10:41 25 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Analitika
Havola olish
1761 0 0

Neftning salbiy narxlari bilan misli koʻrilmagan vaziyat neft bozorining kelajagi haqida hech narsa anglatmaydi.

Neftning salbiy narxlari bilan misli koʻrilmagan vaziyat - neft bozori kelajagi haqida hech narsa soʻzlamaydi, ammo shu tarzda neft bozori OPEK+ "neft alyansi"ga aʼzo davlatlari bilan hamkorlik qilishni istamagan - Amerika slanets kompaniyalari ambitsiyalarini toʻgʻri yoʻlga solishi haqida koʻpchilik aytmoqda.

Bir oy oldin bank tahlilchilari (shu qatorda AQSH va Yevropaning yetakchi banklari tahlilchilari) neft narxlari "salbiy zona"ga tushishi mumkinligi va oqibatlari juda ogʻir boʻlishi mumkinligi haqida ogohlantirishgan edi. Hatto OAVlarda ham Saudiya Arabistoni, Rossiya va OPEK+ bitimining boshqa ishtirokchilari tomonidan may oyida amalga oshiriladigan misli koʻrilmagan qazib olishni qisqartirish neft narxlarini qisqa muddatda tuzatish uchun yetarli boʻlmasligi va koronavirus epidemiyasi sharoitida barqarorlashishi uchun AQSH neft sektorining yordamiga muhtoj boʻlishligi haqida qizgʻin muhokama qilingandi.

Taʼkidlash kerakki, Amerika amaldorlari (masalan, Texas neftni tartibga solish komissiyasi aʼzolari) orasida ham, slanets kompaniyalarining rahbarlari va egalari orasida ham sogʻlom aql tarafdorlari topilib, AQSH  OPEK+ bitimini tuzish bilan bir vaqtda yoki uning yakunlanishidan (skeptiklarni Saudiya va Rossiya neft kompaniyalari Amerikaning kuchsizligidan foydalanmasligiga ishontirish uchun) soʻng rasmiy yoki norasmiy ravishda ishlab chiqarishni qisqartirish tashkil qilishni taklif qilganlar ham boʻlgan. Biroq, aql-idrok va oqilona hisob-kitob tarafdorlari ozchilikni tashkil etdi, AQSH Energetika vaziri esa G20 "virtual sammitida" AQShda neft qazib olish darajasi bozorni tartibga solishini eʼlon qildi. Shuningdek, 2020 yil oxiriga kelib, qaysi bashorat qilingan model toʻgʻri ekaniga qarab, "ixtiyoriy-majburiy ravishda" ishlab chiqarish kuniga ikki yoki uch million barrelga kamayadi. Bunday pasayish AQShning neft qazib chiqarishining chorak qismiga bozorni tark etishga teng keladi.

AQSH Energetika vazirining G20 sammitidagi quruq bayonotida, raqamlar emas (ehtimol, AQShda ishlab chiqarish hajmining 2020 yil oxirigacha qancha miqdori yoʻq qilishni aniqlaydigan usul yoʻq boʻlsa kerak), ammo ishlab chiqarishni qay tarzda tartibga solish kerakligi eng muhim joyi boʻldi. Vashingtonlik yuqori lavozimli amaldor buni bozor amalga oshirishini aytdi va bu hozirda G20 guruhining raisi boʻlgan Saudiya Arabistoni vakillariga juda mamnun boʻldi. Gap shundaki, Saudiya Arabistoni va Rossiya neftchilari va amaldorlari, "AQShning OPEK ustidan gʻalabasini" eʼlon qilgan koʻplab soxta ekspertlardan farqli oʻlaroq, majburiy pasayishning "bozor"mexanizmi qanday boʻlishini yaxshi tasavvur qilishgan.

Bu AQShning neft fyucherslari bozorida takrorlanadigan (kerak boʻlsa, har oyda) narxlar falokati kabi koʻrinadi. Amerika neft bozorining tuzilishi xususiyatlaridan va Amerika slanetschilarining (birinchi navbatda!) federal hukumat va Texas davlat regulyatorlari bilan munosabatlarda xatti-harakatlari natijasida salbiy narxlarning takrorlanishi "muammoni yaxshi hal qilishni istamaganidan paydo boʻlgan va natijada hammasi yomon yakunlangan".

Amerika Goldman Sachs banki tahlilchisi Damyen Kurvalen bir necha hafta oldin, birinchilar qatorida neftning salbiy bahosi ehtimolini bashorat qildi, shu jumladan AQShda, nima sodir boʻlganligini shunday izohlaydi: (ZeroHedge iqtibosi) "Chikago hom-ashyo birjasidagi WTI xom nefti uchun may fyuchers shartnomasi muddati ertaga, 21 aprelda tugaydi. Uzoq muddatli pozitsiyaning har qanday egasi (shartnomani shu sanaga qadar yopmagan neft xaridori, yaʼni uni bozorda sota olmaydi) - may oyi davomida Kushingda xom neftni qabul qilishga majbur boʻladi (belgilangan quvurga yoki saqlash joyiga berib yuborish orqali yoki "omborhona ichidagi berib yuborish" orqali).

