Nega Germaniya Sharqiy Yevropa revizionizmiga qarshi chiqdi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishFlag Germanii na zdanii Reyxstaga v Berline
Flag Germanii na zdanii Reyxstaga v Berline - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GFR tashqi ishlar vaziri Xayko Maas o‘z mamlakatining fashistik o‘tmishiga qanday munosabatdaligi haqida maqola yozdi. Natsistlar o‘z qilmishlari uchun odatiy tavbalaridan tashqari, Maas Sharqiy yevropalik do‘stlarning tarixni qayta ko‘rib chiqishga bo‘lgan urinishlariga ham izoh bergan

Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Ikkinchi Jahon urushi tarixini qayta yozayotgan Sharqiy yevropalik hamkasblarni keskin to‘xtatdi. Biroq, u bu ishni tarixga yoki Rossiyaga bo‘lgan muhabbati tufayli emas, balki Berlinda tajovuzkor yevroskeptiklar voyaga yetishidan qo‘rqqani tufayli amalga oshirmoqda.

Berlin yordamga shay

Sivilizatsiya tarixidagi eng katta yovuzlik ustidan qozonilgan g‘alabaning 75-yilligi arafasida, sharqiy yevropalik turli revizionistlar faollashdi.

V Germanii ustanovili memorialnuyu dosku v chest uzbekskix voinov - Sputnik O‘zbekiston
Germaniyada o‘zbek xalqining mard o‘g‘lonlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatildi

Aynan urush boshlagani uchun o‘z elitalarining javobgarligini tan olishni istamaganlar - yoki hatto o‘zlarini mag‘lub qilingan natsistlarning mafkuraviy avlodlari deb bilishganlar tarixni qayta yozishni xohlashapti. Polshalik faollar (bu mamlakatning Gitler bilan til biriktirgani va rusofobiyadan ko‘r bo‘lgani urush boshlanishining sabablaridan biri bo‘lgan), SSSR qurbon emas, balki Ikkinchi Jahon urushining tashabbuskori, deyishmoqda. Boltiqbo‘yi ziyolilari, ularning mamlakatlari yovuz Sovet Ittifoqi tomonidan bosib olinganidan aziyat chekmoqda. Va Ukraina millatchilari bilan birgalikda Gitlerning safdoshlarini – butun qishloqlarni aholisi bilan qo‘shib yoqib yuborgan SS jazo batalonlarini olqishlamoqda.

G‘oliblarning avlodlari (shu jumladan rasmiy mafkura Sovet Ittifoqiga qarshi revizionizm va natsistlar sheriklari olqishlash bo‘lgan mamlakatlardagi) ommaviy ongning bunday oqimiga g‘azab bilan qarashadi - ma’lum darajada bunday arboblarni qayta ishontirish yoki jazolash masalasida kuchsizligini anglash bilan.

Biroq, yordam kutilmagan joydan keldi - Germaniyaning o‘zidan. Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas (taniqli nemis tarixchisi Andreas Virshing bilan hamkorlikda) Spiegel nashrida o‘z mamlakatining fashistlar o‘tmishiga munosabati to‘g‘risida maqola yozdi. Fashistlar jinoyati uchun Germaniya rahbariyatiga hos odatiy tavba qilish bilan bir qatorda, Hayko Maas, shuningdek, Sharqiy Yevropalik do‘stlarining tarixni qayta ko‘rib chiqishga urinishlarini izohladi.

Predsedatel Soveta Federatsii RF Valentina Matviyenko - Sputnik O‘zbekiston
Matviyenko Sovet ittifoqi va natsist Germaniyasi taqqoslanishini qoraladi

"Tarixni so‘nggi bir necha oy ichida sharmandalarcha qayta yozishga bo‘lgan urinishlar bizdan tushuntirish berishni talab qiladi - umuman olganda, aslida bu qayta yozish tarixiy o‘zgartirib bo‘lmaydigan faktlarning keraksizligi sababli. Germaniyaning o‘zi faqat Polshaga hujum qilishi bilan Ikkinchi Jahon urushini boshlagan. Va faqat Germaniyaniyaning o‘zi Xolokost uchun javobgardir. Kimki bunga shubha tug‘dirib, boshqalarni jinoyatchi rolini o‘ynashga tanlasa, u qurbonlarga nisbatan adolatsizlik qilmoqda, tarixdan foydalanib Yevropani parchalamoqda, - deydi Maas qat’iyat bilan. Germaniya o‘tmishi revizionizm xavfliligini ko‘rsatmoqda, va bu revizionizm ratsional fikrlashni milliy afsonalarga almashtirmoqda".

Vazir tarixni ostin-ustun qilmaslikka, shuningdek "qurbonlarni jinoyatchilarga va bosqinchilik qurbonlarini esa tajovuzkorlarga aylantirish harakatlariga qarshi turishga" chaqirdi.

Parhez noto‘g‘ri bo‘lib qoldimi?

Ko‘pchilik nemis deputatlari Yevroparlamentning Ikkinchi Jahon urushining Germaniya hamda SSSRni ham ayblash to‘g‘risidagi qarorini ma’qullab ovoz berganlaridan keyin bu samimiylikning avj olishiga nima sabab? Qisman, maqolada chap qanotga qarashli, sotsialist va katolik bo‘lgan Maasning shaxsiy qarashlari aks etgan. Shu bilan birga, vazir o‘z tezislarida Germaniyaning milliy manfaatlarini, shuningdek Germaniyada Sharqiy Yevropa revizionizmiga va uning asosida kelib chiqadigan vaziyatlarga endi o‘rin yo‘qligini ta’kidlamoqda.

