Su-35 Suriya qirg‘oqlarida AQSh josus-samolyotini ushladi: amerikaliklar nima izlayapti?

Obuna bo‘lish
"Xmeymim" va "Latakiya"dagi Rossiya bazalari xavfsizligi va jangovar qobiliyati Suriyaning O‘rta yer dengizi qirg‘oqlaridagi AQSh va NATO josus-samolyotlari uchun "ochiq osmon" bilan mutlaqo nomutanosibdir, deb hisoblaydi harbiy sharhlovchi Aleksandr Xrolenko.

Amerikaning harbiy razvedka samolyotlarining suveren Suriya chegaralari yaqinida tez-tez paydo bo‘layotgani va bu bortlarning Rossiyaning Su-35 qiruvchilari tomonidan tutilishi AQShning Yaqin sharq mintaqasida o‘z harbiy-siyosiy ta’sirini saqlab qolishga bo‘lgan istagini aks ettiradi. Tabiiyki, "Xmeymim" va "Latakiya"dagi Rossiya bazalari xavfsizligi va jangovar qobiliyati Suriyaning O‘rta yer dengizi qirg‘oqlaridagi AQSh va NATO josus-samolyotlari uchun "ochiq osmon" bilan mutlaqo muvofiq emas.

Rossiyaning Su-27 samolyoti Qora dengizga qulab tushdi

Rossiyaning Su-35 qiruvchilari tomonidan amerikaning bir nechta "Poseydon" (P-8A Poseidon) razvedkachi-samolyotlarining tutib olinishi hammasiga oydinlik kiritadi. Mintaqada 2015-yildan buyon operatsiyaga oid vaziyat juda o‘zgargan bo‘lib, bu o‘zgarish Pentagon foydasiga bo‘lmagan edi. Obyektiv voqelik va Rossiyaning strategik (uzoq muddatli) harbiy ishtiroki G‘arbning jig‘iga tegmoqda.

AQSh HDK 6-floti matbuot-xizmati xabariga ko‘ra, 19-aprel kuni Rossiya Su-35 qiruvchisi O‘rta yer dengizida amerikaning P-8A Poseidon razvedkachi-samoleti oldidan 25 fut  (7,62 m) masofada uchib o‘tdi. "Poseydon" ekipaji bu signalga darhol reaksiya bildirmadi, va shu bois 100 daqiqa ichida ikki marta tutib olindi va turbulentlikni his etdi.

Ilgariroq AQSh Su-35 qiruvchisi O‘rta yer dengizidagi xalqaro havo bo‘shlig‘ida amerika razvedkachi-samolyotidan sakkiz metr masofada uchib o‘tgani uchun Rossiyaga e’tiroz bildirgan edi. Amerika "Poseydoni" go‘yoki bunday - rossiyalik uchuvchining mas’uliyatsizligi va Su-35dan turbulentlik singari sovuq reaksiyaga sabab bo‘ladigan hech qanday xatti-harakatga yo‘l qo‘ymaganidan arz qilgan edi. Endilikda "qaynoq" mintaqadagi bu singari uchrashuvlar tez-tez sodir bo‘lmoqda.

Rossiyskie mnogofunksionalnie istrebiteli patogo pokoleniya Su-57 vipolnyayut demonstratsionniy polet na Mejdunarodnom aviatsionno-kosmicheskom salone MAKS-2019 v podmoskovnom Jukovskom - Sputnik O‘zbekiston
Erdo‘g‘on Su-57 qiruvchilarini sotib olish bo‘yicha muzokara olib borilayotganini aytdi

Sababi nimada, kim aybdor?

Pentagon RF HKK uchuvchilarini 1972-yildagi "Ochiq dengizda va uning ustida hodisalarning oldini olish to‘g‘risida"gi bitimga amal qilishga chaqirdi. RF Mudofaa vazirligi amerika samolyoti Suriyaning Tartus portida Rossiyaning harbiy-dengiz obyektiga o‘ta xavfli darajada yaqin kelgani uchun Su-35 "Xmeymim"dagi aviabazadan havoga ko‘tarilganini ma’lum qildi.