Bu shuni anglatadiki, may oy uchun WTI shartnomasini imzolagan investor Kushing omborida barrellar uchun (u paytga kelib, ehtimol ombor toʻlgan boʻlishi mumkin) joy qidirishga hojat qolmasligi uchun ushbu pozitsiyani (istalgan narxda) 21 aprelgacha sotishga majbur boʻladi, (oʻtgan juma holatiga koʻra u allaqachon 77 foizga toʻlgan, bu may oyining birinchi haftasiga omborda boʻsh joy defitsitidan dalolat beradi)."

Slanets sanoatining "oxirigacha qazib olish" istagidan kelib chiqib, ushbu mahalliy logistika va ombor halokati toʻgʻridan-toʻgʻri natijasi sifatida, nafaqat aprel oyi oxiri va may oyining boshlarida yetkazib beriladigan neft narxlarining pasayishi, balki iyun va iyul oylarida yetkazib beriladigan neft narxining pasayishi ham boʻldi, narx pasayishi koʻlami u qadar taʼsirli emas va narxlar hali ijobiy.

Koʻplab Amerika kompaniyalari neft sotib oluvchilarga narxlarni yetkazib berishda ushbu fyuchers shartnomasiga bogʻliqligini hisobga olinsa ham, agar neft aynan Kushingga umuman yetkazib berilmasa ham, Amerika ishlab chiqaruvchilarining katta qismi jiddiy muammolarga duch keladi. Hozirgi paytda nafaqat salbiy narxlar, balki kelgusi bir-ikki oyda narxlarning keskin tushib ketishi bilan bir qatorda, neftni quvurga quyish yoki uni saqlash uchun joy topishning imkoni yoʻqligi sababli. Shu yoki boshqa koʻrinishda, dunyoning boshqa qismlarida ham shunga oʻxshash muammolar paydo boʻladi, ammo ehtimol, hech bir joyda zararning koʻlamini AQShda sodir boʻlayotgan voqealar bilan taqqoslab boʻlmaydi, va bu yerda neftchilar oʻz ambitsiyalari tufayli juda koʻp azob chekmoqda.

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy

Neft urushida kim va qay tarzda gʻalaba qozonganligi savoliga qaytsak, Kanada Qirollik banki va nufuzli Rystad Energy konsalting kompaniyasining qaygʻuli hisob-kitoblarini Kanadaning Financial Post nashri jurnalistlari sarhisob qilganini taʼkidlash oʻrinli:

"Kim yutmoqda? Shimoliy Amerikada majburan qisqartirilgan neft qazib olish OPEK davlatlariga qaraganda besh baravar koʻproq boʻlishi mumkin ... Shimoliy Amerikaning neft ishlab chiqaruvchilari yanchilgan boʻlib chiqyapti, chunki neft toshqini narxlarni past darajada ushlab turishi kutilmoqda (kutilganidan -tahr.) RBC Capital Markets, AQShning slanets neft qazib olish hajmini kuniga 1,5 million barrelga pasayishini kutmoqda ... Aksincha, OPEK qazib oluvchilari orasida faqatgina Iroq kuniga 300 ming barrelga, Venesuela esa - 275 ming barrelga kamaytirishga majbur boʻladi. Hozircha faqat ruslar va saudiyaliklar bozor ulushi uchun urushda gʻalaba qozonayotganga oʻxshaydi. Ammo bu ular uchun qimmatga tushmoqda, chunki OPEK davlatlarining aksariyati yuqori neft narxlariga bogʻliqdir ... Umuman olganda, bu yil Shimoliy Amerikada ishlab chiqarish kuniga 2,64 million barrelga qisqarishi mumkin, OPEKning (qoʻshimcha majburiy – tahr.) qisqartirish hajmi esa, RBC va Rystad maʼlumotlariga koʻra, kuniga taxminan 575000 barrelni tashkil etadi".

Donald Tramp slanets kompaniyalariga qandaydir yordam berishni vaʼda qildi, ammo u bundan oldin ham buni vaʼda qilgan edi va AQSH Kongressidagi siyosiy raqiblari esa unga buni yoʻl qoʻymadilar, baʼzilari ochiqchasiga neftchilarning ommaviy ishdan boʻshatilishi va neft narxlarining pasayishidan xursand boʻlib buni nishonlashmoqda. Kelgusi oylar uchun neft bozoridagi narxlarni oldindan bashorat qilib boʻlmaydi, ammo epidemiya baribir bir kun tugaydi, bu talabning tiklanishiga va narxlarning oshishiga olib keladi. Biroq, Gʻarb manbalarining taʼkidlashicha, bu paytgacha AQSH va Kanadadagi neft qazib oluvchilarining sezilarli qismi yetib bormaydi.

Asosiy mavzular