12:16 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Analitika
Havola olish
551 0 0

Oʻzbekistonda AI-80 va AI-92 benzinlari arzonlashmoqda. Rossiyalik eskpert bunday harakatlarning ahamiyati katta boʻlmaydi, avtosanoatni boshqa choralar bilan qoʻllab-quvvatlash kerak deb hisoblaydi.

Mart oyining oxiridan boshlab Oʻzbekistonda AI-80 va AI-92 benzinlari narxlari asta-sekin pasaytirilmoqda. Bundan tashqari, hukumat qiyin davrda aholi tomonidan mahalliy ishlab chiqarilgan mashinalar sotib olinib, shu bilan sanoatni qoʻllab-quvvatlanishi maqsadida turli imtiyoz va preferentsiyalar orqali mahalliy avtosanoatni ragʻbatlantirishga harakat qilmoqda.

Rossiya Ichki ishlar vazirligining Moskva shahri boʻyicha bosh boshqarmasi kengashi aʼzosi, Rossiya milliy avtomobil ittifoqi vitse-prezidenti Anton Shaparinning fikriga koʻra, yoqilgʻi narxining pasayishi avtomobilsozlik holatiga jiddiy taʼsir koʻrsatishi dargumon.

“Hozirda benzin nafaqat Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoda arzonlamoqda, balki Yevropa va AQShda ham xuddi shunday tendentsiya kuzatilmoqda. Ammo bunday siyosat toʻgʻridan-toʻgʻri yangi mashinalar ishlab chiqaruvchilariga yordam berishi dargumon. Odamlar inqiroz sharoitida yangi mashinalarni eskirganlarini oʻrniga afzal koʻrishiga umid qilishi asossiz – aksincha, odamlar tejash yoʻllarini izlaydilar. Isteʼmolchilar uchun ham narxlarning pasayishi oddiy avtomobilchilarga yordam berishi qiyin masala – Oʻzbekistondagi mavjud benzin asosan import qilinadi", - dedi Shaparin.

U avtosanoatni boshqa usullar bilan ham, masalan, Rossiyada boʻlgani kabi davlat buyurtmalari orqali ham qoʻllab-quvvatlash mumkinligini qoʻshimcha qildi. Ammo Markaziy Osiyoda bunday choralar kuzatilmayapti.

Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida mutaxassisning toʻliq fikrini rus tilida tinglash mumkin.

Spaset li deshevыy benzin uzbekskiy avtoprom — mneniye eksperta

Asosiy mavzular