18:31 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (59)
133320

Rossiya rahbariyatining Gʻalaba kuni paradini 2020 yilda kechiktirishga oid qarori, COVID-19 pandemiyasining avj olishi sharoitida minglab odamlarning sogʻligʻini saqlash uchun muvozanatli va maqbul koʻrinadi.

1945 yildan keyin 20 yil davomida Gʻalaba kunida harbiy paradlar boʻlmagan. SSSRda ular Qizil maydonda atigi toʻrt marta - 1945, 1965, 1985 va 1990 yillarda oʻtkazilgan.

Rossiya rahbariyatining Gʻalaba kuni paradini 2020 yilda kechiktirishga oid qarori, COVID-19 pandemiyasining avj olishi sharoitida minglab odamlarning sogʻligʻini saqlash uchun muvozanatli va maqbul koʻrinadi. Shunga qaramay, paradni vaqtini koʻchirish oson boʻlmaydi.

Prezident Vladimir Putin Gʻalabaning 75 yilligi sharafiga Moskva Qizil maydondagi harbiy paradni, Rossiya Federatsiyasi hududlaridagi paradlarni va boshqa ommaviy tadbirlarni, shu qatorda "Oʻlmas polk" yurishini keyinga qoldirish haqida topshiriq berdi. Rossiya rahbari ushbu tadbirlar qachon oʻtkazilishi muddatini eʼlon qilmadi, ammo ular shu yilning oʻzida oʻtkazilishiga vaʼda berdi.

Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi va Moskva shahar meriyasi 9 may kuni harbiy paradni mehmonlar va tomoshabinlarsiz oʻtkazish variantini koʻrib chiqqan edi. Ammo faxriylar, "Oʻlmas polk" va boshqa jamoat tadbirlari tashkilotchilari Gʻalaba kunini nishonlashni keyinga qoldirishni taklif qilishdi.

Qizil maydonda asosiy harbiy paradga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bir necha oy davom etadigan va milliardlab rubl mablagʻlarni tashkil etadigan murakkab tadbir. Parad vaqtini koʻchirish texnologik, psixologik va moliyaviy jihatdan ham yengil emas. Harbiy safning goʻzalligi - aysbergning koʻrinadigan uchidir, oʻn minglab odamlarning koʻp kunlik saʼy-harakatlari va ajoyib logistika natijasidir.

Rossiyaning turli mintaqalaridan kelgan 15 mingdan ortiq harbiy xizmatchilar Gʻalaba Paradiga tayyorgarlikni anʼanaviy ravishda Moskva yaqinidagi Alabino poligonida boshlaydilar. Masalan, Jukovskiy va Gagarin nomidagi havo kuchlari akademiyasining 1500 zobit va kursantlari Voronejdan Moskva viloyatiga bir necha Il-76 harbiy-transport samolyotlarida keltirildi. Kundalik hayotni tashkil qilish va davom etayotgan oʻquv jarayonini tashkil etish uchun kursantlar bilan birga boʻlinma komandirlari, oʻnlab fakultetlarning oʻqituvchilari va qoʻshinlar taʼminoti xizmatlari mutaxassislari tashrif buyurishdi. Boshqa harbiy universitetlar va tuzilmalar 450 kishilik parad qismlarini taqdim etgan, ammo ularni barchasini tashkillashtirish va algoritmlar teng darajada koʻp qirrali.

Parad safi "qutilar" ning mashgʻulotlari qoʻshinlar va universitetlarning doimiy dislokatsiyasida dekabr-yanvar oylaridayoq boshlanadi. Shu tariqa harbiylar safining ajoyib birligi va uygʻunligiga erishiladi. Piyoda parad boʻlinmalaridan tashqari, quruqlik va aviatsiya harbiy texnikalari ekipajlari (jami 400 ta birlik) mashq qiladi. Qoidaga koʻra, Alabino poligonida paradning 10 dan ortiq "sinov" repititsiyalari oʻtadi, soʻngra Moskvada uchta bosh repititsiya (aprel oxirida va may oyining boshlarida) boʻlib oʻtadi. Joriy yilning 15 apreliga qadar Moskva viloyatida toʻrtta aviatsiya mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi - bu havo harakati xavfsizligini taʼminlash tadbirlarini tashkil qilish va kuzatish nuqtai nazaridan eng sigʻimligi.