Rossiya harbiy idorasi Rossiya aviatsiyasi parvozlari havo bo‘shlig‘idan foydalanish bo‘yicha xalqaro qoidalarga qat’iy amal qilgan holda bajarilishini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya HKK uchuvchilari osmonda "bezorilikka" yo‘l qo‘ymaydilar. Su-35 manyovrlari esa AQSh razvedkachi-samolyotiga qaysi tomonga uchish kerak emasligini ko‘rsatmoqda. Bu odatiy kuzatuv amaliyotidir. Amerikalik uchuvchilar O‘rta yer dengizi ustida "xavfli manyovrlar" sabablarini yaxshi bilishadi. Mart oyi boshida AQSh qiruvchilari Alyaska neytral suvlari ustida Rossiyaning uzoq masofaga ucha oladigan anti-submarin samolyotiga to‘rt soat hamrohlik qilgan.

Rossiyskie istrebiteli Su-27 - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaning Su-27 qiruvchisi AQSh razvedka samolyotini to‘xtatib qoldi

Maqsad va vositalar

Harbiy-siyosiy reallik shundayki, bugun mintaqada amerikaning razvedkachi-samolyoti "doira chizayotgan bo‘lsa", ertaga Tomahawk qanotli raketalari uchib kelishi mumkin (Pentagon arsenalida ularning soni 5 mingga yaqin). Suriyada bunday voqea allaqachon ro‘y bergan (2017 yilning aprelida). Rossiya HKK navbatchi kuchlari qoidalarga qat’iy amal qilgan holda harakatlanishgan.

Boeing P-8A Poseidon "patrul" va "anti-submarin"deb nomlangani bilan, uning imkoniyatlari ancha keng: O‘rta yer dengizi ustidagi samolyot quruqlikdagi obyektlarning harbiy razvedkasini muvaffaqiyatli olib boraoladi (Raytheon AN/APY-10 radiotexnik razvedka tizimi). Yaqinda "Poseydon"ning Advanced Airborne Sensor izlovchi radari paydo bo‘ldi, u yerda nishonlarni halqa shaklida izlay oladi. Ko‘pnishonli radiolokator Raytheon AN/APS-137D havodagi va suv ustidagi hudud xaritasini aniqlaydi va "chizadi".

Amerikanskiy strategicheskiy razvedivatelniy BPLA RQ-4 Global Hawk - Sputnik O‘zbekiston
Amerika droni Qrim chegarasida razvedka o‘tkazdi

Samolyot zamonaviy nishonga olish-navigatsiya majmuasi - Smiths Aerospace tufayli keng spektrdagi harbiy vazifalarni yechishga qodir. Harbiy harakatlar yuz beradigan taqdirda "Poseydon" nafaqat bomba masofasi belgilab yoki Mk.54 torpedalari bilan jihozlanibgina qolmay, no balki SLAM-ER korreksiya qilinadigan aviabomba va boshqariluvchi kemalarga qarshi AGM-84K Harpoon raketalari, AGM-65 Maverick "havo-yer" raketalari va hatto radiolokatsiyaga ega o‘rta masofaga uchuvchi AIM-120 AMRAAM "havo-havo" raketalari bilan jihozlanadi va bu unga qiruvchilar bilan jangga kirishish imkoniyatini beradi.

Obro‘li amerika nashri bo‘lmish The National Interest bekorga: "Mojaro yuz bergan taqdirda bu samolyotlar qaroqchilik qilayotgan submarinlarni izlash va yo‘q qilish, shuningdek, dushmanning suv sathida suzuvchi kemalari harakatini kuzatish bo‘yicha muhim vazifalarni bajaradi. Tabiiyki, "qaroqchilar"ni Vashingtonda tayinlashadi.