Posol RF v Uzbekistane Vladimir Turdenev na priyeme v chest 9-maya - Sputnik O‘zbekiston
Turdenev: O‘zbekiston fashistlar Germaniyasini yakson qilishga ulkan hissa qo‘shgan

Germaniya uchun natsist o‘tmishidan voz kechish - nafaqat o‘z-o‘zini jazolash, balki Yevropa Ittifoqi konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlaridan biridir.

"Bizning kuchli va yagona Yevropa g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, halqaro hamkorlik qoidalariga asoslangan inson qadr-qimmatning universal shakli bo‘lgan inson huquqlarini qo‘llab-quvvatlash va "maxsus yo‘l" dan voz kechish - bularning barchasi XX asrda Xolokostda eng dahshatli ifodasini topgan Germaniyaning misli ko‘rilmagan jinoyatlarini anglashimiz bilan to‘ldirilib turadi," – deyiladi Maas maqolasida. Bu inkor etilmasa, Berlin uchun umumiy Yevropa loyihasiga rahbarlik qilish qiyin bo‘ladi.

"Maas, shubhasiz, Germaniyaning jahondagi sheriklari hayoliga iqtisodiy asosda qurilgan bo‘lsa ham, IV-Reyxning tahdidi haqida fikrlar kelmasligidan manfaatdor", - deydi Dmitriy Ofitserov-Belskiy, IMEMO RAN katta ilmiy xodimi.

Prezident RF V. Putin provel soveshanie po voprosam obespecheniya texnicheskogo pereosnasheniya Voorujennix sil - Sputnik O‘zbekiston
Putin Ikkinchi jahon urushi tugagan sanani o‘zgartirdi

Ammo yaqin vaqtgacha, Berlin Sharqiy Yevropa mamlakatlarida revizionizmning o‘sishiga va hatto bu fikrlarni qo‘llab-quvvatlanishiga hech qanday to‘sqinlik qilmadi - Germaniyada (butun G‘arbda bo‘lgani kabi) Moskvaga bosim o‘tkazadigan va Rossiyaning ta’siriga qarshi turadigan "o‘rgatilgan timsohlari" yetishtirishga umid qilishdi.

Va reja ish berdi ham - Boltiqbo‘yi davlatlari Rossiyaga qarshi ishonchli qalqonga aylandi, SS Galichina diviziyasi va banderachilarning muqaddaslashtirilishi Kiyevni Moskvadan ajratdi, Rossiya bilan Polsha va Sharqiy Yevropaning boshqa mamlakatlari (masalan, xuddi o‘sha Chexiya) o‘rtasidagi muntazam ro‘y berayotgan tarixga oid janjallar, bu davlatlarni sharqiy qo‘shni bilan ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirishda jiddiy to‘siq bo‘lmoqda. Biroq, muammo shundaki, Sharqiy Yevropa revizionizmi asosida Sharqiy Yevropa millatchiligi ulg‘aydi - va bu nafaqat Rossiyaga tahdid solmoqda. Ushbu hodisa Yevropa integratsiyasining mohiyatiga zid chiqmoqda, shuningdek (masalan, Polsha misolida) aniq Germaniyaga qarshi tus olmoqda.

Albatta, polyaklar, Moskvaga qarshi turishda Berlindan ma’naviy va moddiy yordamni mamnuniyat bilan qabul qilishadi, ammo ularning ruslarga qaraganda nemislarga nisbatan ko‘proq tarixiy shikoyatlari bor.

Sentralniy bank Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Ikkinchi jahon urushi tarixi qayta ko‘chirilishiga qarshi chiqdi

Polsha, Venger va boshqa millatchiliklarning ko‘payishi, aynan aksil-millatchilikka, fuqarolik millati konsepsiyasiga asoslangan Yevropa Ittifoqining mavjudligiga bevosita tahdid solmoqda. Va Yevropa Ittifoqida ro‘y berayotgan inqirozli voqealar (Brekzit, koronavirus epidemiyasi davrida o‘z milliy burchaklariga yashirinib olish) revizionizmda ulg‘aygan Sharqiy Yevropa millatchiligi Yevropani mayda ichki nizolar davriga qaytaradigan troyan otiga aylanishi xavfini oshiradi. Uning unib-o‘sishi YeIni yana bir-biri bilan. to‘qnashadigan mamlakatlarga, shu qatori, hududiy masalalarda, bo‘lib tashlaydi (revizionizmning yana bir merosi - ikkinchi jahon urushidan keyin o‘rnatilgan chegaralar hammani ham qoniqtirmadi).

Shu sababli, Germaniya tashqi ishlar vazirligi, ehtimol, Sharqiy Yevropaning Rossiya bilan tarixga oid urushlarini cheklash vaqti keldi, deb hisobladi – va bu urushlar o‘tmishdan kelajakka o‘tib, Sharqqa emas, balki G‘arbga qarshi bo‘lmasidan oldin.

Muallifning fikri tahririyat pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0