06:52 04 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
370 0 0

OPEK+ asosiy davlatlari, Meksikani hisobga olmaganda, neft qazib olishni qisqartirish parametrlari boʻyicha kelishib oldilar. Energetik xavfsizlik boʻyicha ekspert Igor Yushkov Sputnik radiosi efirida uchrashuv natijalariga baho berdi

Oʻn soat davom etgan muzokaralar natijalariga koʻra, OPEK+ ishtirokchilari may-iyun oylarida neft qazib olishni kuniga 10 million barrelga kamaytirishga kelishib oldilar, ammo bitim kuchga kirishi uchun Meksikaning roziligi talab qilinmoqda.

"Ushbu bosqichda ishlab chiqarish majburiyatlari OPEK davlatlari uchun kuniga 6,085 million barrelni va OPEKdan tashqaridagi davlatlar uchun kuniga 3,915 million barrelni tashkil etdi", - dedm RIA Novosti agentligiga Ozarbayjon Energetika vazirligidagi manba.

Yilning qolgan qismida qazib olishning umumiy qisqarishi kuniga 8 million barrelni tashkil qiladi, 2021 yil yanvaridan 2022 yil aprelgacha OPEK+ ishlab chiqarishni 6 million barrelga kamaytirish majburiyatini oladi.

Uchrashuvning yakuniy bayonotidan kelib chiqqan holda, Rossiya va Saudiya Arabistoni OPEK+ yangi kelishuvini may oyidan iyun oyi oxirigacha amalga oshirishda kuniga 8,5 million barreldan koʻp boʻlmagan hajmda qazib olishlari kerak.

Agentlikning manbasiga koʻra, avvalroq OPEK+ ishtirokchilarining ishlab chiqarishni qisqartirishni hisoblashning bazaviy darajasi boʻyicha pozitsiyalari bir-birlarinikidan farqlanayotgan edi. Dastlab Meksika hukumati ishlab chiqarishni kuniga 400 ming barrelga qisqartirish boʻyicha uch bosqichli kvotaga koʻnmay, ishlab chiqarishni kuniga 100 ming barrelga qisqartirishni taklif qildi. Xom-ashyo qazib olishni qisqartirish majburiyatlarini bajarish doirasida Mexiko yaqin ikki oy davomida aynan shu miqdorda qisqartirishga tayyor. OPEK+ vazirlari ushbu masala boʻyicha muzokaralarni juma kuni davom ettiradilar.

Sputnik radiosi efirida Rossiya Federatsiyasi hukumati qoshidagi Moliya universiteti eksperti, Milliy energiya xavfsizligi jamgʻarmasining yetakchi tahlilchisi Igor Yushkov uchrashuv natijalarini sharhladi.

"OPEK+ning eski formatining asosiy oʻyinchilari kelishganiga va koʻpchilik ishtirokchilar eʼlon qilingan parametrlarga rozi boʻlishiga qaramay, bularning barchasiga qarshi chiqayotgan Meksika bor. Konsensussiz bitim tuzilishi mumkin emas. Har doim ishlab chiqarish hajmini qisqartirish boʻyicha kelishuv birdam rozilik asosida tuzilgan. Agar ulardan birontasi ishtirok etishni rad etsa, unda qolganlarkyidagi masalani koʻtaradi: nima uchun biz qisqartirishga majburmiz, boshqa birontasi bu ishni qilmaydida bizning harakatlarimiz samarasini koʻrib oʻtiradi? Xuddi shu savol – kelishuvda ilgari ham qatnashmagan davlatlarga. Bular, avvalambor AQSH, Buyuk Britaniya va Norvegiya”, - dedi Igor Yushkov.

Uning eslatishicha, AQSH ilgari ishlab chiqarishni koʻpaytirishi mumkin edi, bu asosan OPEK+ davlatlari neft narxini qoʻllab-quvvatlashga kelishib olganlari hisobiga. Vashington endi neft hajmini cheklashga rozi boʻladimi yoʻqmi nomaʼlum, hisoblaydi ekspert.

"Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻzining slanets loyihalarida ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirdi, chunki OPEK+ kelishuvi neft narxini bir barrel uchun 50-60 dollar darajasida ushlab turish imkoni berdi. Endi Rossiya amerikaliklar ishlab chiqarish hajmini pasaytirish jarayoniga hissa qoʻshishi shartini ilgari surmoqda, bu onlayn-yigʻilishi doirasida muhokama qilinadi. AQSH bungacha oʻz hissasini tabiiy ravishda qoʻshishini taʼkilagandi, chunki joriy past narxlarda ishlab chiqarish shundoq ham pasaymoqda. Ammo qolgan ishtirokchilar AQSH aniq hajmlarni eʼlon qilishini va bu cheklovlarga amal qilishga kafolat berishlarini talab qilmoqdalar. Bu majburiyatlarni oʻz zimmalariga oladimi, yoʻqmi, hozircha noaniq”, - dedi Igor Yushkov.

Uning prognozlariga koʻra, hozir hamma kelishuvga erishsa ham, narxlar bir muncha vaqt koʻtarilmaydi.

"Neftni saqlash omborlarining toshib ketishi stsenariysi xatarlari hamon saqlanib qolmoqda, chunki bitim 1 maydan ishlay boshlaydi va aprelda dunyodagi neft omborlarining katta qismi toʻldiriladi va bu bozorga bosim oʻtkazadi. Narxlarning koʻtarilishi iyun-iyul oylaridan keyin sodir boʻladi, hozirda esa u bir barrel uchun 35 dollardan pastroqda oʻynashi mumkin", - dedi Milliy energetik xavfsizlik jamgʻarmasining yetakchi tahlilchisi.

OPEK+ davlatlari 6 martda neft qazib olishni qisqartirish uchun bitim parametrlarini oʻzgartirish yoki kelishuvni uzaytirish toʻgʻrisida kelisha olmadilar. Natijada, 1-apreldan sobiq ittifoqqa aʼzo mamlakatlarida qazib olish boʻyicha cheklovlar olib tashlandi. Bu koronavirus pandemiyasi bilan bir qatorda, neft bozorining inqiroziga sabab boʻldi.

Asosiy mavzular