"Bundan berkinib bo‘lmaydi": Rossiya NATOni yaxshiroq nazorat qilish yo‘lini topdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSamolyot dalnego radiolokatsionnogo obnarujeniya i upravleniya DRLOiU A-50U "Vladimir Ivanov"
Samolyot dalnego radiolokatsionnogo obnarujeniya i upravleniya DRLOiU A-50U Vladimir Ivanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zamonaviy, yuqori texnologiyali, "uzoq masofaga mo‘ljallangan" birinchi A-100 "Premyer" uzoq masofali radiolokatsion aniqlash va boshqarish (DLRO) samolyoti 2024-yilga kelib foydalanishga topshiriladi.

TOShKENT, 10 apr - Sputnik, Andrey Kos. Zamonaviy, yuqori texnologiyali, "uzoq masofaga mo‘ljallangan", birinchi A-100 "Premyer" uzoq masofali radiolokatsion aniqlash va boshqarish (DLRO) samolyoti 2024-yilga kelib foydalanishga topshiriladi. Bu samolyotlar jangovar samolyotlarning imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi va havo hududini barcha strategik yo‘nalishlarda ishonchli boshqarish imkoniyatini beradi. Ularning xususiyatlari va istiqbollari haqida - RIA Novosti materialida.

Mejdunarodniy voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2017. Den vtoroy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya dunyodagi eng qudratli qurollardan birini modernizatsiya qilishni yakunladi

Uchadigan razvedkachi

Dastlab, ishlab chiqarish nolinchi yillar oxirida boshlangan yangi DLRO samolyoti haqida 2011-yilda gapirila boshlandi. Havo harbiy kuchlari qo‘mondoni general-polkovnik Aleksandr Zelin o‘sha paytda samolyot besh yil ichida mukammal holatga keltirilishini aytdi, ammo loyihaning murakkabligi sababli muddatni ko‘chirishga to‘g‘ri keldi: prototip faqat 2017-yilning oxirida havoga ko‘tarildi, uni seriyali ishlab chiqarilishining kechikishi esa A-100 mahalliy mudofaa sanoatining eng zamonaviy texnologiyalari joriy etish rejalashtirilganligi sabab bo‘ldi.

"Premyer" - bu foydalanilayotgan A-50 va A-50U-ning rivojlanishi, - deydi Viktor Muraxovskiy, "Vatan arsenali" jurnali bosh muharriri RIA Novostiga. - A-100 samolyoti har xil rejimda aylanasiga ko‘zdan kechiruvchi, havo, ba’zi yer usti va yerdagi nishonlarni aniqlaydigan, jangovar samolyotlarni, dengiz va quruqlikdagi hujum tizimlarini nishonlarga yo‘naltiruvchi lokator bilan jihozlangan. Aslida, bu bir necha yuz kilometr radiusda havodagi vaziyat holatini boshqarish qobiliyatiga ega bo‘lgan ko‘p qirrali uchuvchi razvedkachi".

Prezident SShA Donald Tramp i nasledniy prins Saudovskoy Aravii Muxammed ben Salman vo vremya vstrechi v Belom dome v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya, OPEK + AQSh - neft bozorida yangi kelishuv bo‘ladimi?

"Premyer"ning faol fazali panjaraga ega bo‘lgan antennaga asoslangan radiolokatsion stansiyasi bir vaqtning o‘zida 300 tagacha nishonni 650 kilometrgacha bo‘lgan masofada kuzatishga imkon beradi va imkoniyatlari bo‘yicha analogi -  Amerikaning Boeing E-3 Sentry razvedkachisini ortda qoldiradi. A-100 bortidagi so‘nggi elektron uskunalar avtomatik ravishda ma’lumotni qayta ishlaydi va maqsadli tayinlashni ta’minlaydi, jangovar samolyotlar uchun parvoz topshiriqlarini tayyorlaydi.

"Premyer" chuqur takomillashtirilgan Il-76MD-90A harbiy transport samolyoti asosida qurilgan. Xususiyatlari orasida - og‘ir yuk ko‘tarishi, boshqaruvning to‘liq raqamli tizimi, shuningdek "shishali kabina" – uchuvchi kabinasida elektron asboblar paneli. Samolyot bortida 20 tonnaga yaqin elektron jihozlar joylashtirilgan bo‘lib, samolyot bazadan ming kilometrdan ortiq masofada olti soat davomida ishlashi mumkin.

