20:55 19 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB135.03
  • EUR12254.96
  • USD10364.48
Analitika
Havola olish
173721

Rossiya Afgʻoniston Islom Respublikasidagi inqiroz bartaraf etilganidan soʻng, Moskva va Kobul oʻrtasidagi hamkorlik koʻplab sohalarda kuchayishiga umid qilmoqda.

Afgʻonistonning shimoli kundan kunga qizib bormoqda va agar Tolibon qoʻshni Markaziy Osiyoga yetib bormagan boʻlsa-da, tojikistonlik jangarilar allaqachon afgʻon tuprogʻida joylashib boʻlgan va shu bilan birga "Tolibon" guruhlari bilan hamkorlik qilmoqda.

Afgʻon xavfsizlik kuchlari mamlakat shimolida tojikistonlik jangarilar faollashayotganini qayd etmoqda. Oʻtgan hafta Kuf-Ab uyezdining hukumatparast kuchlari postiga Ragiston hududidan 15 kishidan koʻproq qurollangan tojik jangarilari guruhi hujum qildi. Keyin otryad Ragiston uyezdiga qaytdi.

Markaziy Osiyo respublikalaridan kelib chiqqan terrorchilar guruhlari Afgʻonistonning Vardudj, Ragiston, Yamgan, Djurma, Daraim, Yaftal va boshqa tumanlarida joylashib, ayrim hududlarni toʻliq nazorat qilmoqda. Tojikiston bilan chegaradosh Nusay uyezdida jangarilar 16 aholi punktidan 15tasini nazorat qilmoqda. Chet elliklar guruhlari, odatda, toliblar bilan birgalikda harakat qilib umumiy maqsadlarga erishishga intilishmoqda. Avvalroq, Badaxshon hukumati tojik va oʻzbek guruhlari - tegishli ravishda Ansarulla va Harkat-i Islomiyning yordamida ID* va Al-Qoida* terrorchilik tashkilotlarining hududda harbiy kuchlarini kuchaytirishga urinishlari haqida bayonot bergan. Bunday hamkorlik afgʻon voqeliklarini qoʻshni davlatlar hududiga eksport qilish ehtimolini sezilarli darajada oshiradi.

Doimiy jangovar harakatlar Afgʻoniston Islom Respublikasining (AIR) deyarli barcha viloyatlarida davom etmoqda. 26 aprel kuni Lobar provintsiyasida (Kobuldan 30 km masofada joylashgan) "Tolibon"* terrorchilari tomonidan uyushtirilgan hujumda olti nafar afgʻon xavfsizlik kuchlari harbiysi halok boʻldi va toʻrtasi asirga olindi. Kala-i-Nau (Badgis provintsiyasi) yaqinidagi hukumat postida 24 aprel kuni Tolibon hujumi oqibatida 13 koʻngilli oʻldirilgan, yana oʻn kishi bedarak yoʻqolgan. Oʻtgan hafta davomida, umumiy hisobda Afgʻoniston xavfsizlik kuchlarining 100 dan ortiq xodimi halok boʻldi va oʻnlab odamlar jarohatlandi.

Avvalroq, Balx va Taxar shimoliy provintsiyalarida jamoat xavfsizlik kuchlarining 30ga yaqin hodimi va besh nafar mahalliy aholi, shu jumladan bir yosh bola toliblar bilan boʻlgan ikki toʻqnashuvda halok boʻlgan edi. Ushbu mudhish fonda, "Tolibon" vakillari 24 aprel kuni Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani taklif etgan oʻzaro oʻt ochishni toʻxtatish rejimini yaroqsiz deb rad etishdi.

Tolibon shartlari

Eslatib oʻtaman, "Tolibon"* harakatining AQSH bilan tinchlik bitimi va afgʻonlararo muloqotning muhim moddalaridan biri mahbus jangarilar va hukumat kuchlarining asirga olingan harbiy xizmatchilarini ozod qilishdir. Shu qatorda, jangarilar soni bir necha baravar koʻp. Birinchi bosqichda Kobul 5000 tolibni ozod qilishi va oʻrniga 1500 askar va politsiyachilarni qabul qilib olishi kerak. Bu yerda oʻz ustuvorliklari va imkonsiz shartlar ham mavjud.

