13:35 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
938 0 0

AQSH XVF liniyasi tomonidan Eronga yordam berilishiga qarshilik qiladi, deb xabar bermoqda OAV. Sankt-Peterburg davlat universiteti professori Aleksandr Kubыshkin Sputnik radiosi efirida AQShning ushbu pozitsiyasiga nima sabab boʻlishi mumkinligini aytdi

AQSH Eronning koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashish uchun Xalqaro valyuta jamgʻarmasidan 5 milliard dollar miqdorida olishni rejalashtirayotgan favqulodda qarz haqidagi soʻrovini blokirovka qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Amerika yetakchisi maʼmuriyatiga tayanib, The Wall Street Journal yozmoqda.

Taʼkidlanishicha, Oq uy Eron hukumatining ixtiyorida milliardlab dollarlik hisob raqamlar mavjudligini aytmoqda. Vashington fikricha, agar XVF talab qilingan miqdorni taqdim etishni maʼqullasa, u AQSH sanktsiyalaridan zaiflashgan Eron iqtisodiyotiga yordam berishga yoki Yaqin Sharqdagi harbiy ittifoqchilarni moliyalashtirish uchun sarflanadi.

Sankt-Peterburg davlat universiteti professori Aleksandr Kubыshkin fikricha, AQSH maʼmuriyatining bunday pozitsiyasi saylov kampaniyasi bilan bogʻliq.

"Bu sanktsiyaviy siyosatning davomi. AQSH Eron pandemiya tarqalishi koʻlami toʻgʻrisida maʼlumotlarni notoʻgʻri koʻrsatayapti, deb hisoblashadi. Albatta, bu oʻz mamlakatida boʻlayotgan voqealar haqida yaqindan boshlab maʼlum darajada obʼyektiv maʼlumot berishni boshlagan AQShning oʻziga aks zarba bermoqda. Menimcha, bu respublikachilar va demokratlarning Eron yadroviy bitimi boʻyicha, Eronning Suriyani qoʻllab-quvvatlashi haqida davom etayotgan qarama-qarshi munozarasi bilan bogʻliq siyosiy akt. Bularning hammasi bitta tugunni hosil qilmoqda. Ammo hozirda AQShda roʻy berayotgan barcha voqealar saylov kampaniyasi bilan bogʻliq. (Prezident Donald) Tramp oʻzini AQShning manfaatlarini himoya qiladigan kuchli qatʼiy yetakchi sifatida koʻrsatmoqda. Uning rahbarligidagi mamlakatda ichki muammolar kuchayib bormoqda va u, avvalambor, milliy manfaatlar toʻgʻrisida qaygʻurishini namoyish qilishi kerak", - dedi Aleksandr Kubыshkin Sputnik radiosi efirida.

Avvalroq Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif AQShning pandemiya sharoitida Eronga qarshi sanktsiyalarini tibbiy terrorizm deb atagan edi.

Uning taʼkidlashicha, AQSH Eronga qarshi sanktsiyalarni doimiy ravishda kuchaytirishga harakat qilmoqda, koronavirusga qarshi kurashda axborot texnologiyalardan foydalanishga toʻsqinlik qilib unga asboblar va navigatsion dasturlarni yetkazib berishni rad etmoqda.

Asosiy mavzular