14:37 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Analitika
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)
188530

Toshkent yaqinida maxsus "karantin shaharchasi"ning birinchi bloklari qurilganiga ham bir oydan oshdi. Sputnik Oʻzbekiston muxbiri ikki haftalik profilaktik izolyatsiya rejimida odamlar vaqtlarini qanday oʻtkazayotganini oʻrgandi.

Poytaxtdan bir necha kilometr narida 10 ming oʻrinli butun boshli shaharcha tashkil etilgan. Bu yerga chegaralar yopilganidan keyin mamlakatga qaytib kelganlar joylashtirilmoqda. Fuqarolar maxsus zonada koronavirus profilaktikasi va uning tarqalishining oldini olish uchun 14 kun davomida shifokorlar nazorati ostida izolyatsiyada boʻlishadi.

Fuqarolar Karantin shaharchada qanday yashamoqda
Xokimiyat g. Tashkenta / Sputnik / Dilshoda Raxmatova

Karantin hududdagi hayot xaqida Toshkent shahar hokimligi koʻmagida javob olishga harakat qildik va oldik ham, ammo sogʻliqni saqlash borasidagi savollarga vazirlik xodimiga bergan savollarimiz ochiq qoldi, javob ololmadik.

Maxsus ruxsatnoma va kiyimsiz obʼyektga kirishning iloji yoʻq: IIV xodimlari oʻrab olingan hududni ichki tomonidan, tashqi tomondan esa Milliy gvardiya xodimlari qoʻriqlashmoqda. Biroq, choralar oʻta qatʼiy boʻlsa ham, zarur. Kuchaytirilgan nazorat maskanlari va atrofdagi devor toʻsiq turli xil mish-mishlar va uydirmalarni keltirib chiqarmoqda. Ularni puchga chiqarish uchun Sputnik muxbiri shaxsan u yerga borib, joylashtirilganlardan konteyner shaharchasida hayot qanday kechayotganini oʻrgandi.

Koʻchma joylashtirish markazi taxminan bir oy ichida kad koʻtardi. Hozir unda har biri 605 oʻrinli 15ta blok oʻrnatilgan. 21 aprel holatiga joylashtirilganlar soni 7 473 kishi.

Maxsus hududga kelganlar oʻzlarining karantindagi kunlarini Instagramda namoyish etish yoki Feysbukda postlar yozishdan mahrum – bu yerda uyali aloqa shahar telefonlari bilan almashtirilgan. "Sim orqali" odamlar nafaqat tashqi dunyo bilan aloqada boʻlishmoqda, balki kerak boʻlganda yetkazib berish xizmatlaridan ham foydalanadilar. Buning uchun ular kechayu kunduz maʼlumot markaziga qoʻngʻiroq qilishadi.

Chekish mumkin emas, tashlang!

Karantin zonasidagi Axborot markazi rahbari Olimxon Ziyovuddinov bilan suhbatlashayotganda, navbatdagi murojaat keldi: konteynerlardan birida yashovchi juda chekishni xohlab qolgan. Erkak deyarli rahmni keltiradigan ohangda sigaret olib kelishni iltimos qilib, u hatto pulini toʻlashga tayyorligini ham aytadi. Vaziyat juda yoqimsiz, ammo operator hushmuomalalik bilan rad etdi. Bu uning oʻylab topgani emas - Sogʻliqni saqlash vazirligi karantin zonasida chekishni taqiqlagan. Abonent tushunganday xoʻrsinadi va javob uchun minnatdorchilik bildirib, telefonni qoʻydi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova

Ziyovuddinovning soʻzlariga koʻra, karantin hududida emizikli bolalari bor oilalar ham bor. Ularning vaqtincha yashashlari uchun maxsus ovqatlanish va gigiyena vositalari, shu jumladan bolalar tagliklari ham talab qilinadi.

Men konteyner bloklaridan birining duch kelgan birinchi raqamga terdim. Mening suhbatdoshim Feruzbek Qozogʻistondan kelgan. U yashash sharoitlaridan, ayniqsa oziq-ovqatdan mamnun.

"Bu yerda hamma narsa yaxshi. Faqatgina kichik bir muammo: dezinfektsiyalashdan keyin konteynerning eshik tutqichlari zang bilan qoplanadi. Men korroziyani ketkazgani hech qanday yogʻ topolmayapman", - deya shikoyat qiladi davlat mulkiga oʻz mulkiday qarayotgan mehnatkash mehmon.

