10:07 03 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
524 0 0

"Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligi Gʻarb nashrlarining Rossiyaning Gʻalabada tutugan oʻrni haqida 1945 yilda va hozirgi kunda chop etayotgan maqolalarini qiyosladi.

"Rossiya Segodnya" xalqaro axborot agentligi Rossiyaning Gʻarbga nisabatan oʻzining eng katta jinoyatlarini qachon amalga oshirganini aniqladi, deb yozadi Viktor Maraxovskiy.

Bir qarashda, savolning oʻzi gʻalati eshitiladi. Shunga qaramay, shubhasiz: Yevropada soʻnggi urush 1939-1945 yillarda sodir boʻlgan, ehtimol SSSR shu davrda barcha yomon ishlarni qilganligi uchun bizni yomon va qatʼiy ayblab kelishayotgandir?

Ammo yoʻq.

Agar biz 1945 yil may oyida Gʻarbning yetakchi ommaviy axborot vositalarida Rossiyani esga olinishini qayta koʻrib chiqsak, Sovet davlatining tsivilizatsiya oldida jiddiy aybi yoʻqligini koʻramiz. Aksincha, bu yerda Qizil Armiya va rus askariga ommaviy hurmat, minnatdorlik va hayrat hukmronlik qiladi.

"Rossiya Segodnya" mutaxassislari Gʻarbning muhim nashrlarida - "The Times" (Buyuk Britaniya), "Le Monde" (Frantsiya) va "The New York Times" (AQSH) 1945 yil may oyidaga barcha maqolalarni, va keyin esa huddi shu nashrlarda soʻnggi 20 yil ichida nashr etilgan SSSRning urushda tutgan oʻrni haqidagi maqolalarni batafsil oʻrganib chiqdilar.

Farqi hayratlanarli.

1945 yil gazetalariga nazar tashlasak, koʻramiz:

  • Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnыx gazet
    © RIA Novosti .
  • Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnыx gazet
    © RIA Novosti .
  • Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnыx gazet
    © RIA Novosti .
1 / 3
© RIA Novosti .
Rossiya Segodnya sravnila zagolovki zapadnыx gazet

Le Monde: "Buyuk rus ittifoqchisining hissasi bebahodir: uch yil davomida aynan Rossiya tomoni vermaxtning barcha bosimlariga dosh berdi".

9-may, Times, Uinston Cherchill: "Ertaga biz jang maydonidagi mahorati bilan umumiy gʻalabaga asosiy hissa qoʻshgan rus oʻrtoqlarimizga alohida hurmat bajo keltiramiz. <...> shu kuni Gʻarb xalqlari qanchadan-qancha umrlarni qurbon qilib, vayronagarchiliklarga duchor boʻlib, butun Birlashgan Millatlarning eng ogʻir yukini oʻz zimmasiga olgan yengilmas ittifoqdosh Rossiya oldida fahr bilan ehtirom bildiradi".

Va hatto:

10 may, NYT: "Reyxdagi sovet siyosati (yaʼni Germaniyaning bosib olingan hududlarida tinch aholiga nisbatan - tahr.) liberal deb hisoblanadi".

Shunisi ajablanarliki, biz asosiy harbiy jinoyatlarimizni soʻnggi yillarda sodir etdik.

Yoʻq, albatta, hammasi oʻnlab yillar davomida oʻsib bordi. Cherchillning Fulton nutqi buyuk rus ittifoqchisi Yevropaga kirib borayotgan mudhish bulutga aylantirilgandan soʻng, Sovet Ittifoqi fashistik zulmatga qarshi nur kuchlari koalitsiyasining toʻliq aʼzosi sifatida Gʻarbiy koinotda qola olmay qoldi.

