endi bu muvaffaqiyatlar vaziyatlar bosimi ostida yoʻqqa chiqdi (bu vaziyatlar haqida Tramp uzoq vaqt oldin ularni qattiq tanqid qilib gapirib oʻtgan), ammo bu haqiqatni oʻzgartirmaydi.

Va endi, odatiy dunyo bizning koʻz oʻngimizda qulayotgan mahalda, AQSH prezidenti kosmik tadqiqotlar mavzusini ilgari surmoqda.

Aftidan, Donald Tramp bu gʻayritabiiylik va ahmoqlik emas. Bunda u aslida Amerika iqtisodi kirib qolgan tupikdan chiqish yoʻlini koʻrmoqda. Ehtimol, uning pozitsiyasiga u yoshligi insoniyatning kosmik istiqbollari haqida ommaviy optimizm davrida oʻtgan avlodga mansubligi taʼsir qiladi. Biroq, aslida AQSH prezidenti tomonidan belgilangan "tashxis" mutlaqo toʻgʻri.

Jahon iqtisodiyoti tizimli inqirozga yuz tutdi va bu yana bir katta qayta taqsimlashga olib keladi. AQSH mavjud – oʻlim talvasasida qolgan tizimning asosiy foyda oluvchisidir. Dunyoda esa juda jiddiy raqobatchilar kuchga kirdi, shuning uchun davom etayotgan oʻzgarishlar Vashingtonni eng katta yoʻqotishlarga olib keladi. Vaziyat "globus tugab" - sayyorada, avvalgidek shu vaziyatgacha har doim boʻlib kelganidek, iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichiga aylanishi mumkin boʻlgan yangi hududlar va bozorlar tuguganligini anglanishi bilan keskinlashmoqda.

Bunday sharoitda Amerika iqtisodiyotini qayta qurish va yangilash boʻyicha har qanday harakatlar kosmetik va qisqa muddatli effektga olib keladi. Uzoq vaqt davomida barqaror rivojlanishni taʼminlaydigan mutlaqo yangi manba kerak. Koʻrinishidan, Donald Tramp yerdan tashqaridagi hududni shunday manba sifatida koʻrmoqda.

Bu zamonaviy jamiyat nazarida juda shubhali fikr.

Ellik-oltmish yil oldin mutaxassislarning ham, keng ommaning ham XXI asrning boshlariga kelib, insoniyat kosmosni noyob va cheksiz manbalardan foydalangan holda unda tadqiqot ishlarini olib borilishiga ishongan.

Haqiqat unchalik optimistik emasligi ayon boʻldi.

Kosmos dunyodagi eng rivojlangan davlatlarning juda qimmat "hobbi" boʻlib qolmoqda. Uning tijorat maqsadlarida ishlatilishi juda cheklangan (aloqa sunʼiy yoʻldoshlari va shunga oʻxshash loyihalar), ammo ommaviy axborot vositalari muntazam ravishda yomon yangiliklarni keltirmoqdalar. Oʻtgan hafta hamma OneWeb-ning bankrotligi va Ilon Maskning yana bir muvaffaqqiyatsizligi haqida bildi.

Shak-shubha yoʻqki, ertami-kechmi shunday jadal ilmiy va texnologik qadam bosiladiki, bunda insoniyat kosmosni kashf etishning yangi bosqichiga chiqadi va uni tijoriy jihatdan jozibador qiladi.

Biroq, ushbu muammoni tezda hal qilishga tavakkal qilish juda xavfli. Ammo Tramp buni amalga oshirishga harakat qilmoqchi, chogʻi.

Koʻrinishidan, eng katta muvaffaqiyatsizliklardan qutulishga muvaffaq boʻlgan biznesmen va davlat arbobi sifatida, u uzoq vaqtdan beri boshqaruv borasidagi tajribasidagi kuzatuvning asosliligiga ishonch hosil qildi: zarur manbalar (moliyaviydan boshlab mehnat manbalarigacha) va yetarlicha maʼmuriy bosim bilan har qanday muammoni hal qilish mumkin.

Salkam har qanday muammoni deyish toʻgʻriroq boʻladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (879)

Asosiy mavzular