O‘nlab kerak

A-100 nafaqat razvedka samolyoti, balki harbiy bo‘linmalar bilan barqaror aloqani ta’minlovchi va bir vaqtning o‘zida o‘z radaridan va kosmik yo‘ldoshlardan ma’lumot oluvchi mobil qo‘mondonlik punkti. U yolg‘iz o‘zi samarali radioelektron hujum olib borishga qodir.

"Ushbu samolyot VKS (harbiy kosmik kuchlar)ning biriktirilgan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimining bir qismidir, - deb ta’kidlaydi Muraxovskiy. - Bu o‘z vaqtida paydo bo‘ldi - endilikda A-50 samolyotlari Harbiy kosmik kuchlar va bizning chet ellik buyurtmachilarimizning ehtiyojlarini to‘liq qondirmay qo‘ydi. Hatto Hindiston ham A-50 bazasida qurilgan o‘z razvedkachi samolyotlarini Isroil tomonidan ishlab chiqarilgan lokatorlar bilan jihozlagan. Aminmanki, A-100 paydo bo‘lganida, u chet elda katta talabga ega bo‘ladi".

Politolog, starshiy prepodavatel RUDN Kamran Gasanov - Sputnik O‘zbekiston
AQSh nima sababdan Rossiya va Turkiyani urishtirmoqchi - siyosatshunos fikri

Mutaxassisning fikriga ko‘ra, Rossiya harbiy-kosmik kuchlari bitta emas, balki o‘nlab shunga o‘xshash samolyotlarga muhtoj - Harbiy kosmik kuchlari va Havo mudofaasining har bir armiyasiga bir nechtadan. Bundan tashqari, ayrim yo‘nalishlarni kuchaytirish uchun markazga bo‘ysinadigan samolyotlar talab qilinadi. Muraxovskiy shunchalik ko‘p komplekslarni tez fursatda ishlab chiqarish juda qiyinligini ta’kidladi. Buning uchun mamlakatdagi yuzlab mudofaa korxonalarining kuchli hamkorligi talab etiladi. Biroq, mudofaa sanoati kompleksining boshqa variantlari yo‘q ham – eskirayotgan A-50 bilan Rossiya harbiy aviatsiyasi shunchaki "ko‘r bo‘lib qolish" xavfi ostida qoladi.

Hozirda harbiy kosmik kuchlar tarkibida A-50 larning xizmat qilayotgani o‘n to‘rtta, sakkiztasi saqlovda va beshta takomillashtirilgan A-50U. Ularning barchasi DRLO 144-aviatsiya polki tarkibiga kiritilgan.

Urushda sinovdan o‘tishi

Birinchi modifikatsiyadagi samolyot 1985-yilda xizmatga kirishdi. Unda bu samolyot DRLOning eng rivojdangan samolyoti bo‘lgan: bortida - passiv pelengatsiya rejimiga ega uch o‘lchamli radiolokatsion stansiya, ma’lumotlarni olish va namoyish qilish uchun uskunalar, qiruvchi-samolyotlarni havo nishonlariga yo‘naltirish uchun raqamli kompyuter tizimi va boshqalar.

Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya AQShni kimoviy quroldan voz kechishga chaqirdi

A-50U-ning takomillashtirilgan versiyasining sinovlari 2009-yil oxirida yakunlandi. Ishlab chiquvchilar boshqaruv va aloqa vositalarini takomillashtirdilar, taktik ekipaj a’zolarining ish joylarini modernizatsiya qildilar. Endi barcha ma’lumotlar ularning oldidagi displeylarda ko‘rsatiladi. Muhim yangilik sifatida ovqatni isitish uchun uskunalar bilan jihozlangan bort bufeti bo‘ldi.

A-50 foydalanishga topshirilganidan beri keng ko‘lamli mashqlarda va qurolli mojarolarda qatnashdi. "Cho‘l bo‘roni" operatsiyasi paytida, bu razvedkachilar Turkiyada havo holatini kuzatib, Qora dengiz atrofida aylanib chiqishgan. Chechen kampaniyalari mobaynida A-50 samolyotlari Shimoliy Kavkaz ustidan osmonni kuzatib, jangarilarga chet eldan qurol-aslaha yetkazib berilishining oldini olishgan. Endilikda A-50 va ularning A-50U "ukalari" Suriyadagi havo-havo kuchlari guruhi tomonidan foydalanilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0