02:19 06 Iyun 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
Gʻalabaning 75 yilligi (50)
48210

Facebook Reyxstagda oʻrnatilgan qizil bayroq rasmini ommaviy ravishda olib tashlaganligi uchun uzr soʻradi va buni "qoidabuzarliklarni avtomatlashtirilgan aniqlash vositalari" ishida xato deb bahona qildi.

Facebook Reyxstagda oʻrnatilgan qizil bayroq rasmini ommaviy ravishda olib tashlaganligi uchun uzr soʻradi va buni "qoidabuzarliklarni avtomatlashtirilgan aniqlash vositalari" ishida xato deb bahona qildi.

Buni yomon niyat bilan qilingan deb tushuntirish istagi ham yoʻq emas. Ushbu versiya mamlakatimiz natsizmni ustidan gʻalaba qozonishdagi rolini odamlar hotirasidan oʻchirib tashlash orqali Gʻarbning tarixni qayta yozishga boʻlgan urinishlari holatida yanada ishonarli koʻrinadi.

Biroq, bu holda ortda qolgan hufiyona siyosiy oʻyinlarni qidirish, koʻrinishidan, ortiqcha. Yevgeniy Chaldeyning mashhur fotosuratini shunchaki "xavfli odamlar va tashkilotlarga nisbatan jamoat qoidalariga" zid ravishda blokirovka qilinishi bilan tushuntirish vaziyatning bemaʼniligini anglatadi. Keyinchalik tarqatilgan bahonalar faqatgina bu ijtimoiy tarmoq janjalga aralashib qolish niyati yoʻqligini tasdiqladi. Toʻgʻri, hamma narsani shunchaki tasodifga yoʻyish ham notoʻgʻri boʻlar edi: bu safar gap Facebook"ning anti-Rossiya siyosatida emas, balki dunyo ijtimoiy tarmoqlari oʻzlarini oʻz tuzogʻiga tushirganida.

Ijtimoiy tarmoqlarning oʻz fikrini erkin ifodalash va muloqot maydoni sifatidagi oltin davri juda qisqa boʻlib chiqdi. Bu yerda cheklovlar va uzatilayotgan maʼlumotlarni cheklash va nazorat hozirda agressiv saraton oʻsmasi tarqalish tezligi bilan oʻsib bordi va endilikda mutlaqo barcha sohalarni va yoʻnalishlarni qamrab olgan, toʻlaqonli qatʼiy tsenzuraga aylandi. Xususan, Facebook'ning eng tez-tez muhokama qilinadigan (va qoralanadigan) qoidalaridan biri bu taniqli nodir sanʼat asarlari boʻlsa ham, yalangʻochlikni taqiqlashdir. Ikki yil oldin, butun dunyo boʻylab koʻtarilgan shov-shuv tufayli foydalanuvchilardan tosh asriga oid - Villiyendorflik Venera haykalchasini suratlarini chop etish uchun blokirovkani ochishga muvaffaq boʻlindi. Ammo bir yil oldin Jeneva sanʼat muzeyi koʻrgazmasining reklamasi uchun qadimiy haykallarning fotosuratlaridan foydalana olmaganini bartaraf etishga yordam bermadi. Siyosat haqida gapirmasa ham boʻladi. Cheklovlar ostida ham rasmiy sabablarga asosan (masalan, taqiqlangan soʻzlar tufayli), ham umumiy mafkuraviy sabalarga asosan ham qolish mumkin. Bir hafta oldin Facebook'da "kremlparast" News Front axborot agentligining bir necha tillardagi akkauntlari oʻchirilib tashlandi. Biroq, bunday tsenzurada kompaniyaning faqatgina ongli irodasini koʻrish xato boʻladi, chunki koʻpchilik ushbu vositadan foydalanishni oʻrgandi.