"Tolibon" birinchi navbatda 15 eng qonli qotil va banditlarni ozod qilinishini talab qilmoqda. Ulardan - Lailuddin Gulbeddinning oʻzi - Kobuldagi yirik terroristik aktlarda ishtirok etgan, 2017 yilda Germaniya elchixonasi, Afgʻoniston senati vitse-spikeri Muhammad Izidyarning oʻgʻli dafn marosimidagi portillashlar  va Afgʻonistonning Amerika universitetiga (AUAF) hujumlarni tayyorlagan. Gulbeddin ishtirokidagi terroristik hujumning har birida oʻnlab tinch aholi halok boʻldi va yaralandi. Amaldagi qonunlarga koʻra, Afgʻoniston hukumati bunday jinoyatchilarni hattoki Vashingtonning bosimi ostida ozod qilishga vakolat yoki asosga ega emas.

Natijada Kobul 400 ga yaqin mahbusni ozod qildi, ularning hammasi ham "Tolibon" tomonidan tanilmagan. "Tolibon"* 60 asirni (1000 kishidan) ozod qildi, ammo atigi 19 kishi xavfsizlik xizmati xodimlari deb tan olindi. Muzokaralar va harbiy harakatlar, paradlar va qatllar davom etmoqda. Kobulda hukmronlik qilayotgan ikki hukumatlilik mamlakatdagi harbiy-siyosiy inqirozni chuqurlashtirmoqda, davlat hokimiyatining susayishiga va "Tolibon"* va boshqa terrorchilik tashkilotlarining taʼsirini kuchaytirishga yordam bermoqda.

Rossiya pozitsiyasi

Qoʻshni Afgʻonistondagi beqarorlik, terroristik va giyohvandlik tahdidlari Rossiya Federatsiyasi va uning Markaziy Osiyodagi ittifoqchilarining strategik manfaatlariga javob bermaydi. Moskva Tojikiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston chegaralari va harbiy xavfsizligini mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Mintaqaviy barqarorlikni kuchaytirishga KHSHT tuzilmalarini rivojlantirish, harbiy-texnik hamkorlik va qoʻshma harbiy harakatlar koʻmaklashadi. Shu bilan birga, Rossiya Afgʻoniston Islom Respublikasidagi murosasiz raqiblarni yarashtirish uchun koʻp harakatlarni amalga oshirdi. Aslida, Afgʻonistonning mojarodan keyingi tuzumni shakllantirishga birinchi qadam 2019 yil 5-6 fevralda Moskvada "Afgʻonlararo dialog" formatida qoʻyildi. KHSHTga aʼzo davlatlar 29 fevral kuni AIRda vaziyatni siyosiy-diplomatik yoʻl bilan hal etishdan boshqa muqobil yoʻl yoʻqligini va Afgʻonistonda tinchlikka erishish uchun Moskva formatidagi maslahatlashuvlarning muhimligini taʼkidladilar. Oʻsha kuni Qatarda imzolangan AQShning "Tolibon" harakati bilan tinchlik bitimini tarixdan oʻchirmagan holda.

Moskvaning Oʻrta Osiyodagi tashqi siyosatini gʻarblik sheriklar baʼzan "ruslar Afgʻonistonga qaytdi" degan sarlavhalargacha soddalashtirmoqda. Albatta, bunday baholash haqiqatdan ancha yiroq. Shunga qaramay, Rossiya Islom Respublikasidagi inqiroz bartaraf etilgandan soʻng, Moskva va Kobul oʻrtasidagi hamkorlik koʻplab sohalarda kuchayishiga umid qilmoqda. Rossiya Federatsiyasi mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga, shu jumladan Afgʻonistonlik sheriklarning AIR xavfsizligi va davlat suverenitetini taʼminlash uchun zarur boʻlgan Rossiya qurollari va harbiy texnikalarini yetkazib berishgacha boʻlgan talablarini konstruktiv koʻrib chiqishga tayyor. Istiqbolda, muayyan davlatlararo kelishuvlarga erishilganda va "oʻyin qoidalari"ga qatʼiy rioya qilingan holda, Rossiya, bir tomondan, uning mintaqaviy ittifoqchilari, ikkinchi tomondan, Afgʻoniston bilan strategik sheriklik ehtimoldan holi emas. Biroq, ushbu koordinatalar tizimida terrorchi guruhlarning roli nolga tenglashadi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti

Asosiy mavzular