Ammo Qizil Armiyani natsizm umurtqasini sindirgan qahramon ozod qiluvchilar armiyasidan bitta oddiygina sababga koʻra zoʻravonchi-qulga aylantiruvchi armiyasiga aylantirish imkonsiz edi: urush qatnashchilari, besh yil davomida urushdan aziyat chekkan urush zamondoshlarining aksariyati hali tirik edi. 1940, 1960 va hatto 1980 yillarda frantsuzlar, asosan Germaniya istilosini yaxshigina eslay oladiganlar boʻlgan. 1970-1980 yillardagi inglizlar hali ham yillar davomida tarang sukutda radioni tinglashgan va Germaniya bombardimonlari va raketa hujumlaridan qochishgan oʻsha-oʻsha inglizlar edi. Va hatto aksil-kommunizmning tayanchi boʻlmish AQShda - asosiy rusofoblar qasos olinishidan dunyoning narigi chetiga qochgan gitlerchi-kollaboratsionistlar boʻlgan, ular bilan yonma-yon esa natsizmdan qochgan yuz minglab, agar millionlab boʻlmasa yahudiylar yashagan, ular uchun Aushvitsga hujum qilgan Sovet askarini yovuzlikda nihoyatda hurmatsizlik boʻlar edi.

Shuning uchun, dunyo yilnomalaridagi "nomaʼqul qahramon" - rus askarining mavjudligini oʻnlab yillar davomida asta-sekin, yarim darajadan oʻzgartirib borishga toʻgʻri keldi. 

Urushning har bir sahnasi yangidan chizib chiqilishi batalon suratining oldingi qatoriga yangi timsollarni qoʻshib qoʻyish, keraksiz sahnalar va voqealarni oʻchirib tashlash yoki chuqurroqqa siljitib yuborish – qandaydir jiddiy hodisa fonida sodir boʻldi.

Qaysi urush Polshadan boshlangan?

1980 yillarda, hali ham sotsialistik Polsha tizimlar oʻrtasida katta kurash sahnasiga aylanganda (polyaklar demokratiyani talab qilmoqda, polyaklar qatagʻonga qarshi norozilik bildirdi, Gdansklik elektrik Lex Valensa Nobel tinchlik mukofotiga sazovor boʻldi), harbiy suratda orqa qatorlardan Molotov-Ribbentrop bitimi va Katыn birinchi oʻringa koʻtarildi. Shu bilan birga, Polsha "Germaniyaning birinchi qurboni" deb eʼlon qilindi - bu Germaniya Polshadan bir yil oldin Vengriya bilan birga vayron qilgan chex va slovaklarni hayratga soldi.

90-yillarning boshlarida, Germaniya birlashib Sovet qoʻshinlarini oʻz hududidan olib chiqish talab qilganida, alohida olingan konʼyunkturali boshdan "ikki million zoʻrlangan nemis ayollari" sehrli raqam paydo boʻldi. Ushbu son negizida allaqanday iddaolardan tashqari hech qanday fakt keltirilmagan va hozirgacha yoʻq. Lekin ushbu ahmoqona iddaolar Urushning asosiy baholashga aylanib bormoqda. Ular tseluloidda quyilib yuzlab kitoblarda va minglab maqolalarda qayd etilmoqda.

90-chi yillar oxiri – nolinchi yillarda, sobiq Sovet Ittifoqi Boltiqboʻyi davlatlarini NATO va Yevropa Ittifoqi tomonidan yutib yuborilishi va potentsial xavfli mahalliy rus tilida soʻzlashuvchilarni yoʻq qilar ekan, Gʻarbiy ommaviy axborot vositalarida sayr uchun qullangan Boltiqboʻyi haqida safsata tarqatildi.

Va 2010 yillarning ikkinchi yarmiga kelib, Ukraina toʻntarishi va Qrimning qaytarilishi bilan, noqulay qahramon - rus askarini urush suratidan butunlay yoʻq qilish uchun mukammal informatsion muhit paydo boʻldi.