Tajriba yoʻli bilan ancha oldin aniqlandiki, ommaviy shikoyatlar ijtimoiy tarmoqlardagi maʼlumotlarni avtomatik boshqarish algoritmining eng muhim qismi ekan. Agar siz har tomonlama mutlaqo aybsiz boʻlgan habaringiz uchun jazolansangiz, demak, siz sizni yoqtirmaydiganlar hujumiga duchor boʻlgansiz. Bunday holatlarda Facebook birinchi navbatda avtomatik ravishda chora koʻradi va shundan keyingina - agar qoʻli tegsa va mutaxassis bu masalani xolis koʻrib chiqsa - u mohiyatiga qiziqadi. Qoʻli yetib bormasligi ham mumkin, chunki ijtimoiy tarmoqlarda tarkibi tekshirilishi kerak boʻlgan materiallar kundan-kunga oʻsib bormoqda. Foydalanuvchilarning asossiz jazolanishining hisobi bir necha mingdan oshayotgani ajablanarli emas.

Ehtimol, Reyxstag ustidagi Gʻalaba Bayrogʻi rasmi holatida ham shunga oʻxshash holat yuz bergan: qandaydir Rossiyaga qarshi faollar ushbu rasm joylangan bir nechta postlar ustidan shikoyat shaklida jamoaviy hujum uyushtirishgan, natijada u mashina boshqarish algoritmiga tushib qoldi va shunga oʻxshash nashrlar avtomatik ravishda yoʻq qilina boshladi. Ammo, bu safar mavzu shu qadar keskin va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlib qoldiki, Facebook shoshilinch ravishda haqoratlangan insoniyat oldida tushuntirish berishga majbur boʻldi. Bu yagona shu kabi holat emas.

Bir oy oldin Google YouTube'dan Kommunarkadagi shifoxona bosh shifokori Denis Protsenkoning intervyusi va rossiyaliklarga murojaat qilgan Vladimir Putinning murojaatini olib tashlashga haddi sigʻdi. Videoning tiklanishi va xatoning tan olinishi bu qadam ongli ravishda amalga oshirilmaganidan dalolat beradi - shunchaki "nimadur notoʻgʻri ketdi".

Demak, barcha bu holatlarda baʼzi fuqarolar (ehtimol rusofob qarashlarga ega) bizning mamlakatimizni ozgina mazhara qilishga qaror qilishdi va obroʻsiga jiddiy zarar yetgan, koʻp milliardli yirik korporatsiyalardan hufiyona muvaffaqiyatli foydalanishdi.

Facebook va Google endigina dunyoni zabt etayotgan paytda, ijtimoiy tarmoqlar insoniyatni kuchli davlat-usti nazoratiga oladi degan qarashlar mashhur boʻlgan. Biroq, davlatlar IT-korporatsiyalarni oʻz talablarini bajarishga majbur qilishlari uchun yetarli imkoniyatlarga ega ekanligi maʼlum boʻldi. Keyinchalik kompaniyalar uyushgan yoki juda baland "jamoaviy fikr" ostida yon bosishga majbur boʻlganliklari maʼlum boʻldi. Mark Tsukerberg har qanday va hatto toʻgʻridan-toʻgʻri qarshi zid boʻlgan ayblovlarga qarshi kurashishga vaqt topa olmay ham qolyapti, jumladan Kreml, Markaziy razvedka boshqarmasi va Xitoy manfaatlariga ishlash, Tramp va uning raqiblarini qoʻllab-quvvatlash, ayollarga nafrat va oq odamlarni kamsitish, ikkiyuzlamachilik va zino, endi esa - koronavirus vahimasini tarqatish va shu bilan birga Covid-dissidentlik.

Hatolik bilan yoʻq qilingan nashrlar bilan bogʻliq boʻlgan bu janjallar muammoning boshqa tomonini ham ochib berdi, yaʼni hatto oddiy foydalanuvchilar ham oʻz manfaatlari yoʻlida hatto yirik kompaniyalarni hiyla-nayrang qilishga majburlashi va shu bilan jamoat muammolarini keltirib chiqarishlari mumkin ekanligi maʼlum boʻldi. Bu, aslida, bu masalada ularning qobiliyatsizligi va samarasizligining mutlaqo yovvoyi darajasini anglatadi.

Atigi qandaydir oʻn besh yil ichida ijtimoiy tarmoqlar toʻliq erkinlikdan qattiq avtoritar tuzumgacha oʻtdi, va bu tuzumda har tomonlama nazoratning tekkiz qurilgan konstruktsiyasi oʻz yaratuvchilari boshiga tushishga tayyor turipti.

Mavzu:
Gʻalabaning 75 yilligi (50)

Asosiy mavzular