00:16 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Analitika
Havola olish
203710

Afgʻoniston Prezidenti Ashraf Gʻani oʻzining televizion murojaatida "Tolibon"*ning davom etayotgan hujumlariga javoban, harbiylarga tashkilotning pozitsiyalariga hujum qilishni buyurdi.

Tinch barqarorlashtirishning amerikancha talqini "afgʻonlararo muloqot" tamoyillari va xususiyatlarini oʻzgartirmadi, Afgʻoniston Islom Respublikasidagi (AIR) vaziyatni keskin yomonlashtirdi, "Tolibon"* hukumat kuchlari bilan qurolli kurashining kuchayishiga va tinch aholining yangi qurbonlariga olib keldi. Vashington va Qobulning zaxira rejasi yoʻq. Mintaqadagi qoʻshnilar Afgʻonistondagi yangi avjlanishlarga tayyor boʻlishlari kerak.

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani oʻzining televizion murojaatida "Tolibon"*ning davom etayotgan hujumlariga javoban, harbiylarga tashkilotning pozitsiyalariga hujum qilishni buyurdi.

Kobulda hafta bir qator yirik teraktlar bilan boshlandi. 11 may kuni Taia Maskan hududida bir nechta portlashlar sodir boʻldi. Xavfsizlik kuchlarining taʼkidlashicha, nishon Milliy xavfsizlik direktsiyasi va hukumat mashinalari boʻlgan (qurbonlar haqida maʼlumot yoʻq). Tolibon hujumlarga aloqadorligini oshkor qilmadi, ammo tanish uslub va tashkillashtirish darajasi boʻyicha toliblarnikiga oʻhshaydi.

12 may kuni jangarilarning Kobuldagi shifoxonaga hujumi paytida besh kishi halok boʻldi. Shifohonaga kirish joyida xudkush oʻzini portlatganidan soʻng u yerga qurollangan terrorchilar bostirib kirdi. Natijada 13 kishi halok boʻlgan (ulardan ikkitasi chaqaloq) va 15 kishi jarohatlangan. Hujumga "Chegara bilmas shifokorlar" gumanitar tashkilotining "chet ellik missiyasi" boʻlishi mumkin.

Mamlakatning sharqiy va shimoliy provintsiyalarida faol harbiy harakatlar boshlandi. 11-may kuni Lagman provintsiyasida toliblar bilan toʻqnashuvda 20 dan ortiq afgʻon harbiylari halok boʻldi va olti kishi yaralandi. Gʻazni provintsiyasida olib borilgan harbiy operatsiya davomida 100 dan ortiq "Tolibon"* jangarilari yoʻq qilindi. Hukumat, shuningdek, ID* guruhining besh aʼzosi yoʻq qilinganini xabar qildi.

Hukumat kuchlarining keng koʻlamli aksilterror operatsiyasi shimoldagi Farah va Balx provintsiyalarida davom etmoqda. Oʻz navbatida, "Tolibon"* armiya va politsiya tayanch punktlariga hujum qilmoqda.

Nangarhar provintsiyasida 12 may kuni tuman politsiyasi boshligʻi (Hoji Shayx Ikrom)ning dafn marosimida roʻy bergan portlash natijasida 24 kishi halok boʻldi va 68 kishi jarohat oldi. Jabrlanganlarning aksariyati ogʻir ahvolda va qurbonlar soni koʻpayishi mumkin. Aftidan, AQShning toliblar bilan tinchlik shartnomasi qulamoqda.

Jinoyatchilarni ozod qilinishi

Terrorchilik faoliyatining qayta jonlanishi tasodifiyga oʻhshamaydi, jangovar harakatlar mahbus toliblarni Afgʻonistondagi davlat qamoqlaridan ozod qilinishining doimiy va majburiy jarayoni hisobiga kuchaymoqda. Dohada imzolangan shartnomaga koʻra, asirga olingan AIR askarlarini qonunga muvofiq mahkum qilingan jinoyatchilariga almashish afgʻonlararo toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotning asosiy shartidir. Mumkin boʻlgan besh ming nafardar bir mingdan ortiq jangari "Tolibon"* saflariga qaytib boʻldi. Ularning barchasi odatiy "biznes" bilan shugʻullanishda davom etishiga ishonaman. VVS maʼlumotlariga koʻra, terrorchi guruh har yili har xil noqonuniy harakatlardan 1,5 milliard dollardan koʻproq daromad oladi. Barcha xavf-xatarlarga qaramay, cheksiz "jihod" avtomati bor "talaba"ga doimiy daromad olishni kafolatlaydi. "Tolibon"*ning Qoʻshma Shtatlar bilan teng huquqli sherikligi esa harbiy-diniy harakatning qayta tiklanishi, qonuniylashtirilishi va davlat hayotida ustunlik qilish istiqbollarini namoyish etadi.