Shu bois bu fonda amerikaliklarning diydiyolari umuman noo‘rin. P-8A Poseidon ekipaji (9 kishi) uchun turbulentlik metodi asosida Rossiya harbiy bazalariga nisbatan amalga oshirilayotgan jangovar razvedka faoliyatining oldi olinishi - harbiy navbatchilik zonasida Su-35 qiruvchisi bilan uchrashuvda bo‘ladigan ehtimoliy oqibatlarning eng "zararsizidir".

Agar Qo‘shma Shtatlar Rossiyaning mintaqadagi manfaatlarini bundan keyin ham ko‘rib ko‘rmaslikka olishda davom etaversa, osmon, dengiz va quruqlikdagi yoqimsiz uchrashuvlar ehtimol davomiy bo‘lar. Garchi Vashington zarba beruvchi F-35A qiruvchi-bombardimonlarini Suriyaga yaqin - Iordaniyaga namoyishkorona o‘tkazish orqali ishlarni yaxshilashga harakat qilayotgan bo‘lsa-da, mintaqada "amerika o‘ziga xos ustunligi" endi qaytmaydi. 

Demonstratsionnie poleti universalnoy aviagruzovoy platformi SKYF na aerodrome - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada razvedka samolyot va dronlar uchun ko‘rinmas radar yaratildi

Rossiya – ishonchli himoyachi

Suriya hududida Rossiyaning "Xmeymim" (HKK) va "Latakiya" (HDK) harbiy bazalari qonuniy asosda joylashgan. Bu yerda RF Mudofaa vazirligining strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qurollari jamlangan, eng yangi namunadagi qurol-aslahalar va harbiy texnika – Su-35S samolyotlari, dengizda bazalanuvchi "Kalibr" qanotli raketalar va havoda bazalanuvchi  "X-101" qanotli raketalar, "Terminator" jangovar mashinalari joy olgan, T-14 "Armata" tanklari sinovdan o‘tkazilgan. Suriyada vaqti-vaqti bilan NATO radarlari ilg‘amaydigan yangi Su-57 aviatsiya majmualari ishga tushiriladi. Bularning barchasi g‘arb strateglarining chinakam va nosog‘lom qiziqishiga sabab bo‘lmoqda. Aytgancha, bu yerda texnik xarakteristikalardan ham ko‘ra, obyektlarning joylashuvi, koordinatalari katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. Bu ma’lumotlar vositalangan (noqonuniy qurolllangan uyushmalar dronlari yordamida) ehtimoliy zarbalar uchun kerak bo‘lib qolishi mumkin.

SU-27 perexvatil samoleti-razvedchiki NATO nad Baltikoy - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qiruvchisi Boltiq dengizi ustida razvedka samolyotlarini to‘xtatib qoldi – video

Rossiya kuchlari va yuqori texnologiyalari joylashgan hududlar osmondan, dengizdan va quruqlikdan ishonchli pana qilinishga muhtoj. Shu bois, suriya zaminida S-400 "Triumf" zenit raketa tizimi va S-300 "Favorit" zenit raketa majmualari, "Pansir-S1" zenit raketa-pushka majmualari, qiruvchi aviatsiya eskadrilyalari harbiy navbatchilikni olib bormoqda.

O‘rta yer dengizidagi harbiy tahdidlar va kuchlarning ochiqchasiga namoyish etilishiga Rossiya shunchaki xuddi shu xilda javob qaytarmoqda. Yana bir marta eslataman: RF qo‘shinlari Suriya hududida respublika rasmiy hukumati iltimosiga binoan bo‘lib turibdi, AQSh HDK 6 floti kemalari va aviqsiyasi esa O‘rta yer dengizida faqat o‘z tashabbusiga binoan harakatlanayapti. Amerika harbiy xizmatchilarini Suriyaga ham hech kim taklif qilmagan.

Yangiliklar lentasi
0