Safdagi urf-odatlar

Gʻalaba Paradlarini har yili oʻtkazish nisbatan yaqinda paydo boʻldi. Ulugʻ Vatan urushi tugaganidan soʻng, bunday tadbirlar koʻproq sotsialistik bayramlarga – 1 may kuni va oktyabr inqilobining navbatdagi nishonlanishi (7 noyabr) bilan birga oʻtkazilgan. Ehtimol, SSSRda juda katta tashkiliy yuk va katta xarajatlar tufayli, Qizil maydonda Gʻalaba kuni sharafiga harbiy paradlar faqat toʻrt marta - 1945, 1965, 1985 va 1990 yillarda boʻlib oʻtdi. Bugun bu aqlga sigʻmaydiganga oʻhshaydi, ammo 1945 yildan keyin Moskvada 20 yil davomida Gʻalaba kunida harbiy paradlar boʻlmagan. 1947 yilda SSSR Oliy Kengashi Prezidiumi 9 mayni ish kuni (17 yil davomida) deb belgiladi va faqat 1965 yilda Gʻalaba kuni yana bayram kuniga aylandi (Gʻalaba Bayrogʻi birinchi marta olib chiqildi va Moskvaga "qahramon-shahar" unvoni berildi).

Tarixiy mojaro tashqi siyosiy sharoitlar va 1940-1950 yillar oxiridagi mamlakatdagi ichki siyosiy vaziyat bilan izohlashga harakat qilmoqdalar. Sovuq urush boshlandi, barcha kuch va vositalar mudofaani kuchaytirishga tashlandi. Hukumat Gʻalaba marshali Georgiy Jukovning umumhalq shon-sharafini nohaq baholadi. Yoʻqotish ogʻrigʻi ham juda katta edi - urushda halok boʻlgan Qizil Armiyaning millionlab askarlari bevalari va bolalari 9-mayni birinchi navbatda xotira va qaygʻu kuni deb hisoblashgan. Sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlarida bugungi kungacha bu bayram "koʻzlarda yosh bilan" nishonlanadi. Tarixchilar haligacha urushda halok boʻlgan sovet fuqarolari soni toʻgʻrisida bahslashmoqda, ular 28 million kishi sonini tilga olishmoqda. Shunga qaramay, Ulugʻ Vatan urushi tugaganidan 20 yil oʻtgach, sovet fuqarolarining vahshiylikni bilmagan avlodi ulgʻaydi, hayot faxriylar esa yoshlar ongiga unchalik faol taʼsir koʻrsatolmagan. Gʻalaba kunidagi tantanali harbiy paradlar jamiyatni asosan koʻproq birlashtirdi, vatanparvarlik va harbiy mehnatga hurmatni shakllantira boshladi. Rossiyada 9 maydagi paradlar 1995 yildan beri muntazam oʻtkazila boshladi, harbiy aviatsiya esa tantanali tadbirlarda 2005 yildan qatnashishni davom ettirdi.

Vaqt taʼsir etmaydi

1945 yil 9 mayda Moskvada hech qanday harbiy parad va alvon chinnigullar boʻlmagan, shahar aholisi shunchaki quvonishib, yigʻlab, koʻchalarda odamlar bir-birlarini quchoqlagan. Sovet qoʻshinlarining Berlindagi paradi 1945 yil 4 mayda Brandenburg darvozasi yonida boʻlib oʻtdi, uni shaharning harbiy komendanti general Nikolay Berzarin qabul qildi. Moskvadagi birinchi Gʻalaba Paradi 1945 yil 24 iyunda marshal Konstantin Rokossovskiy qoʻmondonligi ostida boʻlib oʻtdi, uni marshal Georgiy Jukov qabul qildi. 10 ta frontdan, Harbiy-dengiz floti va Mudofaa xalq komissarligidan 12 ta birlashgan polk qatnashgan. Jami, 12 mingdan ortiq ilgʻor harbiy xizmatchilar, Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-sharaf ordenlari toʻla egalari. Parad oxirida magʻlub boʻlgan fashist qoʻshinlarining 200 bayrogʻi Kreml devori ostiga tashlandi. Eslatib oʻtamiz, oʻsha yilning 16 sentyabr kuni Xitoyning Harbin shahrida Sovet qoʻshinlarining Yaponiya ustidan qozonilgan gʻalabasiga bagʻishlangan parad boʻlib oʻtgan.