Mehmon, shuningdek, muloqot yetishmovchiligidan jabr koʻrmaydi: u har kuni qarindoshlari bilan qoʻngʻiroqlashmoqda - har bir xonada telefon mavjud.

Maxsus eʼtiborga talab mijozlar

Mening keyingi qoʻngʻirogʻimga boʻlinmalardan birining shifokori javob beradi. Uning soʻzlariga koʻra, homilador ayollarga karantin hududida alohida eʼtibor talab etiladi. Hozirda bunday mehmon besh nafar.

"Agar ulardan biri bugun kabob hoxlab qolsa, ikkinchisi qulupnay talab qiladi", - deydi suhbatdosh.

Blyuda, kotorыe podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom
Xokimiyat g. Tashkenta
Blyuda, kotorыe podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom

Uning qoʻshimcha qilishicha, karantin shaharchasining ushbu toifadagi mehmonlari uchun boʻlinma ichida piyoda sayrlarning alohida tartibi mavjud. Toza havoning yetishmasligi onaning va uning tugʻilajak bolasining sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin, shuning uchun rahbariyat oqilona yondoshuvga qaror qildi.

Blyuda, kotorыe podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom
Xokimiyat g. Tashkenta
Blyuda, kotorыe podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom

Homilador ayollarning ratsioni ham umumiy ratsiondan farq qiladi, ammo shifokorlar allergiya qoʻzgʻalishini oldini olish uchun qulupnayni tavsiya qilmaydi.

Blyuda, kotorыe podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom
Xokimiyat g. Tashkenta
Blyuda, kotorыe podayut v karantinnoy zone pod Tashkentom

Yana bir muammo - koʻchma lagerda tish shifokorini chaqirib boʻlmaydi. Faqatgina ogʻriq qoldiruvchi vositalar bilan kifoyalanmoqda, ammo ularning taʼsiri vaqtincha.

Salkam sanatoriy

Sogʻligida hech qanday muammosi boʻlmaganlar yopiq hududda ikki haftani kitob oʻqish, televizor koʻrish, stol oʻyinlari bilan oʻtkazishga harakat qilmoqdalar. Bolali oilalarda uy yumushlari bilan vaqt tezroq oʻtadi.

Koʻpchilikka "hammasi ichida" sharoiti yoqyapti.

"Agar 100 dollardan toʻlasa, biz yana ikki hafta turishga tayyormiz. Bu yerda bizga barchasi yoqyapti, - deya xazilomuz javob berishadi. "Sharoitlar yahshimi?" degan savolimga  uchinchi kun konteyner shaharchada yashayotgan yoshlar.  - Hammasi odatdagidek: ertalab kirib haroratimizni oʻlchaydilar, muammolar bor-yoʻqligini soʻraydilar. Muammoimiz ham bor albatta: bizga ish topishga yordam berishadimi?"

Maʼlum boʻlishicha, bu yosh yigitlar ham ishlayotgan korxona yopilganidan keyin Qozogʻistondan qaytib kelishgan.

Davlat idoralariga ishga joylashishda yordam soʻrab murojaat qilish haqidagi maslahatimga suhbatdoshlar oyiga 600 ming soʻm taklif etilayotgan ish haqqiga katta oilani boqib boʻlmaydi - kamida uch million pul topish kerak deb javob berdi.

Bu odam ish borasida muammolar haqida shikoyat qilayotgan mahal, qoʻshnisi, toʻsatdan doʻstining gapini boʻldi va nosga buyurtma berishni iltimos qildi.

"Men juda xohlayapman, axir qirq yil davomida chekkanman", - deydi u.

bu yerda karantindagilarning istaklari albatta bajariladi, lekin bu turdagilarimas. Faqat hayotiy zarur iltimoslar bajariladi: oʻxshasa-da, xoy-naxoy sanatoriy emas.

"Karantin asirlari"ni qarindoshlari erkalatishlari mumkin – shaharchaga oziq-ovqat, dori-darmon, gigiyena vositalari va yoki kitoblar solingan posilkalar yetkazib berilishi mumkin. Faqat sovgʻa-salomni yuborishdan oldin, maʼlumot xizmatini +99870 201 06 10 raqami orqali qoʻngʻiroq qilib ogohlantirish yaxshiroqdir - axir, bu rejim obʼyekti. Va karantin axir abadiy emas - chekmasdan toqat qilish yoki hatto yomon odatdan voz kechish ham mumkin.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1230)

Asosiy mavzular