Ayrim afgʻon parlamenti aʼzolari AQSH prezident maʼmuriyati guruhni Xususiy harbiy kompaniyaga aylantirib, "Tolibon"*ning harbiy faoliyatini qonuniylashtirish niyatida, deb jiddiy taʼkidlamoqdalar. Aytilishicha, goʻyoki ushbu noaniq tashabbus 29 fevralda Qatarda imzolangan tinchlik shartnomasi matnida rasmiylashtirilib, mustahkamlangan. Ehtimol, "Tolibon"* HHK mubolagʻadir, ammo jangarilarning harakatlarida haddan tashqari chegarasizligi, amerikaliklarning Afgʻonistondan ochiqchasiga qochishi, Kobuldagi "ikki hukumatlilik" Tolibonning hokimiyatga qaytishi va shafqatsiz Oʻrta asrlilikka hos shariat mahkamalarining hamma jabhalarga taʼsir oʻtkazishi va ommaviy qatllarning qayta tiklanishi imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.

Jangarilarning shafqatsizligi va uyatsizligi, ularning atigi 105 nafar harbiy xizmatchilar va politsiya xodimlarini ozod qilganliklarida namoyon boʻladi. Bu rasmiy Kobul oʻzi amalga oshirganidan 10 baravar kam. 11 may kuni Afgʻoniston hukumati tengsiz almashinuv jarayonini toʻxtatdi. Afgʻoniston Xavfsizlik Kengashi vakili Javid Feysalning soʻzlariga koʻra, Tolibon* 200 xavfsizlik kuchlari hodimini ozod qilmaguncha boshqa islamist asirlar ozod qilinmaydi. Taʼkidlash kerakki, ultimatum shartlari ancha yumshoq koʻrinishga ega, toliblar tashabbusni yoʻqotmaydi.

"Tolibon"*ning baʼzi yutuqlarini kuzatayotgan qoʻshni Tojikiston va Oʻzbekistonlik "hamfikrlari" ham oʻzlarining faolligini oshirmoqdalar va afgʻon zaminidagi jangarilarni bevosita qoʻllab-quvvatlamoqdalar. Rejalaridagi chegaralari umuman Markaziy Osiyoda joylashgan davlatlarning joriy chegaralariga umuman toʻgʻri kelmasligi mumkin boʻlgan "Islom Amirligi"ning shakllanishiga guvoh boʻlmoqdamiz.

Tolibon* gʻazablandi

Yaqinda BMTning Afgʻonistondagi yordam missiyasining (UNAMA) hisobotida aytilishicha, 2020 yilning birinchi choragida harbiy harakatlar natijasida 533 tinch fuqaro, shu jumladan, 150 dan ortiq yosh bola halok boʻlgan. 55% hollarda tinch fuqarolarni oʻldirish uchun javobgar noqonuniy qurolli guruhlardir. Xususan, 533 kishining 39 foizi oʻlimida aynan toliblar aybdor. "Islomiy davlat" terrorchilik guruhining harakatlari natijasida tinch aholining 13 foizi haloq boʻldi.

Holatlarning 32%ga hukumatparast kuchlar javobgardir (tabiiyki, bu evfemizm ostida kim yashiringanidan qatʼiy nazar "hukumatparast kuchlar"ning samaradorligi borasida savol kelib chiqadi).

Afgʻonistondagi zoʻravonlik kuchayib borayotgan bir paytda, toliblar gʻazab bilan taʼkidlamoqda: ularning nazorati ostidagi hududlarda tinch aholi qurbonlari nolgacha tushdi. "Tolibon"* vakili Zabihulla Mujohidning taʼkidlashicha, BMTning Afgʻonistonda tinch aholi orasida qurbonlar haqidagi hisobot shunchaki "tinch aholi orasida qurbonlar sonini kam koʻrsatish va Islomiy Amirlik mujohidlari zimmasiga 39 foiz qurbonlarni yozish orqali AQSH harbiylari va maʼmuriyat qoʻshinlari, razvedka, politsiya va koʻngillilar tomonidan Kobulda sodir etilgan kundalik jinoyatlarni yashirishga qaratilgan urinishdir".

Milliy xavfsizlik kengashi (MXK) maʼlumotlariga koʻra, Dohada (29 fevral) AQSH bilan tinchlik bitimi imzolangandan beri toliblar kuniga oʻrtacha 55tadan hujum amalga oshirdi. Afgʻoniston milliy xavfsizlik va mudofaa kuchlari (ANDSF) "Tolibon"*ga qarshi 1200 dan ortiq javob operatsiyalarini oʻtkazdi.

Milliy xavfsizlik  direktsiyasining (Afgʻoniston razvedkasi) rahbari Ahmad Ziya Sarajning soʻzlariga koʻra, toliblar hanuzgacha "harbiy yoʻl bilan hokimiyatga qaytish" haqida oʻylamoqdalar va oʻzaro bagʻrikenglik va tinchlikni qadrlamayaptilar. Shu bilan birga, toliblarning boshqa terrorchi guruhlar bilan aloqalari "yaqin va oʻzaro foydali boʻlib kelmoqda, bu guruhning AQSH bilan imzolagan tinchlik bitimi ruhiga ziddir". Albatta, Afgʻonistonning 407 mintaqasining 133 tasini nazoratga ola turib "Tolibon"* jang maydonida gʻalaba qozona olmaydi. Cheksiz va maʼnosiz urush davom etmoqda.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.

Asosiy mavzular