Hech bir parad bir-biriga oʻxshamaydi, ularning har biri oʻziga xos xususiyatlarga ega, ammo 1995 yil 9 mayda Qizil maydonda 1945 yildagi tarixiy Gʻalaba Paradi qayta qurildi. Faxriylarning birlashgan polklari urush yillarining barcha 10 frontni oʻz bayroqlari bilan namoyish etildi. 19 may kuni esa Gʻalaba harbiy paradlari har yili Moskvada, harbiy okruglar, flot, umumqoʻshin armiyalar va Kaspiy flotiliyasining shtablari joylashgan qahramon-shaharlar va shaharlarda oʻtkazilishi boʻyicha federal qonun qabul qilindi.

Harbiy paradlar yillar davomida yanada texnologik va siyosiy jihatdan murakkab va ajoyib boʻlib bormoqda. 2005 yilda Gʻalabaning 60 yilligi nishonlandi va Qizil maydonda birinchi marta nafaqat gʻoliblar, balki Germaniya kantsleri Gerxard Shryoder bilan birga kelgan Vermaxt faxriylari ham ishtirok etishdi. Paradda 4 ming nafar rossiyalik urush faxriysi va 7 ming amaldagi harbiy xizmatchi qatnashdi.

Rossiyaning ogʻir harbiy texnikalari, jumladan OTRK "Iskander" va "T-90" tanklari Qizil maydon boʻylab birinchi marta 2008 yil may oyida yurishdi. 2010 yil 9 may kuni Qizil maydonda oʻtkazilgan paradda Buyuk Britaniyadan kelgan xorijiy harbiy xizmatchilar (ushbu mamlakatda xotira tadbirlari 8-9 may kunlari oʻtkaziladi), AQSH, Frantsiya, Polsha va MDH davlatlari (har biridan 75 kishidan) ishtirok etdi. 2011 yilgi parad rekord darajada - 20 ming kishi ishtiroki bilan esda qoldi. 2014 yilgi Gʻalaba paradida Federal qoʻriqlash  xizmatining Prezident (sobiq Kreml) polkining kavaleriyachilari, 2015 yilda esa Kuban kazaklari ishtirok etishdi.

Baʼzi harbiy marosimlarni favqulodda bekor qilish yoki boshqa vaqtga koʻchirishga kelsak, Gʻalaba kunida bunaqasi ham sodir boʻlgan. Masalan, 1945 yil 24 iyunda ob-havo sharoiti tufayli paradning aviatsion qismi bekor qilingan. Huddi shu holat 2017 va 2019 yillarda ham sodir boʻldi. Gʻalaba bundan kuchini yoʻqotmaydi. Sovet Ittifoqining Ulugʻ Vatan urushidagi Gʻalabasining 75 yilligi sharafiga harbiy parad qachon oʻtkazilsa ham, bizning umumiy tariximizni "koʻchirib" boʻlmaydi va uni qayta yozib boʻlmaydi: 1945 yil 8 may Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 22:43da (Moskva vaqti bilan 9 may soat 00:43 da) Berlin atrofida general-feldmarshal Vilgelm Keytel, Lyuftvaffe vakili general-polkovnik Shtumpf va Krigsmarine vakili Admiral fon Frideburg Germaniyani toʻliq taslim boʻlganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani imzoladilar.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (59)

Asosiy mavzular