12:28 01 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
156210

Gʻarb Rossiyani aybdor qilish uchun yangi sabab topdi: bu safar ular ichki bozorda oziq-ovqat narxlarini past drajada saqlab qolishga qaratilgan choralari uchun ayblashmoqda.

Chet el ommaviy axborot vositalarining hamma narsada va doimo Rossiyani ayblash xohishi - bu asrlar davomida shakllanib kelgan oʻziga xos yomon anʼanadir. Gʻarbda koronavirusning tarqalishida Rossiyani emas, balki Xitoyni ayblash odatdan noyob istisno boʻldi. Ammo bizning gʻarbiy hamkorlarimiz anʼanalardan shunchaki voz kechisholmaydi. Va endi xorijiy manbalar matnlarida Rossiya oʻz harakatlari bilan global oziq-ovqat xavfsizligini buzmoqda degan ayblovlar paydo boʻlmoqda.RIA Novosti xabariga asosan.

Masalan, Amerikaning nufuzli Bloomberg agentligining soʻnggi materialida Rossiya hukumati tomonidan koʻrilayotgan choralar, shuningdek, Qozogʻiston va Vyetnam rasmiylarining choralari "qoʻshningni ochlikdan oʻldir" strategiyasi sifatida tasvirlanmoqda va aniq salbiy tarzda talqin etilmoqda. 

Maʼlum boʻlishicha, bu safar bizning mamlakatimiz jahon ommaviy axborot va moliyaviy hamjamiyatning ilgʻor vakillari oldida yana aybdor boʻldi: hukumat koronavirus inqirozi sharoitida jamiyatning oziq-ovqat bozorida narx barqarorligiga muhtojligini mutlaqo shaffof sababi bilan Rossiyadan don eksportini cheklab qoʻydi. Bu yondashuv kamida oʻziga xosdir deb boʻlmaydi, chunki xuddi oʻsha amerikalik jurnalistlarning taʼkidlashicha, oziq-ovqat millatchiligi (yaʼni oʻz isteʼmolchilarini tashqi xaridorlarga ustuvor boʻlishi) odatda oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiladigan mamlakatlar orasida keng tarqalgan amaliyotdir, va epidemiya davrida oziq-ovqat eksportini cheklagan birinchi mamlakat Vyetnam boʻldi.

Ayblovlarning mohiyati shundan iboratki, epidemiya sharoitida jahon bozoriga oziq-ovqat eksportini cheklash ocharchilikka olib keladi, ayniqsa aholisi ushbu cheklovlar tufayli muqarrar ravishda koʻtariladigan narxlarda oziq-ovqat sotib olish imkoniyatiga ega boʻlmagan kambagʻal mamlakatlarda,. Muammo shundaki, bu holatda ayblovchilar aynan AQSH va Yevropa Ittifoqidir, chunki shu davlatlarning don eksportchilarining oʻzi bozorda boshqa mamlakatlar tomonidan takliflar boʻlmagan taqdirda oʻz mahsulotlarini narxini koʻtaradilar.

Bundan kelib chiqadiki, amerikalik eksportchilar (AQSH hukumati tomonidan shunga oʻxshash eksport cheklovlariga aniq duch kelmaydiganlari) oʻz isteʼmolchilaridan (pul yetishmasligi tufayli ochlikdan oʻlmaganlarini) qoʻshimcha pul ishlashadi, va shu qatorda Amerika ommaviy axborot vositalari esa Rossiya, Vyetnam va Qozogʻistonga (lekin, albatta, avvalambor Rossiyaga) sayyoradagi oziq-ovqat inqiroziga hissa qoʻshgan davlatlar sifatida ishora qilishga haddi sigʻaveradi.

Amerikaning pul topishga boʻlgan intilishi va aql oʻrgatishi bukib boʻlmas istagi aralash tuygʻularni, yaʼni takabburlikdan ajablanish va unga nafratlanish oʻrtasidagi oʻziga hos tuygʻuni keltirib chiqaradi.

Vaziyat, unga tarixiy retrospektiva nuqtai nazardan qaralganda yanada qiziqarli koʻrinadi. Bizning yevropalik va amerikalik sheriklarimizning rossiyaliklarni oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash va Rossiyani "oziq-ovqat yirik davlati" ga aylantirishi yomonlik, shuningdek pul va kuchni behuda sarfi boʻlishligiga ishontirishga urinishlarini eslash oʻrinlidir. Toʻsatdan aniq boʻldiki, bizning mamlakatimizda jahon bozorida shunday muhim oʻrinni egallashga imkon beradigan eksport salohiyati yaratilganki, hatto Rossiya eksportini vaqtincha qisqartirish yoki cheklashi ham import qiluvchilarni jiddiy tashvishga solmoqda.

Havotirlar koʻlamini tushunish uchun Qatarning "Al-Jazira" telekanali tomonidan koʻrsatilgan materialda keltirilgan mantiqiy zanjirni koʻrib chiqish kifoya, unga koʻra, aynan Rossiyaning bilvosita xatti-harakatlari bir necha siyosiy rejimlarning qulashi va arab dunyosidagi qonli "rangli inqiloblar"ning boshlanishiga hissa qoʻshgan.