Bu aktsiya AQShning Serbiyadagi elchisi Maykl Kirbining 2014 yilda va Polsha tashqi ishlar vaziri Gjegoj Sxetыnaning "Aushvitsni ruslar emas, balki Birinchi Ukraina fronti (ha, huddi oʻsha qoʻshinlari butun SSSR boʻylab yigʻilgan va nomi, tabiiyki, janglar yoʻnalishi boʻyicha nomlangan) ozod qilinganligi toʻgʻrisida" bayonotlari bilan boshlandi. Le Monde gazetasining birdaniga yettita nashri shu mavzuga bagʻishlandi ("ruslar Aushvits Qizil Armiyaning ukrain askarlari tomonidan ozod qilingani" toʻgʻrisida bayonotlardan haqoratlandi").

Bu safsatani eng yuqori choʻqqisini esa shu qishda Osventsimning ozod qilinishining 75 yilligini nishonlash paytida, AQSH vitse-prezidenti Maykl Pens oʻzining tantanali nutqida amerikalik askarlarni (u yerda umuman boʻlmagan) qoʻshib oʻtganida, aslida yuzlab askarlar qoni bilan lagerni ozod qilgan sovet askarlarini esa umuman tilga olmaganida eshitdik.

"Oʻtmish har doim hozirgi zamonga bogʻliq"mi ?

Oddiy qilib aytganda, yillar oʻtishi bilan urush tasvirini oʻzgartirish yanada keskin tusga kirmoqda, chizmalar yanada qatʼiylashmoqda. Guvohlar deyarli yoʻq - 1945 yildagi bolalar bogʻchalari tarbiyalanuvchilari bugungi kunda 80 yoshda. NYT nashrida Germaniyadagi sovet askarlarini mahalliy aholiga boʻlgan liberalligi uchun maqtaganini eslaydigan hech kim yoʻq. Va 75 yil oʻtgach, Gʻarbiy yilnomada Ikkinchi Jahon urushi asosan quyidagi voqealarni oʻz ichiga oladi:

1) Molotov-Ribbentrop bitimi, Polsha va Katinning ikki marta ishgʻol boʻlishi;

2) Frantsiyaning ishgʻoli va Britaniya uchun urush;

3) Xolokost va Pyorl-Xarbor;

4) Normandiyagi qoʻnish, Afrika kampaniyasi va Ivodzima;

5) Gʻarbiy Yevropaning shafqatsiz natsistlardan ozod qilinishi va Sharqiy Yevropani shafqatsiz ruslar tomonidan bosib olinishi.

Shuning uchun, agar 1945 yilda yetakchi Gʻarb ommaviy axborot vositalarida SSSR haqida salbiy maʼlumotlar juda kam miqdorda qisqa-qisqa keltirilgan boʻlsa, endi ular munozaralarning asosiy mavzusi va oʻtmish tasvirini shakllantirmoqdalar.

Bularning barchasi Vallerstaynning "oʻtmish har doim hozirgi zamonga bogʻliq" degan kontseptsiyasiga toʻliq mos keladi.

Ikki xil tarix

Ammo yaxshi yangiliklar ham bor. Oʻtmish pultinining Gʻarblik egalari, hukumatlar va elitalar – allaqachon buyuk urush tasviridan oʻzlariga yoqmagan narsalarni oʻchirib tashlab, maqbul narsalarni qoʻshib oldilar.

Ular yaratayotgan oʻtmish tasvirlari bizning shaharlarimiz va obidalarimiz, ommaviy qabrlar va yodgorliklar, memuar va kinofilmlar, tilimiz va madaniyatimiz yodida turganidan juda farq qiladi - bular shunchaki ikki xil tarix.

Xotiramizni ehtiyotkorlik bilan ilgʻor qayta ishlangan ijod bilan almashtirishning faqat bitta yoʻl bor – bronzadan yasalgan marshal Konevni jasorat bilan magʻlubiyatga uchratgan Praga siyosatchilarining misoliga taqlid qilib, mamlakatimizni yoʻq qilish va xotiramizni jismoniy oʻchirib tashlash.

Ammo Gʻarbning ilgʻor "haqiqat lordlari" ushbu yoʻnalishda 80 yil avval ish boshlagan Gitlerdan koʻp muvaffaqiyat qozona olmayapti, degan fikr ham yoʻq emas.

Asosiy mavzular