23:18 30 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Analitika
Havola olish
186610

Mart oxirida keskin cheklov choralari kiritishga majbur boʻlgan Rossiya hukumati 12 maydan karantinni bekor qilishga qaror qildi. Sabab - ushbu kasallik xususiyatlarini oʻrganib unga qarshi kurash choralari tayyor boʻlganida.

Rossiyada karantin choralarini yumshatish va umummamlakat dam olish kunlarining bekor qilinishi, kichik biznes tomonidan olqishlangan boʻlsada jamiyatda koʻpchillik tushunmagan boʻlishi mumkin. RIA Novosti maqolasiga asosan. 

Axir hozir Rossiyada kundalik aniqlanayotgan COVID-19 bemorlari soni 10 mingdan oshiq, kasallanganlar umumiy miqdori esa 220 mingdan oshib ketgan. Karantin choralari eʼlon qilingan vaqtda esa – kasallanganlar soni bor-yoʻgʻi 658 kishi edi. Xoʻsh nega bunday vaziyatda karantin rejimini bekor qilish kerak? Yoki shuncha vaqtdan beri qoʻllanilgan oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish rejimi bekorga boʻlganmi? Ushbu harakatlarda qanday mantiq bor?

Mantiq bor

Birinchidan, Rossiyada COVID-19 oʻlimlari soni dunyoning oʻrtacha koʻrsatgichidan 7,4 baravar kam.  Aholining 46,5 % kornavirusni umuman sezmay (hech qanday kasallik simptomisiz) yengishi mumkinligi aniqlangan.

Faqat yoshi keksa, nafas olish yoʻllari kasallan, gipertoniya va ortiqcha vaznga ega fuqarolarda ushbu kasallik ogʻir kechishi aniqlangan.

Tezkor tartibda shifoxonalarda statsionar yotoq oʻrinlari soni 38,6 %ga oshirilgan va ayni damda ulardan 41 %i - boʻsh.

COVID-19ni tekshirish boʻyicha oʻtkazilgan testlar soni sutkasiga 170 mingdan oshdi.  Yaqin orada ularning soni 300 mingga yetkaziladi.

Xulosa shuki – ayni damda Rossiya hukumati ushbu yangi kasallikning xususiyatlarini oʻrganib chiqib unga qarshi kurashga tayyor boʻldi. Jumladan kasallik olib kelishi mumkin boʻlgan xavflarga qarshi operativ kurash choralari tayyorlandi.

Hozir Rossiya, mart oxiridan farqli ravishda, COVID-19 ga qarshi samarali kurashga tayyor.

Mart oxirida

Mart oxirida,  kasallar soni kam boʻlsada vaziyat haqiqatda qanday ekanligi mutlaq nomaʼlum edi. Epidemiya boshlangʻich bosqichda, hatto yetarli ravishda diagnostka vositalari ham yoʻq edi.

Lekin shu bilan bir vaqtda COVID-19 oldinroq kelgan boshqa davlatlarda minglab vafot etayotgan fuqarolar, kasalxonalarda oʻrin yetishmasligi,  tibbiy niqoblar va himoya vositalari tanqisligi kuzatilayotgan edi.   

Shu bilan birga, mart oxirida koronavirus ayrim davlatlarda oʻta ogʻir kechgan boʻlsa, boshqa hududlarda ancha yengil kechgan edi. Lekin hech kim buni tushuntirib bera olmayotgan edi. Ushbu muammo haligacha epidemiolog olimlar tomonidan oʻrganilmoqda. Rossiyada ham ushbu kasallik qanday kechishini va Moskva ham Nyu-York kabi ulkan talofat koʻrmasligiga hech kim kafolat bera olmas edi.

Aynan shu sababli Rossiyada qattiqqoʻl choralar joriy etishga va epidemiyani imkon qadar toʻxtatishga va kasallik xususiyatlarini yaxshiroq tushunish, turli stsenariylarga ham tayyor boʻlish uchun vaqtdan yutish maqsadida qattiqqoʻl choralar qabul qilingan edi.

Oʻtgan davr mobaynida ushbu choralarning barchasi qabul qilindi. Qoʻshimcha tibbiy quvvatlar ishga tushirildi. Butun mamlakat boʻylab ishga tushirilgan keng koʻlamli test tizimlari har bir hudud doirasida operativ harakatlar bajariash imkonini beradi.

Odamlarmi yo samaradorlik?

Oʻz-oʻzini izolyatsiya qilish choralari tufayli yutilgan vaqt tufayli COVID-19 Rossiya sharoitida oʻzini qanday tutishi ham har tomonlama oʻrganildi. Aniqlanishicha, Rossiyada COVID-19 keng tarqalishiga bir necha faktorlar qarshilik  qilishi mumkin ekan. Bular: aholi zichligining pastligi, turistik sayohatlar kamligi, ommaviy BTSJ vaktsinatsiya va boshqa omillar.

Rossiyada keskin choralar cheklov kiritilmasa ham kasallik kechishi Yevropaga qaraganda yengilroq boʻlardi va boshqa gaplar...

Shu oʻrinda skeptiklar ovozi balandroq eshitila boshlaydi. Oʻzi shu ncha karantin va cheklovlarni kiritish kerakmidi? Axir iqtisod oʻldirildi-ku, biznes qancha zarar koʻrdi, degan savollar eshitila boshlaydi.

Keskin chorlar haqidagi qaror bir yarim oy avval, vaziyat mutlaq nomaʼlum boʻlgan sharoitida, tarozining bir pallasida iqtisod ikkinchi pallasida esa – odamlar hayoti turgan sharoitda qaror qabul qilingan edi. Ana shunday muhim tanlovda Rossiya hukumati odamlar hayotini tanladi.

Qizigʻi shundaki, aynan ana shu “COVID-19”ni yanada “samaraliroq”, yaʼni tarozining iqtisod pallasiga foydasiga maʼqul uslublar bilan yengsa boʻlar edi degan gaplarni gapirayotgan kishilar, oldinlari tez-tez Rossiyani doim odamlarga shafqatsizlikda ayblab kelishgan edi.

Asosiy mavzular