"Soʻnggi oʻn yil ichida birinchi marta, baʼzi bir asosiy xaridorlar uni import qilishga shoshayotgan bir paytda, dunyo Rossiya bugʻdoyidan xalos boʻlishi xavfi tugʻilmoqda". <...>  Garchi taʼkidlanmoqda, yilning shu davrida cheklovlar normal savdo oqimini taʼminlash uchun yetarli joy qoldiradi, Rossiya barcha kvotani ishlattb boʻldi. <...> Rossiya bugʻdoy bozorini cheklovlar yoki soliqlar tufayli vayron qilish maʼnosida boy tarixga ega, ammo oxirgi marta toʻliq eksport 2010 yilda qurgʻoqchilik ekinlarni quritib yoʻq qilganidan keyin taqiqlangan. Ushbu qadam bugʻdoy fyucherslari narxining keskin koʻtarilishiga olib keldi va baʼzi tadqiqotchilar bu taqiqni "Arab bahori"da bilvosita omil deb hisoblashdi.

Garchi global yetkazib berish hali yetarli boʻlsa-da, oʻtmishdagi oziq-ovqat tanqisligi haqidagi xotiralar oziq-ovqat millatchiligi haqidagi bahslarni qayta boshladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Ittifoqi kabi tashkilotlar ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqaradigan pandemiya tufayli ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklar xavfi yana kuchayayotganini taʼkidlashdi va shuningdek oziq-ovqat xavfsizligiga zarar yetkazadigan va (oziq-ovqat mahsulotlari uchun) narxlarni  oshishishga olib keladigan asossiz choralarga qarshi chiqishdi".

Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, oʻz zahiralarini sotayotgan frantsuz don eksport qiluvchilarning oʻzlari narxlarni koʻtarib yubormoqdalar va baribir barchasida oziq-ovqat millatchilari aybdor. Vaziyat mutlaqo qolipli tarzda rivojlanishi uchun, Yevropa va Amerika siyosatchilari sayyoramizning oziq-ovqat xavfsizligi uchun kurashning bir qismi sifatida, Rossiya va Vyetnamga don va guruch narxini koʻtarishgani uchun sanktsiyalarni talab qilish kerak. Biroq, anʼanaviy (allaqachon avtomatik va ongsiz boʻlib qolgan) rusofobiyaga qoʻshimcha ravishda, asta-sekin siyosiy va diplomatik tekislikka oʻtayotgan ushbu media-kampaniya yana bir muhim jihatga ega. Koronavirus tufayli yuzaga kelgan oziq-ovqat inqirozi yaqin oylarda haqiqatga aylanishi mumkin. Mutaxassislar "taʼrifi injilda koʻrsatilgan ochlik" haqida ogohlantirganlarida, ular xavfni koʻpirtirishmayapti - bu haqiqatan ham yuz berishi mumkin, ammo Rossiya va oʻz isteʼmolchilarini himoya qiladigan boshqa davlatlar bunga umuman aloqasi yoʻq.

Masalan, Yevropa Ittifoqi soʻnggi yillarda oʻz yer bilan qanday ishlashni unutgan va mardikorlarga muhtoj boʻlgan oʻziga xos "latifundist"ga aylandi: Buyuk Britaniya, Italiya va boshqa Yevropa Ittifoqi mamlakatlari qishloq xoʻjaligida ish kuchining keskin yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda, buning natijasida hosilning katta qismi yoʻqolishi mumkin, yoʻqotilmagan qismi esa odatdagidan ancha qimmat boʻladi.

Masalan Forbes  jurnali xabar berishicha, ruminiyalik mehnat muhojirlari Buyuk Britaniyaga hosilni yigʻib olish uchun charter reyslarida olib kelinmoqda.

AQShda doʻkon javonlarda goʻsht tanqisligi boshlanishi mumkin, chunki yirik goʻshtni qayta ishlash korxonalari koronavirus bilan ommaviy kasallanishlar tufayli yopilmoqda. Amerikaning NBC telekanali "doʻkonlarda haftaning oxiriga kelib (goʻshtni qayta ishlash) korxonalari yopilishi fonida goʻsht yetishmasligi paydo boʻlishi mumkinligini" aytmoqda.

Bunday sharoitda kimgadir barcha donni yashirgan va koronavirus haqida sohta maʼlumot tarqatgan va ehtimol, hatto goʻshtni ham yeb tashlagan (yoki olib ketib qolgan) tashqi dushmanni topish gʻoyasini yoqishi mumkin. Ammo Xitoy, Rossiya yoki hatto Vyetnam haqidagi media isteriyasidan qatʼi nazar, koronavirus bilan bogʻliq muammolar yoʻq boʻlmaydi va koronavirusga qarshi sanktsiyalar kiritib boʻlmaydi.

Asosiy mavzular